O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


Xalqaro savdodagi zamonaviy qarashlar



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

 Xalqaro savdodagi zamonaviy qarashlar. 
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi-
olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko‟rsatish mumkin.
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog‟lab narxlarni 
tenglashtirish» qoidasini oldinga surgan. Buning ma‟nosi shundan iboratki, milliy 


41 
ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, er, kapital va shuningdek, 
u yoki bu mahsulotga ichki iste‟moldagi o‟zgarishlar kabi omillarga bog‟liq. 
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:
Mamlakatlarda mahsulotlarni eksport qilishda ortiqcha ishlab chiqarish 
omillaridan foydalaniladi va aksincha, yetishmayotgan ishlab chiqarish omillarini 
qoplash uchun mahsulotlar importida o‟zgarishlar kuzatiladi. 
Ushbu vaziyatlarda xalqaro savdoda «omillar narxi»ning tenglashishi kabi 
o‟zgarishlar kuzatiladi. 
Mahsulotlar eksporti ishlab chiqarish omillarining qo‟shilib ketishi natijasida 
o‟zgarishi mumkin. 
Xeksher-Olin kontseptsiyasida omillar faoliyatining xususiyatlariga bog‟liq 
bo‟lgan bir nechta vaziyatlar keltirladi.
E. Xeksher va B. Olinlar D. Rikardo kontseptsiyasining davomchilari 
mahsulotlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatlararo o‟ta qiyin 
harakatlanishini noaniq baholashgan. 
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko‟rinishlarga 
ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya‟ni, «sanoatlashgan» va «agrar» 
mamlakat faoliyat ko‟rsatmoqda. 
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma‟lum miqdorda ortiqcha 
ishchi kuchi mavjud bo‟ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha er mavjud, ammo 
kapital etishmaydi. 
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil 
hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina 
ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital – intensiv 
ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo‟lgan mamlakatlar aynan 
ushbu yo‟nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va 
chorvachilik bilan shug‟ullanadigan mamlakatlarda ko‟proq er resurslari kerak 
bo‟ladi va ular shu yo‟nalishga ixtisoslashgan bo‟ladi. 
Xeksher–Olin kontseptsiyasi ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning 
zamonaviy sharoitlariga moslashtirilgan. 


42 
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeker-Olen 
kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo‟yicha xalqaro savdolar 
– ishlab chiqarish omillarining bir yoqlamaligi, texnikalarning bir-biriga mosligi, 
raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda 
mamlakatlar o‟rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlarga tenglashadi. 
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P. Samuelson 
hamda V.Stolperlar tomonidan to‟ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat 
mamlakatlar o‟rtasidagi o‟zaro foydali savdolarni, balki mamlakatlar rivojlanishi 
o‟rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə