O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


savdo  xizmatlari tarkibiga 11 turdagi xizmatlar



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

savdo 
xizmatlari tarkibiga 11 turdagi xizmatlar
(transport, qatnov (sayohat), aloqa, 
qurilish, sug„urta, moliya, axborot, litsenziyalar, biznes xizmatlar, madaniyat, 
hukumat tashkilotlariga tovarlar yetkazib berish) kiradi. Iste‟molchiga yetkazib 
berish usullariga ko„ra, xizmatlarning investitsion (bank, mehmonxona va 
boshqalar), savdo (transport, sug„urta va boshqalar), savdo-investitsiya (aloqa, 
qurilish, axborot va boshqa) turlari ajratiladi. Xizmatlar omilli (kapital, mehnat, 


15 
texnologiyalarning mobilligi bilan bog„liq to„lovlar) va omilsiz (xizmatlarning 
qolgan turlari) bo„lishi mumkin. 
Xizmatlar bilan savdo qilish xususiyatini sotuvchi va xaridorning bitim tuzish 
vaqtidagi aloqasining mavjudligi tashkil qiladi. Xizmatlar savdosida bitimlar 
tuzishning quyidagi shartlari mavjud: 
1) xaridorning mobilligi (turizm, tibbiy yordam va boshqalar); 
2) sotuvchining mobilligi (qurilish, audit va boshqalar); 
3) bir vaqtning o„zida sotuvchi va xaridorning mobilligi yoki xizmatning o„zining 
mobilligi (xalqaro telefon so„zlashuvi, uchinchi mamlakatdagi xalqaro 
konferensiya kabilar). 
Jahon xizmatlar tarkibida xususiy sektor, transport xizmatlari yetakchi o„rin 
tutadi. Xizmatlar qiymati hajmining 75 foizi rivojlangan mamlakatlar tomonidan 
eksport qilinadi. Jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan xizmatlarning eng muhim turi 
transport xizmatlaridir (tovar va yo„lovchilarni xalqaro miqyosda tashish). 
Moliyaviy lizing ijaraga beruvchining xarajatlari qoplanishi va unga foyda 
ta‟minlanishini nazarda tutadi. Ijarachi ijara muddati tugaganidan so„ng, ijara 
predmetini qaytarishi, uni qoldiq qiymati bo„yicha sotib olishi yoki yana ijaraga 
olishi mumkin. 
Ishlab chiqarish (operativ) lizingi ijaraga olinayotgan texnikaning amortizatsiya 
davridan kamroq muddatga foydalaniladi, shu bois ijara stavkalari yuqoriroq 
bo„ladi. Lizing kompaniyasi uskunani xorijiy firmadan sotib olishi va o„z 
mamlakatiga ijaraga berishi (import lizing) yoki aksincha bo„lishi (eksport lizing) 
mumkin. 
Xizmatlar bilan savdo qilishda konsalting xizmatlari (audit, boshqaruv 
maslahatlari va boshqalar), vositachilik keng tarqalgan. Jahondagi turli 
mamlakatlar mahsulot ishlab chiqaruvchilari o„rtasidagi aloqaning asosiy 
shakllaridan biri tashqi savdo faoliyatidir. 
Hozirgi kunda iqtisodiy adabiyotda va klassifikatorlarda turli yangi 
me‟zonlar va ularga taaluqli ravishda xizmatlarning turli xil tasniflanishi taklif 
etilmoqda. Jumladan quyidagi xizmatlar tasniflari: moddiy darajasi bo`yicha 


16 
insonlarning shaxsiy aloqalari darajasi, xizmatlar mehnat sig`imi, xizmat sohasida 
ijtimoiy va shaxsiy bog`lanishlar nisbati bo`yicha. Har bir tasniflashtirish tarmoqni 
ma‟lum maqsadda o`rganishga mo`ljallangan. 
Xizmatlardagi farq ularning tasnifi, maqsadli belgilanishi, taqdim etish 
shakllari va haq to`lash usulidan kelib chiqadi. 
Tasnifi bo`yicha ko`rsatilayotgan xizmatlar aniq ifodalangan tarmoq 
yo`nalishiga egadir: 
maishiy mashinalar va asbob-uskunalarni ta‟mirlash, yangi mahsulotni ishlab 
chiqarish; 
qishloq xo`jaligi, gigienik tavsifdagi xizmatlar; 
transport, savdo, axborot, ijaraga berish xizmatlari; 
qurilish, uylarni ta‟mirlash, badiiy ishlar va xalq ijodi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish; 
ta‟lim, tibbiy va boshqalar. 
Maqsadli belgilanish bo`yicha xizmatlar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 
maishiy belgilanishdagi predmetlarning iste‟mol xususiyatlarini ta‟minlash 
maqsadida aholi buyumlarini ta‟mirlash va qarash xizmatlari (kiyim-kechakni, 
oyoq kiyimini ta‟mirlash, kimyoviy tozalash va buyumlarni bo`yash va boshqa 
xizmatlar); 
aholi buyumlari bo`yicha yangi mahsulotni tayyorlash, ya‟ni yangi iste‟mol 
qiymatlarini yaratish (kiyim-kechakni tikish,trikotaj mahsulotlarini tikish, mebel 
tayyorlash, uy qurish va hokazolar); 
turmushda qulayliklarni yaratish bo`yicha xizmatlar, jismoniy shaxs sifatida 
insonning ehtiyojlarini qondirish, shuningdek uy xo`jaligini yuritish bilan bog`liq 
xizmatlar (sartaroshxonalar, sanitar-gigienik va tibbiy xizmatlar, madaniy-maishiy 
belgilanishdagi buyumlarni ijaraga berish va hokazolar); 
ma‟lumot-axborot va vositachilik, sayyohlik va boshqa xizmatlar; 
shaxs sifatida insonning ehtiyojini qondirish bo`yicha (ta‟lim, madaniy) xizmatlar. 
Xizmatlarni pullik, bepul va aralashlarga bo`lish alohida ahamiyatga ega. 


17 
Ushbu tasnif qabul qilingan iqtisodiy kenglikni iqtisodiyotning xususiy 
(bozor) va ijtimoiy (nobozor) sektorlariga bo`linishlariga asoslanadi. 
Bepul xizmatlardan farqli ravishda pullik xizmatlar quyidagi xususiyatlarga 
ega: 
iste‟molning yakka tartibdagi tavsifi, bo`linish va saylanish bilan
raqobatlilik, monopol holatning bo`lmasligi bilan. 
To`lash uslubi bilan xizmatlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: 
oldin va to`liq tartibda to`lanadigan yoki buyurtmani qabul qilishda qisman 
oldindan to`lanadigan va buyurtma topshirilishida oxirgi hisob-kitoblarni amalga 
oshirish tartibidagi xizmatlari; 
aholiga bepul ko`rsatilgan xizmatlar (maishiy belgilanishdagi mashina va 
apparatlarni kafolatlangan ta‟mirlash); 
kechiktirilib to`lanadigan xizmatlar, ya‟ni kreditga beriladigan. 
Xizmatlar 
yo`naltirilgan 
faoliyatning 
turlari 
bo`yicha 
funktsional 
tasniflashtirish, xizmatlarni besh guruhga bo`lishni ko`zda tutadi: 
ishlab chiqarish - lizing, injiniring, ishlab chiqarish asbob-uskunalariga texnik 
xizmat ko`satish, texnik kommunikatsiyalarni ta‟mirlash va hokazolar; 
iste‟mol - uy xo`jaligiga mo`ljallashtirilgan ommaviy xizmatlar (turar joy va unda 
mavjud bo`lgan uzoq muddatli foydalanishdagi buyumlarni normal holatda 
saqlash); 
professional - sug`urta, moliya, bank, reklama, maslahat; 
taqsimot -transport, aloqa, savdo xizmatlari; 
shaxsiy tavsifdagi noishlab chiqarish (sartaroshxonalar, fotoatele va hokazolar) 
xizmatlari.
Xizmatlarning sistemaliroq tasnifi ularni buyumlashtirilgan tamoyil bo`yicha 
bir necha klasslarga bo`ladi: 
tovarlar va boshqa fizik ob‟ektlarga yo`naltirilgan his etiladigan harakatlar 
(kimyoviy tozalash, asbob-uskunalarni saqlash va ta‟mirlash, qo`riqlash va boshqa 
xizmatlar); 


18 
inson tanasiga yo`naltirilgan his etiladigan harakatlar (fitnes markazlar, restoranlar 
va kafelar, go`zallik salonlari); 
insonning ongiga yo`naltirilgan his etilmaydigan harakatlar (ta‟lim, teatrlar, 
muzeylar, axborot xizmatlari). 
Kompekslik bo`yicha xizmatlar oddiy va qiyinlarga (kompleks xizmat 
ko`rsatish) bo`linadi. Ko`pchilik xizmatlar kompleks tavsifga ega. Masalan, 
mehmonxonalar xizmatlari - bu nafaqat turar joyni taqdim etish, balki ovqatlanish, 
maishiy xizmat ko`rsatish, iste‟molchilar xodig`ini chiqarishni taqdim etish 
bo`yicha xizmatlar hamdir. Ularni qanaqangi tavsiflashtirishdan foydalanilmasin, 
biror bir aniq kichik guruhga kiritish qiyin. 
Aralash xizmat tovar-moddiy boyliklarga hamrohlik qiladi, ularning 
aylanishini engillashtiradi va ularni iste‟molchi uchun jozibador qilib ko`rsatadi. 
Ushbu xizmat jumlasiga tovar oldi-sotdisiga hamroh bo`ladigan sotishdan oldingi 
va sotishdan keyingi servisni keltirish mumkin. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə