O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

innovatsion
ahamiyatli mahsulotlar, elektr-texnika 
uskunalari, transport vositalarining hissasi ortib bormoqda. Jahon bozori savdo 
aylanmasi tarkibida qishloq xo„jalik mahsulotlarining ulushi qisqarib, yengil 
sanoat mahsulotlari ulushi ortayotgani kuzatilmoqda. Jahon eksportida xizmatlar 
ulushi to„xtovsiz o„sib bormoqda. Jahon narxlari – bu jahon savdo markazlari 
(London metallar birjasi, Chikago savdo birjasi kabi)ning baholari. Dunyo 
narxlarining quyidagi turlari ajratiladi: 
1) erkin konvertatsiya qilinadigan va qilinmaydigan valutadagi to„lovlar bilan 
amalga oshiriladigan bitimlar bo„yicha narxlar; 
2) transfert (firma ichidagi) narxlar, bular tijorat siri hisoblanadi; 
3) savdoga taalluqli bo„lmagan operatsiyalar bo„yicha narxlar. 
Tovarlarga bo„lgan kontrakt (shartnomaviy) narxlarning quyidagi turlari 
qo„llaniladi: 
1) qat‟iy narx; 
2) bitim ijro etilayotgan paytdagi muayyan (aniqlik kiritilgan) narx; 
3) bozor narxining shartnomaviy narxdan muayyan miqdorga oshganini inobatga 
oluvchi narx; 
4) o„zgaruvchan (sirpanuvchan) narx, u ayrim xarajatlarning o„zgarishiga bog„liq; 
5) aralash narx (narxning muayyan qismi belgilab qo„yiladi, boshqasi esa 
o„zgaruvchan xususiyatga ega bo„ladi). 


29 
Kontrakt narxlarning xususiyati tovarlarni yetkazib berish muddatini inobatga 
oladi va sotuvchini inflatsiya tufayli zarar ko„rishdan himoya qiladi. O„zgaruvchan 
narxlarni hisoblaganda e‟lon qilinuvchi indekslar qo„llaniladi, bu esa xaridorni 
sotuvchining narxlarni oshirib ko„rsatishidan himoya qiladi. 
Dunyo narxlarini iqtisodiy va statistik tahlil qilishda ularni ikki guruhga ajratish 
qabul qilingan: qayta ishlovchi sanoat mahsulotiga bo„lgan narx va xomashyo 
narxi. Qayta ishlovchi sanoat mahsulotining eksport narxi uchun asos sifatida 
ishlab chiqaruvchilarning o„zlari to„liq va bevosita xarajatlar usullari bilan 
shakllantiradigan ichki bozor narxlari xizmat qiladi. To„liq xarajatlar usuli 
bo„yicha mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga kutilayotgan foyda hajmi 
qo„shiladi hamda kutayotgan daromad aniqlanadi. Ushbu daromadning miqdori har 
oyda ishlab chiqariladigan mahsulotga bo„linadi. Shu tariqa har bir buyumning 
narxi aniqlanadi. Bevosita xarajatlar usuli bo„yicha barcha xarajatlar yuk xati 
(shartlidoimiy) va bevosita (o„zgaruvchan) xarajatlarga bo„linadi. Bevosita 
xarajatlar usuli bo„yicha baho belgilash asosan bevosita (o„zgaruvchan) 
xarajatlarni inobatga oladi. Doimiy xarajatlar sotuv narxlari bilan o„zgaruvchan 
xarajatlar o„rtasidagi farq, ya‟ni qo„shilgan (marginal) foyda bilan qoplanadi. 
Firmalar e‟lon qilingan (preyskurant) narxlarni o„zgartirmagan holda, ularni 
oshirishi yoki tushirishi mumkin. Buning uchun yetkazib berish shartlari, sifati, 
o„rami (qutisi) va shu kabilar uchun ustamalar yoki chegirmalar tizimidan 
foydalanadilar yoxud tovarlarni shartnomaviy narxlar bo„yicha sotadilar (ular 
sanoat uskunalari, yarimfabrikatlar va materiallar sotuvining 80–90 foizini qamrab 
oladi). Xomashyo (energoresurslar, mineral xomashyo, o„g„itlar, qishloq xo„jalik 
mahsulotlari, rangli metallar) bozorida baho belgilashning xususiyatlarini asosiy 
ishlab chiqaruvchilarning narxlarini, eksport qiluvchi va import qiluvchi 
davlatlarning alohida rolini, talab va taklifni hisobga olish tashkil qiladi. Bir xil 
tovarlarga bo„lgan dunyo va ichki narxlar ko„pincha o„zaro mos kelmaydi. Tashqi 
bozorlarni egallash uchun ichki narxlardan yoki tovar qiymatidan ancha past 
bo„lgan demping narxlardan foydalaniladi. Demping xarajatlari tovarlarning ichki 
bozorda sotilishidan kelgan o„ta yuqori foydalar hisobidan qoplanadi. 


30 
Baho belgilashga ta‟sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat: 
1) eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining darajasi (progressiv 
mahsulot, yuqori darajadagi mehnat unumdorligi, malakali ish kuchiga 
sarflanadigan xarajatlarning kamligi, asosiy kapitalning yuqori sur‟atlarda 
yangilanishi narxlarni pasaytirish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish 
imkonini beradi); 
2) narxlarning inflatsiya ta‟sirida ko„tarilishi (ishlab chiqarish xarajatlarining 
ortishi mahsulot narxining o„sishiga olib keladi); 
3) aholi jon boshiga to„g„ri keladigan yalpi milliy mahsulot hajmi. 
Shunday qilib, tovarlar ishlab chiqarishning milliy va baynalminal qiymati 
o„rtasidagi farqlarda namoyon bo„ladigan qiymat qonuni jahon bozoridagi bitimlar 
narxiga bevosita ta‟sir ko„rsatadi hamda xalqaro mehnat taqsimotining 
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Mamlakatlar o„rtasidagi iqtisodiy aloqalar 
xalqaro hisob-kitoblar asosida olib boriladi. Xalqaro hisob-kitoblar – bu turli 
mamlakatlarning hukumatlari, korxonalari, muassasalari va fuqarolari o„rtasida 
yuzaga keladigan pul talabnomalari va majburiyatlari bo„yicha to„lovlarni tartibga 
solish tizimidir. Xalqaro hisob-kitoblar turli shakllarda – naqd pulga, kreditga, 
oldindan bajarilgan to„lov (avans to„lov) bo„yicha amalga oshiriladi. Jahon 
savdosida bitim narxining 80–90 foiz to„lanadigan, qolgan qismi esa shartnoma 
bo„yicha belgilangan muddatlarda naqd pul bilan to„lanadigan kreditdan keng 
foydalaniladi. 
O„zbekistonning tashqi savdosi tovar, xizmat va kapital bilan mamlakatlararo 
almashuv (kreditlar olish)ni o„z ichiga oladi. O„zbekiston tashqi savdosining 
tarkibiga uning quyidagi turlari kiradi: eksport, import, tranzit savdo (tovarni 
xorijda sotib olish va ayni vaqtda uchinchi mamlakatga sotish), tovarlarni qayta 
eksport yoki qayta import qilish, litsenziyali savdo kelishuvlari va boshqalar. 
O„zbekistonning jahon mamlakatlari bilan tashqi savdo munosabatlarini 
rivojlantirishiga quyidagilar asosiy ta‟sir ko„rsatmoqda: 
1) jahon savdosining liberallashuvi (erkinlashuvi); 
2) jahon savdo tashkiloti qoidalari bo„yicha jahon savdosining tartibga solinishi; 


31 
3) xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, texnika taraqqiyoti ta‟sirida ishlab 
chiqarishning baynalminallashuvi. 
O„zbekiston jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar o„rtasidagi oraliq o„rinni egallaydi. O„zbekiston jahon iqtisodiyotida 
sezilarli o„rin egallaydi. Dunyoning 210 dan ortiq mamlakatlari orasida
O„zbekiston o„zining tabiiy resurs hamda ishlab chiqarish salohiyati bo„yicha o„ta 
muhim mavqega ega. 2012-yilning 1-yanvar ma‟lumotlariga ko„ra, hududi 
bo„yicha 55-o„rinda, aholi soni bo„yicha dunyoda 39-o„rinni egallaydi. Kumush, 
volfram, fosfarit, kaliy tuzi, nodir metallar va boshqa qimmatbaho minerallar, 
jumladan, oltin zaxirasi bo„yicha 4-o„rinda, uran zaxirasi bo„yicha 7-o„rinda, 
molibden bo„yicha 8-o„rinda, misning aniqlangan zaxirasi bo„yicha 10-o„rinda, 
tabiiy gaz bo„yicha 14-o„rinni egallab, dunyoning yetakchi davlatlari sirasiga 
kiradi. Ekin maydonlari bo„yicha 11-o„rinda turadi, kadmiy qazib olish bo„yicha 3-
o„rinda, uran qazib olish bo„yicha 6-o„rinda, oltin va tabiiy gaz bo„yicha 8-o„rinda, 
molibden qazib olish bo„yicha kuchli o„n beshlikka kiradi. Qorako„l ishlab 
chiqarish bo„yicha 2-o„rinda, paxta bo„yicha 5-o„rinda, ipak tola bo„yicha 6-
o„rinda turadi. O„zbekiston oltingugurt kislotasi, azotli o„g„itlar, mineral 
moylovchi materiallar va parafin, paxta tolasi va gazlamalar, tomat pastasi, quruq 
mevalar, bog„dorchilik va uzumchilik mahsulotlari, jun yetishtirish bo„yicha 
dunyoning ikkinchi o„ntalik mamlakatlariga kiradi. Paxta tolasi eksporti bo„yicha 
ikkinchi, uran eksporti bo„yicha uchinchi o„rinda turadi. O„zbekistonning jahon 
savdosidagi ishtirokini kengaytirish shartlarini quyidagilar tashkil qiladi: 
1) O„zbekiston tovarlarining dunyo bozorlaridagi raqobatbardoshligi; 
2) tashqi savdo tuzilishining rivojlanishi; 
3) milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishi. 
O„zbekiston savdosining geografik tuzilishi ikki asosiy yo„nalish bilan ajralib 
turadi: MDH mamlakatlari va uzoq xorij mamlakatlari. Uzoq xorij mintaqalarining 
ulushi mamlakatimizning butun tashqi savdo aylanmasi o„sib borish tendensiyasiga 
ega bo„lmoqda. O„zbekistonning asosiy savdo sheriklariga quyidagilar kiradi: 


32 
Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Xitoy, Turkiya, Polsha, Shveysariya, Buyuk 
Britaniya, AQSh va Finlyandiya. Yevropa Ittifoqiga O„zbekiston tovar 
aylanmasining 52,1 foizi, MDH mamlakatlariga – 15,3 foizi, Osiyo va Tinch 
okeani mamlakatlariga 16,1 foizi to„g„ri keladi. O„zbekistonning asosiy savdo 
hamkori Germaniya bo„lib, uning O„zbekiston tashqi savdosidagi ulushi 10 foizdan 
ortiqdir. O„zbekiston Germaniyaning tashqi savdo aylanmasida 14-o„rinni 
egallaydi (2 foiz). O„zbekistonning eksporti an‟anaviy ravishda xomashyo 
yo„nalishiga ega. Eksport tarkibidagi qiymati bo„yicha yonilg„i-energetika 
tovarlarining ulushi XXI asrning birinchi o„n yilligida – 46,2 foizni, qora va rangli 
metallar – 15,5 foizni, mashina, uskunalar, transport vositalari – 10 foizni tashkil 
etdi. O„zbekistonning importida asosiy o„rinni mashinasozlik (47,7 foiz), oziq-
ovqat va uni ishlab chiqarish uchun xomashyo (17 foiz), kimyo mahsulotlari (18,1 
foiz) tashkil qiladi. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – 
O„zbekiston tashqi savdo aylanmasini xomashyo eksport qilish va iste‟mol 
tovarlarini import qilishdan fan yutuqlarini o„z ichiga olgan, yuqori texnologik 
tarmoqlarga, dunyoning yetakchi davlatlari, ayniqsa, Osiyo mamlakatlari bilan 
savdo-sotiqni rivojlantirishga yo„naltirish evaziga to„lov balansining maqbul 
tuzilishini ta‟minlashdir. Bular O„zbekiston milliy iqtisodiyotining sanoati 
rivojlangan mamlakatlar bilan xo„jalik aloqalarini kengaytirishdek obyektiv 
ehtiyoji bilan bog„liq.
O„zbekistonning 1990–2014-yillardagi tashqi savdo dinamikasi va tarkibi.
O„zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti mustaqillik qo„lga kiritilgunga qadar 
asosan sobiq Ittifoq respublikalarini xomashyo resurslari bilan ta‟minlashga 
yo„naltirilgan edi. Iste‟mol mahsulotlarining asosiy qismini respublikamizda ishlab 
chiqarish imkoniyatining mavjudligiga qaramasdan, ular chetdan keltirilar edi. 
1990-yilda O„zbekiston tashqi savdo aylanmasi 805,6 million dollarni, jumladan, 
eksport 442,7 million dollarni, import 362,9 million dollarni tashkil etgan. Ijobiy 
saldo esa 80 million dollar atrofida bo„lgan edi.O„tgan 1991–2011-yillarda tashqi 
savdo aylanmasi 27,1 barobar o„sdi, shu jumladan, eksport hajmi 29,5 barobar, 
import 24,2 barobar oshdi. Bu jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 


33 
barobar ortib, oltin-valuta zaxiralarining yuqori darajada o„sishi va milliy valuta 
barqarorligini ta‟minladi. Eksport va import tarkibi tubdan o„zgardi. O„zbekiston 
chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste‟mol tovarlarini 
olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunga kelib, qo„shilgan qiymati yuqori 
bo„lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va texnik hamda texnologik 
modernizatsiya qilishga mo„ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni 
import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda. 
1-jadval 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə