Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti


Mehnat potensialining natijaviyligi



Yüklə 70,05 Kb.
səhifə12/14
tarix15.02.2023
ölçüsü70,05 Kb.
#100831
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi

Mehnat potensialining natijaviyligi (Mp.n) natijaning mehnat potensialiga nisbati bilan aniqlanadi. Natijada qanday ko'rsatkichlar bo‘lishi mumkin? Bu o'rganilayotgan sohasiga, tahlilning maqsadiga qarah turlicha bo'ladi. Masalan, ishlab chiqarish sohasida asosiy natijaviy ko'rsatkich ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi,tayyor mahsulot hajmi bo'lishi mumkin. Bu tahlilning qaysi ko'rsatkichni qaysi maqsadlar uchun o‘tkazilayotganligiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari uchun mahsulotning sotilishi muhim. Shu jihatdan ko‘p hollarda sotilgan mahsulot hajmi olinadi. Savdo sohasida natijaviy ko'rsatkich tovar oboroti, transport korxonalarida yuk oboroti, qurilishda bajarilgan ishlar hajmi kabi ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin.
Mehnat potensiali samaradorligini ifodalash uchun ko'rsatkichlar tizimi qo'llaniladi. Biroq har bir ko'rsatkich ham u yoki bu jihati bilan muhimdir. Shu tufayli ularning har biriga ta’sir etuvchi omillami aniqlash va ularning boshqa ko'satkichlarga qanday ta’sir qilganligini hisoblash katta ahamiyatga ega. Chunki iqtisodiy jarayonlar va ularning in’-ikosi bo'lgan ko'rsatkichlar ham bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Shu bilan birga bir ko'rsatkich tahlil jarayonida birinchi galda natija deb qaralsa, ikkinchi holda omil, deb qaralishi mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini olaylik. Bu mehnat potensiali samaradorligini ifoda etuvchi muhim natijaviy ko'rsatkich. Omilli tahlilning birinchi bosqichida shunga ta’sir qiluvchi omillami hisoblash mumkin. Shu bilan birga aynan ushbu ko'rsatkich bir qancha boshqa ko'rsatkichlarga ta’sir etuvchi omil hamdir. Bu esa omilli tahlilda har bir ko'rsatkichni, awalo, natijaviy ko'rsatkich sifatida va so'ngra omil sifatida qarash lozimligini taqozo qiladi.
Omilli tahlil natijasida mehnat unumdorligini, ya’ni potentsialining natijaviyligini ikki tomonlama ko‘rib chiqdik. Birinchidan, ushbu ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillami, ikkinchidan esa ushbu ko‘rsatkichlaming boshqa natija ko'rsatkichlarga ta’sirini. U va bu holda ham mavjud ichki imkoniyatlar o‘rganildi, aniqlandi va tegishli qarorlar qabul qilish uchun asosiy axborotlarga ega bo‘lindi
Korxona moliyaviy jihatdan mustahkam bo‘lishi uchun faqat foydalilik nuqtasiga erishish yetarli emas, balki tegishli foyda summasini ta’min etadigan mahsulot (ish, xizmat) miqdoriga erishishni talab qiladi. Tahlil qilinayotgan obyekt o‘tgan yilda ko‘zda tutilgan foydaga erishish uchun 1188,5 dona mahsulot ishlab chiqarish zarur bo'lgan. Hisobot yilida esa ushbu ko'rsatkich 1179.2 donani tashkil qilmoqda, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 0,8 % kam. Bu natija ta’kidlanganidek, har bir mahsulotdan olinadigan marjinal foydaning ortganligi evaziga erishilgan. Demak,korxonaning iqtisodiy mustahkamligini tahlil qilish uchun uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini ifodalovchi ko‘pgina eng muhim ko'rsatkichlami tahlil qilish lozim. Bu esa tahlilning atroflicha keng qamrovda o'tkazilishini taqozo qiladi.
Korxonaning moliyaviy mustahkamligini tahlil qilishda uning faoliyatiga iqtisodiy tashxis qo‘yish nuqtayi nazaridan yondashiladi. Har bir korxona faqat iqtisodiy jihatdan emas, balki moliyaviy jihatdan ham mustahkam bo'lishi kerak. Tegishli ko'rsatkichlar belgilangach, shularga asosan ulaming o'zgarish tendensiyalari aniqlanib biror xulosaga kelinadi. Moliyaviy mustahkamlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar quyidagi ketma-ketlikda tahlil qilinadi:
• moliyaviy mustahkamlikni ifodalovchi ko'rsatkichlaming holati o'rganiladi. Unda ko'rsatkichlar tegishli ma’lumotlar asosida aniqlanib, ularning rejadan, me’yordan, o'tgan davr hajmlaridan farqi va ulaiga nisbatan foizdagi o'zgarishlari aniqlanadi;
• har bir ko'rsatkichning nima evaziga o'zgarganligi aniqlanadi. Bunda ularga ta’sir etuvchi omillar belgilanib, shu omillaming bir-biri va natija bilan bog'liqligi aniqlanadi hamda shu bog'liqlik asosida tegishli hisob-kitoblar amalga oshiriladi;
• har bir ko'rsatkichni o'zgartiruvchi omillar ta’siri hisoblanadi. Bunda tahlilning tegishli usullaridan foydalangan holda natija o'zgarishiga qaysi omillar qay darajada ta’sir qilganligi hisoblanadi;
• tahlil natijalari bo'yicha tegishli hisob-kitoblarga asosan iqtisodiy jihatdan asoslangan xulosa qilinadi. Bunda qaysi omilning ijobiy, qaysisining salbiy ta’sir qilganligi aniqlanib, salbiy ta’sir qilgan omillarni bartaraf qilish, shu orqali korxona moliyaviy mustahkamligini yaxshilash chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Natija o‘zgarishiga yana bir omil ta’sirini hisoblash uchun natijaning haqiqiy miqdoridan uning uchinchi omil ta’siri bilan qayta hisoblangan miqdori ayriladi:



Yüklə 70,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə