O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107
rasmcha

Elektron kommersiya tizimi
uch 
sinfga bo‘linadi: 

Chakana savdoni tashkil qilishbo‘yicha (biznes-iste‘molchi, B2C); 

Biznes hamkor bilan aloqlar o‘rnatish (biznes-biznes, B2B); 

Iste‘molchilar o‘rtasidagi savdo (iste‘molchi-iste‘molchi, C2C); 
Misol sifatida
: – virtual auksion 
www.Ebay.com
ni keltirish mumkin 
Elektron tijoratning o‟ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud:

Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi; 

Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi; 

Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot 
almashish xarajatlari kamayadi. 
Kompaniya 
axborot 
texnologiyalarini 
samarali 
qo‘llash 
orqali 
iste‘molchibilan ochiq munosabat o‘rnatish, mahsulot va xizmatlar to‘g‘risida 
hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta‘minlash, sotuvning alternativ 
yo‘llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do‘konlar ochish va yaratish 
imkoni 
beradi. 
O‟zbekistonda 
elektron 
tijoratni 
rivojlantirish 
jarayonlariamalda
Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni 
rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo‘llanilgan quyidagi prinsiplarga amal 
qilishmoqda. 

Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o‘ynashi 
lozim; 

Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan 
turli cheklovlar qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaslik lozim; 

Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha 
subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish 
maqsadida aralishishi mumkin; 

Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat 
hokimiyati Inernetning o‘ziga xosliklarini inobatga olishi lozim; 


92 

Elektron tijorat jarayoni ma‘muriy-hududiy bo‘linish va davlat 
chegaralariga bog‘liq bo‘lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo‘lishi 
lozim. 
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O‘zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora 
o‘z mavqe‘ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o‘z navbatida elektron tijorat 
infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida 
paydo bo‘lishini ta‘minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar 
inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , Ya‘ni huquqiy bazasini 
takomillashtirish bo‘yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 
aprelda N613-II ―Elektron tijorat‖ to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 
2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 ―Elektron tijoratni 
rivojlantirish‖ tog‘risidagi va 2007 yil 12 iyunda ―Elektron tijorat tizimini amalda 
qo‘llashda to‘lov tizimini takomillashtirish‖ tog‘risidagi qarorlar qabul qilindi. 
Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida 
―Ekarmon‖ loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy 
qilinmoqda.Olib borilgan va bajarilgan ishlar asosida bir qancha ijobiy natijalarga 
erishildi. Masalan, axborot almahinuvi tezligini oshirish va unga sarflanadigan 
vaqtni kamaytirish maqsadida olib borilgan ishlarning natijasi Respublikada 
xalqaro axborot tarmoqlari tezligini oshishida ko‘rinadi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə