O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə20/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Sterotip hodisasi nafaqat tilshunoslarning ishlarida, balki sotsiologlar, etnograflar, kognitologlar, psixologlar va etnopsixolingvistlarning ham tadqiqotlarida o‘rganiladi. Qayd qilingan fanlarning har qaysi vakili stereotiplarning xususiyatini o‘z sohasining tadqiqoti nuqtayi nazaridan belgilaydi. Shunga ko‘ra, stereotiplar ijtimoiy stereotiplar, muloqot stereotiplari, mental stereotiplar, madaniy stereotiplar, etnomadaniy stereotiplar va h.k. ga ajratiladi. Masalan, ijtimoiy stereotiplar shaxsning tafakkuri va muomalasini ko‘rsatadi. Etnomadaniy stereotiplar biron bir xalqqa xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni ifodalaydi. Masalan, nemislar tartibliligi, yaponlar sermulozamatligi, turklar hissiyotliligi, qozoqlar qaysarligi, o‘zbeklar mehmondo‘stligi bilan butun xalq haqidagi stereotip tasavvurlarni yuzaga chiqargan.
O‘zbeklarning asosiy ildizi turkiylardan boshlaganligiga (turkiylikka xos jangovarlik, mardlik, lafz halolligi) bag‘rikenglik, saxovatpeshalik, hojatbarorlik kabi xislatlarda o‘zining yorqin ifodasini topgan. Biz buni ayniqsa, xalqimizning to‘y-tantanalarga o‘ta o‘chligida, yillar mobaynida yig‘ib-terib elga tarqatishdan zavq-shavq olishida, aza va yo‘qlov marosimlarini uyushgan holda o‘tkazishda, bola tug‘ilishidan tortib to motamgacha bo‘lgan barcha marosim va urf-odatlarmizda keng jamoatchilik va mahalla ahlining doimo bosh-qosh bo‘lishi kabi udumlarda kuzatamiz.
Xullas, stereotip madaniyat vakillarining tafakkuri va tili uchun xarakterli bo‘lib, u madaniyatning vakili va uning o‘ziga xos sinchidir. Shuning uchun ham stereotip madaniyatlararo muloqotda shaxsning tayanchi vazifasini o‘taydi.
O‘xshatishlar tashqi dunyoni bilishning eng qadimiy usullaridan hisoblanadi. O‘xshatishlar muayyan xalqning ilk tafakkur tarzini va tasavvurlarini tamsil etadi. Ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlarimizning kechinmalari, tasavvurlari muhrlangan bo‘ladi.
Insonning dunyoni bilishida o‘xshatish-qiyoslash benihoya katta o‘rin tutadi. Ikki yoki undan ortiq predmet yoki tushunchani o‘xshash yoki farqli jihatlarini aniqlash maqsadida qiyoslash, taqqoslash tashqi dunyoni bilishning eng keng tarqalgan mantiqiy usullaridan biri sifatida inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida kuzatiladi. Bu behad muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilda ham o‘z aksini topadi.
O‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsionalekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘xshatishlarning ikki turi: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar va 2) umumxalq yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi. Turli lingvomadaniyatlarda muayyan bir narsaning, masalan, hayvonning turg‘un o‘xshatish etaloni sifatida qo‘llanishini kuzatish mumkin. Masalan, aksariyat tillarda tulki ayyorlik, aldoqchilik, yolg‘onchilik ramzi, etaloni sifatida faol ishlatiladi: tulkiday ayyor, xitriy kak lisa (ruscha), as false as fox (inglizcha), you chorom (koreyscha)47. Yoki o‘zbek tilining o‘ziga xos o‘xshatishlari sifatida qo‘ydek yuvosh, arvohday ozg‘in, moldek ovqat yeydi va h.k. ni ko‘rsatish mumkin.
Mazkur o‘xshatish etalonlari milliy dunyoqarash, dunyodagi hodisalarni milliy tasavvurlarga ko‘ra taqqoslash, qiyoslash natijasida shakllangan. Etalonlar dunyoning obrazli qiyoslanishidir. Tilda etalonlar ko‘pincha turg‘un qiyoslamalar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi, shunga qaramay, insonning dunyoni taqqoslashdagi har qanday tasavvuri ham etalon bo‘lishi mumkin.
Ba’zi lingvomadaniyatlar uchun me’yoriy hisoblangan o‘xshatish etalonlari boshqa xalqlarning lisoniy mental an’analari uchun begona bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zbeklarda xushbichim qomatli ayollar sarv daraxtiga o‘xshatiladi. Chunki sarv daraxti chiroyli qad-qomatga ega bo‘lib tik holatda o‘sadi. Ularning yuzlari esa oyga, olmaga, ba’zan kulchaga qiyoslanadi. Bunday o‘xshatish etalonlari nafaqat qoraqalpoq xalq madaniyatida, balki boshqa xalqlarda ham uchramaydi. Ular bu kabi o‘xshatishlarga boshqa narsalarni etalon sifatida olishadi.
O‘zbek tili o‘zining boy til ekanligi bilan dunyo tillari orasida alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan uning jozibasiga yanada ko‘rk bag‘ishlaydigan ba’zi o‘xshatishlar ham borki, ular o‘zbek mentalitetidan kelib chiqqan holda turli xil ma’nolarni ifodalash uchun qo‘llaniladi:
1) ayiqday – befahm, beso‘naqay, qo‘pol;
2) arslon kabi – kuchli, qo‘rqmas, mard, jasur;
3) cho‘chqaday – semirmoq, juda semirib ketmoq;
4) molday – ko‘p ovqat yemoq;
5) eshakday – befahm;
6) qo‘ydek – yuvosh;
7) bo‘riday – dovyurak, mard, g‘ajimoq, tish qayramoq;
8) ilonday – chaqmoq, zahar sochmoq, sovuq;
9) itday – qopmoq, sadoqatli, akillamoq, yugurmoq, izg‘imoq, ergashmoq;
10) ho‘kizday – katta, qo‘pol, ishlamoq;
11) maymunday – sakramoq,irg‘ishlamoq, o‘ynatmoq
12) filday – baquvvat;
13) chumoliday – mehnatkash;
14) toshbaqaday – imillamoq, sudralmoq;
15) musichaday – beozor, zarari tegmaydigan kabi ma’nolarda qo‘llaniladi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, turg‘un o‘xshatishlar xalq tafakkurida muhim o‘rnashgan bo‘lib, nutqqa tayyor holda olib kiriladi. Ularning ishlatilishi matnning badiiyligini, nutqning ifodaliligini, ta’sirchanligini oshiradi.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə