O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107
rasmcha

Akustik axborot
– eltuvchisi akustik signallar bo‘lgan axborot. 
 Anonimlik
- ishtirokchiga (protokol ishtirokchisiga) qandaydir harakatni 
anonim tarzda, ya‘ni o‘zini identifikatsiyalamasdan, bajarilishini ifodalaydi. 
Bunda, lekin, ishtirokchi ushbu harakatni bajarishga haqli ekanligini isbotlashi 
lozim. Anonimlik absolyut va chaqiriluvchi bo‘lishi mumkin.
Antibot
– robot-dasturlarni, ayg‘oqchi dasturlarni (Spyware), ruxsatsiz 
o‘rnatilgan reklama dasturiy ta‘minotni (Adware) va boshqa zarar keltiruvchi 
dasturiy ta‘minot turlarini avtomatik tarzda aniqlovchi va yo‘q qiluvchi dasturiy 
ta‘minot.
Antispufing
- qonuniy identifikatsiya va autentifikatsiya ma‘lumotlaridan 
ruxsat etilmagan foydalanishga qarshi qabul qilinuvchi choralar.
Antivirus
– viruslarni aniqlovchi yoki aniqlovchi va yo‘q qiluvchi dastur. 
Agar virus yo‘q qilinmasa, zaharlangan dastur yo‘q qilinadi. Yana – viruslardan 
himoyalashga, zaxarlangan dasturiy modullar va tizimli makonlarni aniqlashga, 
hamda zaxarlangan obyektlarning dastlabki holatini tiklashga mo‘ljallangan dastur.
AT xavfsizlik arxitekturasi
- xavfsizlikni loyihalash tizimini boshqaruvchi 
prinsiplariga rioya qilish uchun xavfsizlik prinsiplarining va umumiy 
yondashishning tavsifi.
Audit jurnali
– tizim harakatlarining xronologik yozuvi. Berilgan muddatda 
bajariluvchi tizimli foydalanishlar va amallar yozuvlarini o‘z ichiga oladi.
Autentifikator 
– foydalanuvchining farqli alomatini ifodalovchi 
autentifikatsiya vositasi. Qo‘shimcha kod so‘zlari, biometrik ma‘lumotlar va 
foydalanuvchining boshqa farqli alomatlari autentifikatsiya vositalari bo‘lishi 
mumkin.
Autentifikatsiya
– odatda tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat etish 


143 
xususida qaror qabul uchun foydalanuvchining, qurilmaning yoki tizimning boshqa 
tashkil etuvchisining identifikasiyasini tekshirish; saqlanuvchi va uzatuvchi 
ma‘lumotlarning ruxsatsiz modifikatsiyalanganligini aniqlash uchun tekshirish.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə