O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

Savdo siyosati
- davlat tomonidan xalqaro 
savdoga soliq, subsidiya, valyuta nazorati va import yoki eksportni to‟g‟ridan-
to‟g‟ri cheklash siyosatlari olib borish orqali ta‟sir ko‟rsatishdir.
 
Mamlakat tashqi savdosini cheklash borasida olib borilayotgan har qanday 
chora-tadbirlar aholi turmush faoliyatining pasayishiga olib keladi. SHuning uchun 
ham ko‟pgina mutaxassis-iqtisodchilar tashqi savdoga boshqacharoq yondashish 
zarurligini ta‟kidlashadi. Ularning fikriga ko‟ra, mamlakat iqtisodiyoti va aholisi 
turmush faoliyatini yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq 
hisoblanadi. CHunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish 
iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko‟proq imkoniyat yaratadi.
Amaliyotda tashqi savdoni cheklashning 50 dan oshiqroq turi mavjud. 
Ularning ayrimlari davlat g‟aznasini to‟ldirishga yo‟naltirilgan bo‟lsa, ba‟zilari 
umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki 
rag‟batlantirishga yo‟naltirilgan. Bundan tashqari, ko‟pgina mamlakatlardagi 
iqtisodchi va siyosatchi guruhlar protektsionizmni kuchaytirishni qo‟llab-
quvvatlashadi. Erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo‟lishi 
mumkin, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti nuqtai nazaridan esa erkin 
savdo hamma vaqt ham foydali hisoblanavermaydi. Ayrim holatlarda savdo 
cheklashlarini tashqi savdo yutuqlarini qayta taqsimlashda, ya‟ni, bir mamlakat 
aholisi turmush faoliyatini yomonlashtirish evaziga oshirishda foydalanish 
mumkin. Ulardan shuningdek, guruhlar o‟rtasida oladigan daromadlarini qayta 
taqisimlashda foydalanish mumkin. Shuning uchun ham tashqi savdo siyosatini 
ishlab chiqishda olib boriladigan tashqi savdo siyosatining iqtisodiy tahlili katta 
ahamiyatga ega. 
Mamlakatlarda ta‟rifli mexanizm orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, 
birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish 
sohalarining himoyalanganligiga ta‟sir qiladi.


45 
So‟nggi o‟n yilliklarda eksportni ixtiyoriy chegaralash va eng kam import 
baholarini belgilash haqida bitimlar tuzish amaliyoti keng tarqala boshladi. Savdo 
cheklashlarining bu yangi turlari xususiyatlari ularni o‟rnatishning noan‟anaviy 
usulidan iborat. Bunda import qiluvchi mamlakatni himoya qiluvchi savdo 
to‟siqlari, import qiluvchi mamlakat chegarasida kiritilganda eksportni ixtiyoriy 
chegaralash qo‟llaniladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə