Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 424,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix11.10.2023
ölçüsü424,88 Kb.
#127021
  1   2   3   4   5   6   7   8


A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH 
VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“O‘QUVCHILARNING O‘QISH VA YOZISH SAVODXONLIGINI
BAHOLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR” 
o‘quv kursining
 

Fanga doir test tuzishga qo‘yiladigan talablar va ularning turlari


mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 
27-sonli umumta’lim maktabining 
oliy toifali ona tili va adabiyot fani
o‘qituvchisi Erkinova Nigora Esanovna 
Toshkent 2022 
 
 
 


1-Mavzu: Fanga doir test tuzishga qo‘yiladigan talablar va ularning 
turlari 
Reja: 
1. Baholash va ta’lim 
2. Testologiya va uning asosiy tushunchalari
3. Validlik – test sifatini belgilovchi asosiy o‘lchov 
4. Validlik argumentlari 
 
Hozirgi vaqtda Vatanimizda yoshlarning bilim olishiga katta e’tibor
berilyapti. Ularning zamonaviy bilim egallashlari, yetuk ma’naviyatli inson bo‘lib 
kamol topishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom 
etmoqda.
Yurt 
yuksalishining 
muhim 
vazifasihar 
tomonlama 
yetuk 
kadrlarniyetishitirishdan iboratdir. Hech birmamlakat o‘z ma’naviy quvvat va 
imkoniyatlariga tayanmay, inson tafakkurida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni 
rivoj toptirmay, jamiyatning milliy ruhini uyg‘otmay turib, buyuk taraqqiyot 
darajasiga ko‘tarilmagan. 
Maktab o‘qituvchisining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha 
qilinayotgan ishlar o‘z samarasini beryapti. Ta’lim tizimida zamonaviy talablar 
asosida darslar tashkil etish, o‘quvchiningtahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini 
o‘stirishga mo‘ljallangan qiziqarli, rangli materiallar tayyorlash dars jarayonini 
qiziqarli qilibgina qolmay, o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishga ham imkon 
yaratyapti. 
Testologiya (pedagogik o‘lchovlar) bilim, ko‘nikma, malaka va 
kompetensiyalarni baholash (o‘lchash) uchun ilmiy asoslangan, sifat talablariga 
javob beradigan o‘lchov vositalarini (testlarni) yaratish va qo‘llash haqidagi fan 
sohasi sifatida pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, statistika singari fanlar 
asosida XX asr boshlarida shakllandi. Hozirgi kunga kelib “klassik test 
nazariyasi”, “zamonaviy test nazariyasi (IRT nazariyasi)” va “umumiylashtirish” 
(genegalizatsiya) nazariyasi” deb ataladigan bir qancha fundamental nazariyalarni 
va bu nazariyalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan bu 
soha xorijda shiddat bilan rivojlanmoqda, oliy ta’lim muassasalarida alohida 
yo‘nalish sifatida o‘qitilmoqda, nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda
ilmiy darajalar berilmoqda.
i1
Har qanday xizmat sifati, shu jumladan, ta’lim, agar uni sifatning 
o‘lchanadigan ko‘rsatkichlari orqali ifodalash mumkin bo‘lsa, boshqaruv ob’ektiga 
aylanishi mumkin. Bu ularni nazorat qilish, shuningdek, rejalashtirish, 
yaxshilashning yagona yo‘li hisoblanadi. 
 
1
Komil Jalilov “Baholash nazariyasi asoslari”



Yüklə 424,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə