O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   107
rasmcha

Avariya vaziyati
– masalalar yechilishining to‘xtalishiga sabab bo‘luvchi 
hisoblash tizimining buzilishi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi
– ma‘lumotlarni va axborotni yaratish, 
uzatish, ishlash, tarqatish, saqlash va/yoki boshqarishga va hisoblashlarni amalga 
oshirishga mo‘ljallangan dasturiy va apparat vositalar majmui.
Avtorizatsiya 
– tizimda foydalanuvchiga, uning ijobiy autentifikatsiyasiga 
asosan, ma‘lum foydalanish huquqlarini taqdim etish.
Axborot egasi
- axborot resurslariga, axborot mulkdori bilan shartnoma 
asosida egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni idora qilish huquqiga ega 
axborot munosabatlarining subyekti.
Axborot kafolati
- axborot va axborot tizimlarining foydalanuvchanligini
yaxlitligini, autentifikatsiyalanishini, konfidensialligini va rad etmasligini 
ta‘minlash orqali himoyalash va qo‘riqlash choralari.
Axborot urushi
- dushmanning axborotiga, axborotga asoslangan 
jarayonlariga va axborot tizimlariga zarar yetkazish, bir vaqtning o‘zida tegishli 
axborotni, axborotga va axborot tizimlariga asoslangan jarayonlarni himoyalash 
yo‘li bilan axborot ustunligiga erishish uchun zarur choralarni ko‘rish harakatlari.
Axborot xavfsizligi
– axborot egasiga yoki foydalanuvchiga va madadlovchi 
infrastrukturaga ziyon keltiruvchi tabiiy yoki sun‘iy xarakterli, tasodifiy yoki 
atayin qilingan ta‘sirlardan axborotning va madadlovchi infrastrukturaning 
himoyalanganligi.
Axborot xavfsizligi
- axborot holati bo‘lib, unga binoan axborotga tasodifiy 
yoki atayin ruxsatsiz ta‘sir etishga yoki ruxsatsiz uning olinishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi; yana - axborotni texnik vositalar yordamida ishlanishida uning 
maxfiylik (konfidensiallik), yaxlitlik va foydalanuvchanlik kabi xarakteristikalarini 
(xususiyatlarini) saqlanishini ta‘minlovchi axborotning himoyalanish darajasi 
holati.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə