O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


Tashqi savdo aylanmasining geografik tarkibi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

Tashqi savdo aylanmasining geografik tarkibi 
1990-yil
2014-yil 
Tashqi savdo aylanmasi
100 
100 
Uzoq xorij mamlakatlari
39,9
56,9 
MDH mamlakatlari
60,1
43,1 
Eksport 100
100 
100 
Uzoq xorij mamlakatlari
37,7
54,8 
MDH mamlakatlari
62,3
45,2 
Import
100 
100 
Uzoq xorij mamlakatlari
42,6
59,9 
MDH mamlakatlari
57,4
40,1 
Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi o„sib, 1990-yildagi 12,1 
foizdan 2000-yilda 35,4 foizga, 2014-yilda esa 44,1 foizga yetdi. Tashqi savdo 
geografiyasi ham diversifikatsiya qilindi. Tashqi savdoda sobiq Ittifoq 
respublikalarining emas, balki uzoq xorij mamlakatlarining ulushi orta boshladi. 
Milliy iqtisodiyot ochiqligining ko„rsatkichlari quyidagilardan iborat: 
1) YAMM va ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda eksport kvotasi; 
2) iste‟mol tarkibidagi importning ulushi; 
3) xorijiy investitsiyalarning barcha investitsiyalar umumiy hajmidagi ulushi. 
O„zbekistonda mustaqillik yillarida, ayniqsa, 2000-yildan boshlab faol eksport 
siyosati yuritildi. Natijada O„zbekiston eksportining tuzilmasi o„zgardi. 2-jadvalga 
qarang. Ko„plab ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tovarlari iste‟molida 
importning ahamiyati oshdi. O„zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining 
liberallashuvi hamda import tarkibida mashina va uskunalarning hissasi 
ortib borib, 2011-yilda qariyb 60 foizga yetdi. Bu O„zbekistonning ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish strategiyasi natijasidir. O„zbekistonga oziq-ovqat 
mahsulotlari importiga qaramlikni mustaqillik yillarida minimal darajaga tushirish 
tendensiyasi xos. Hozirda bu ko„rsatkich 6,8–9,0 foizni tashkil etadi. 2010-yilda 


36 
O„zbekistonda import hajmi qariyb 9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 
O„zbekiston 
o„z 
hududiga 
olib 
kirilayotgan 
tovarlarning 
sifatiga, 
iste‟molchilarining huquqlarini himoya qilishga e‟tibor qaratmoqda. MDH 
mamlakatlarida orasida O„zbekistonning asosiy savdo sheriklari hamon Rossiya, 
Belarus Respublikasi, Ukraina va Qozog„iston hisoblanadi. 
O„zbekistonning tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmida Belarus 6,8 
foizni, Ukraina 6,6 foizni, Qozog„iston 3,4 foizni tashkil etadi.
O„zbekistonning tashqi savdo siyosati. 
Tashqi savdo siyosati –ichki bozorni himoyalashga, tashqi savdo hajmining 
o„sishini rag„batlantirishga, uning tuzilishini va tovar oqimlarining yo„nalishlarini 
maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi. 
O„zbekistonning tashqi savdo siyosatini himoya qilish va qo„llabquvvatlashda 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o„rni beqiyos. Jahonda tashqi savdo 
siyosati erkin, bojsiz savdo darajasi hamda proteksionizm, ya‟ni o„z bozorini 
importdan himoya qilish darajasi bilan ajralib turadi. Hozirgi tashqi savdo siyosati 
tashqi savdo almashuvining cheklovlari susaytirilgani, uning yo„lidagi to„siqlarni 
bartaraf etishga intilish, ya‟ni savdoni liberallashtirish bilan ajralib turadi 
(savdoning erkinlashtirilishi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so„ng barcha 
mamlakatlarda kuzatilgan nihoyatda keskin iqtisodiy o„sishning asosiy 
sabablaridan biridir). Dunyo mamlakatlarining JSTga qo„shilish shartlari – uning 
hududida tovar va xizmatlar uchun erkin raqobat rejimini yaratish, ya‟ni boj 
tariflarini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishda demping 
narxlar bo„yicha subsidiya berishdan voz kechish. Ushbu shartlar dunyo 
mamlakatlarining aksariyati uchun bajarilishi qiyin vazifadir. Shu sababli JST 
dunyo mamlakatlariga ishlab chiqarishni, ayniqsa, qishloq xo„jalik mahsulotlari 
ishlab chiqarishni subsidiyalashtirishni tartibga keltirish, statistik hisobotning 
aksildemping choralarini qo„llashni tavsiya etadi. 
Umumiqtisodiy vazifalarga hamda JSTning talablariga muvofiq, dunyo 
mamlakatlarida tashqi iqtisodiy faoliyat tartibga solinmoqda, ya‟ni: tashqi savdo 
operatsiyalarining litsenziya bilan tartibga solinishi, boj-tarif tartibga solinishi va 


37 
tashqi savdo shartnomalarining tender (tanlov) asosida tuzilishi. Dunyo 
mamlakatlarining ayrimlari kabi O„zbekistonda ham eksportni rag„batlantirishning 
JST talablariga va eksportni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash tartibiga mos 
tizimi amal qilmoqda. Milliy eksportyorlarni bunday qo„llab-quvvatlash quyidagi 
moliyaviy imtiyozlar tizimini o„z ichiga oladi: 
1) O„zbekiston tijorat banklari eksportga yo„naltirilgan tashkilotlarni aylanma 
mablag„ bilan ta‟minlashi uchun kredit resurslari xususida kafolat majburiyatlarini 
berishi; 
2) eksport kreditlarining uzoq muddatli tijorat tavakkallaridan kafolatlangan 
sug„urtalanishi; 
3) eksporterlarga eksport mukofotlari, milliy va xorijiy tashuvchilarning yuklarini 
tashish xizmatlarining qiymatidagi farqni to„lab berish tarzidagi to„g„ridan-to„g„ri 
dotatsiyalar; 
4) eksport kreditlarini imtiyozli shartlar bilan berish va hokazo. 
Davlat kadrlar tayyorlash, dunyo bozori konyunkturasini o„rganish, milliy 
eksporterlar va xorijdagi importerlar manfaatlarini himoya qilish xarajatlarining 
asosiy qismini o„z zimmasiga olmoqda, shuningdek ularning tashqi bozordagi 
faoliyati uchun zarur siyosiy sharoitlarni ta‟minlamoqda. O„zbekistonning 
eksportni rivojlantirish borasidagi tashqi savdo siyosati, respublikaning xalqaro 
mehnat taqsimotidagi ishtirokining samarali modelini shakllantirish borasida 
sezilarli ishlar amalga oshirildi. Uning asosiy yo„nalishlari nafaqat eksportni 
kengaytirishni, balki raqobatdagi ustunliklar va jahon konyunkturasidan maqbul 
tarzda foydalanish asosida uning barqaror yuqori hajmlarini qo„llabquvvatlashni 
nazarda tutadi. O„zbekiston eksportini, jumladan tashqi bozorlarga tayyor 
mahsulotni, avvalo fan yutuqlari va yuksak texnologiyalarga asoslangan 
mahsulotlarni keng miqyosda olib chiqish borasida diversifikatsiya qilish yo„lidan 
bormoqda. Shu bois davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Bugungi kunda ko„plab 
rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o„rin tutadigan mamlakatlar tajribasi 
shuni so„zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo 
bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy 


38 
jihatdan o„zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori 
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining 
jadal 
rivojlantirishni 
ta‟minlash, 
faoliyat 
ko„rsatayotgan 
quvvatlarni 
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobida 
amalga oshirilishi mumkin», – deb ta‟kidlagani bejiz emas. Tashqi savdo faoliyati 
davlat tomonidan tartibga solinib turiladi. Ayrim mamlakatlarda istisnoli hollarda 
joriy etishi mumkin bo„lgan eksport bo„yicha cheklov choralari belgilangan. 
Mavjud cheklovlar quyidagi toifalarga bo„linadi: 
1) ushbu tovarning olib chiqilishiga ruxsat etilgan eksporterlar doirasining 
cheklanishi; 
2) xorijga olib chiqilayotgan tovarlarga kvotalar belgilanishi; eksport natijasida 
milliy manfaatlarga zarar yetishini istisno qiluvchi shartlarga rioya etish. 
Eksportning miqdor bo„yicha cheklanishi ichki bozor bo„shab qolishining 
oldini olish va ushbu tovarning jahon bozorlarida haddan tashqari ko„payib 
ketishiga yo„l qo„ymaslik maqsadida joriy etiladi. Mamlakatlar o„rtasida 
tovarlarning xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlarni o„zaro tan olish haqidagi 
bitimlar ham amal qiladi. Iqtisodiy o„sishning yuqori sur‟atlari va makroiqtisodiy 
barqarorlik ta‟minlanishida tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, 
xususan, mamlakatimiz eksport hajmini yanada oshirish va tarkibini yaxshilash 
muhim omil bo„ldi. Respublikamizning tashqi savdo aylanmasi 1990–2013-yillar 
davomida 31,7 marta, jumladan, eksport 33,9 marta, import qariyb 29 marta oshdi. 
Natijada tashqi savdoning ijobiy saldosi 56,6 marta ortdi. Birgina «2013-yilda 
eksport mahsulotlari hajmi 2010-yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga ko„paydi va 15 
milliard dollardan ko„proqni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 4,6 barobar 
ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard 500 million 
dollardan oshdi» 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə