O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


-bob. Savdo faoliyatining turlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

1-bob. Savdo faoliyatining turlari. 
1.1. Savdo faoliyati tushunchasi, tamoyillari, maqsad va vazifalari. 

Savdo faoliyatining asosiy mazmunini ochib berish, ma‟lum tushuntirish 


tuzilmasini, ya‟ni tijorat faoliyati bilan bog`liq bo„lgan atama va tushunchalarni 
ishlatishni talab etadi.
 
“Tijorat” so„zi lotincha so„zdan kelib chiqib, savdo, savdo muomalasi, savdo 
aylanmasi degan ma‟noni bildiradi. 
Tijorat faoliyati iqtisodiy jihatdan savdoga nisbatan kengroq tushunchadir, 
savdo asosida doimo tijorat yotsada, lekin har qachon ham tijorat faoliyati faqat 
savdo bilan boqliq bo„lavermaydi. Ko„pincha yuridik shaxslar tijorat faoliyati 
soxasida tayyorlov, ishlab chiqarish, qurilish, investitsion va boshqa tadbirkorlik 
faoliyatining murakkab majmuasini amalga oshiradilar. 
Tijoratning odob etikasi nuqtai nazaridan ham, tijorat yo„lida qo„yilgan 
maqsadlarga erishish manfaati nuqtai nazaridan ham egallanishi zarur bo„lgan 
bozorning boshqa subyektlarining harakat va manfaatlarini to„la hisobga olish - 
tijorat faolyaitining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bundan tashqari, tijorat 
faolyatining quyidagi tamoyillari mavjud: 
- bozor iqtisodiyoti vaziyatni hisobga olgan holda tijorat egaluvchanligi; 
- tijoratning eng afzal yo„llarini ajrata bilish; 
- tijorat qarorlarini qabul qilishda marketing tamoyillarini faol ishlatish; 
- tijorat tavakkalchiligi va ularning oqibatlarini oldindan ko„ra bilash; 
- savdo shartnomalari bo„yicha majburiyatlarni bajarish javobgarligini oshirish. 
Tijorat-vositachilik faoliyatida amalga oshiriladigan operatsiyalar ikki turga 
bo„linadi: ishlab chiqarish va tijorat turlari. 
Ishlab chiqarish turi – bu yuklarni harakati, ularning saqlanishi, tushirilishi, 
transportirovka qilish, qadoqlash, navlarga bo„lish, o„rash va boshqalar bilan 
boqliq bo„lgan jarayonlardir. 
Tijorat turi – bu qiymat shaklining almashinuvi, ya‟ni tovarlarning oldi-sotdisi 
va almashinuvi bilan boqliq bo„lgan jarayondir. 



Tijorat turlariga bozor tadqiqotlarini tashkil etish, infratuzilmaning va asosiy 
raqobatchilarni baqolash, reklamani shakllantirishlarni kiritish mumkin. 
Tijorat-vositachilik faoliyati uch asosiy vazifa hal qilingandagina foydali 
bo„ladi: 
1). Nafaqat ichki va tashqi bozor, balki, ularning iqtisodiy rivojlanish 
tendensiyalarini baholashga imkon beradigan, ham konyunktura xarakteridagi, ham 
statistik ma‟lumotlar bankini o„z ichiga olgan tijorat axborotlarini yig„ish va 
tarqatishning doimiy ishlab turuvchi tizimlarini yaratish. 
2). Mahsulot yetkazib berish va servis xizmatlari bo„yicha shartnoma 
majburiyatlarini o„z vaqtida bajarish maqsadida bozor infratuzilmasining asosiy 
elesentlarini shakllantirishga imkon beruvchi moddiy-texnika bazasini – omborlar 
tizimi, transport, aloqa va kommunikatsiyalar yaratish. 
3). Mijozlar jalb qilish vazifasini o„z vaqtida bajarishni ta‟minlovchi menejer va 
savdo agentlarini tayyorlash va qayta o„qitishni uzluksiz amalga oshirish. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə