O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


Xalqaro savdo rivojlanishining ahamiyati va uning asosiy ko’rinishlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

Xalqaro savdo rivojlanishining ahamiyati va uning asosiy ko’rinishlari.
Tashqi iqtisodiy munosabatlarning eng muhim shakli - xalqaro savdo yoki 
alohida mamlakatlar o‟rtasida tovar va xizmatlar ayiraboshlash hisoblanadi va u 
o‟ziga quyidagilarni kiritadi: 
-tovar bilan ayirboshlash; 
-fan - texnika yutuqlari bilan ayirboshlash (litsenziyalar, nou-xau va boshqalar); 
-asbob uskunalar etkazib berishni ko‟zda tutadigan kapital qurilish obe‟ktlari 
bilan savdo qilish; 
-loyiha va qurilish ishlarini bajarish
-xizmatlar savdosi. 
Tashqi savdo siyosati 2 xil bo‟ladi: 
A) industriyalashtirish yoki importni o‟rnini bosish. Bu uzoqni o‟ylangan 
yo‟l emas. Ammo yangi iqtisodiyot uchun vaqtincha foydali. SHuning uchun ko‟p 
qoloq mamlakatlar shu yo‟lni tanlashgan.
B) eksportni rivojlantirish. Boshlang‟ich davrda qiyin, ammo uzoqni 
o‟ylangan yo‟ldir. SHuning uchun ko‟p davlatlar bu yo‟lga o‟tishga hayiqishadi.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi 
va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi 
va unga bog‟liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi. 


43 
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob‟ektiv sabab bilan izohlanadi. 
Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o‟rtasida notekis 
taqsimlanganligi. 
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini aniqlovchi ikkinchi muhim sabab – 
bu, turli mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarning bir xil rivojlanmaganligidir. 
Bu ikki ob‟ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab 
chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90-yillarning 
boshlarida xalqaro savdo hajmi AQSHda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, 
Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. SHu davrda O‟zbekiston yalpi milliy 
mahsulotida tashqi savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo‟ldi. 
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an‟anaviy shakli sifatida quyidagi 
ko‟rinishlarni o‟z ichiga oladi: 
- mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg‟i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo‟jaligi 
mahsulotlari, sanoat mahsulotlari; 
- xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari; 
- transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda 
xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi; 
- yangi ilmiy-texnik ma‟lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar. 
Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to‟g‟ri keladi. 
Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma‟lumotlarini 
ayirboshlashning barcha ko‟rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida 
amalga oshiriladi. Ular o‟z navbatida eksport, import, reeksport va reimport 
operatsiyalariga bo‟linadi. 
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish. 
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni 
mamlakatga olib kelish. 
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan 
mahsulotni chet elga olib chiqib sotish. 
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov 
berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish. 


44 
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita aralashuvi jarayoni eksport 
va importni cheklash hisoblanadi. Davlat tomonidan olib boriladigan bunday 
tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə