O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


Ming ichida sonlarni nomerlashni o’rganish



Yüklə 222,7 Kb.
səhifə4/15
tarix29.03.2023
ölçüsü222,7 Kb.
#103537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Ming ichida sonlarni nomerlashni o’rganish


1000 ichida sonlarni nomerlashni o‘rganishga tayyorgarlik ishini «Ming» bo‘limiga o‘tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga muvofiqdir. Uch xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish ikki xonali sonlarning hosil bo‘lishi prinsiplarini va ikki xonali sonlarni yozishni tushunishga asoslanadi, shuning uchun birinchi yuzlik sonlarini nomerlashni oldindan takrorlash kerak, bunda og‘zaki mashqlarga quyidagicha mazmundagi 1—2 tadan topshiriq kiritish lozim:

  1. Xona birliklarini taqqoslash: o‘nlikda nechta bir bor? Yuzlikda nechta o‘n bor? O‘n soni birdan necha marta katta? Yuz soni o‘ndan necha marta katta? va hokazo.

  2. Ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibi: 4 o‘nl. va 6 birl.; 8 o‘nl. 35 birlikdan iborat sOn ayting va hokazo.

  3. 1—100 sonlarining natural ketma-ketligi: 10 (20, 30 va hokazo) sonidan boshlab 1 tadan (3 tadan, 5 tadan, 7 ta-dan, 10 tadan) qo‘shing; sonlar qatorini davom ettiring: 47, 48, 49...; sonlar qatorida 9(99) sonining qo‘shnilarini ayting, bu sonlar qanday hosil bo‘ladi?

  4. Birinchi yuzlik chegarasidan chiqadigan sonlarni aytish bo‘yicha quyidagicha mashqlarni ham bajarish mumkin:

a) sanashni davom ettiring: 96, 97, ...,...,...,.,.; 70, 80, 90, ...,,..,...,.:.; 96, 98,
............
b) 34 dan keyin qanday son keladi? 134 sonidan keyin-chi? 234 dan keyin- chi? 46 sonidan oldin qanday son turadi? 146 sonidan oldin-chi? 346 sonidan oldin-chi? 52 sonining qo‘shnilarini ayting; 152 sonining qo‘shnilarini, 452 sonining qo‘shnilarini ayting.
Sanab o‘tilgan mashqlar yuzdan katta sonlar mavjudligini, bunday sonlar ko‘pligini, ularning hosil bo‘lishi va atalishi bolalarga tanish bo‘lgan sonlarga o‘xshash ekanini o‘quvchilar tushunib olishlariga yordam beradi.
To‘rt xonali sonlarni nomerlashni o‘rganish uch xonali sonlarni nomerlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga tayanib olib borilishi kerak. Masalan, birinchi darsda yangi sanoq birligi — ming bilan tanishtirishda ishni quyidagilarni takrorlashdan boshlash kerak: 10 birlik =1 o‘nl., 1 o‘nlik — yangi sanoq birligi, o‘nlarni xuddi birlar kabi sanash mumkin, yuzlarni xuddi birlar, o‘nlardek sanash mumkin. Bularning hammasini cho‘tda namoyish qilish foydali, bunda 1 tadan, 10 tadan, 100 tadan qo‘shib va ayirib sanash va har gal tegishli sanoq birliklari hisob cho‘tining qaysi simiga qo‘yilishini aniqlash lozim. Bundan, 10 ta yuz mingni tashkil etishga, ming — yangi sanoq birligi bo‘lib, u ham birlar kabi sanalishini aytish kerak.
Bolalar bularni yaxshi tushunib olishlari uchun dastlab bu holatni yaqqol namoyish qilishdan foydalanish kerak.
Faraz qilaylik: birinchi katta bog‘lam yuz — o‘nta kichkina bog‘lamlardan

  • o‘nliklardan hosil bo‘lsin. Bog‘langan o‘ntaliklardan iborat dastlabki «yuzta» cho‘pni o‘qituvchi bolalar oldida bitta bog‘lamga birlashtiradi, keyingi bog‘lamlar

yuzliklar oldindan tayyorlab qo‘yilishi mumkin. O‘qituvchi yuztalab sanab, bitta yuztalik, ikkita yuztalik va hokazolar qanday atalishiga o‘quvchilar diqqatini jalb qiladi. Bu nomlarni o‘qituvchidan keyin takrorlab, bolalar o‘qituvchining qo‘rsatmasiga ko‘ra ular uchun yangi bo‘lgan bu son turkumlari qanday hosil bo‘lishini kuzatishadi. Bolalarni birliklar, o‘nliklar, yuzliklar bilan sanash asosida keltiriladigan asosiy xulosa sanoqdagi har bir 10 birlik yangi, yanada yirikroq sanoq birliginy tashkil etishiga keltirishdir.
Cho‘plardan tashqari, bolalar yuz ichida nomerlarni o‘rganishda va amallar bajarishda qo‘llana boshlagan qo‘llanmadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu
N. S. Popova taklif etgan «Kvadratlar va tasmalar» qo‘llanmasidir. U qalin qog‘ozdan tayyorlanadi: birlar kvadratlar bilan (o‘lchamlari 1 sm*1sm) belgilanadi, o‘nlar — har birida 10 ta shunday kvadratchalar bo‘lgan tasma bilan, yuzlar esa har birida o‘ntadan tasma bo‘lgan katta kvadratlar, bilan belgilanadi
Bundan bir necha marta katta o‘lchamli shunday qo‘llanmadan sinfda namoyish qilinadigan qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.

O‘quvchilar u yoki bu ko‘rsatmali qo‘llanmalarga asoslanib, 10 ta o‘nlikni sanashadi va ularni bitta yuz bidan almashtirishadi. Keyin yuzliklar sanaladi (1 yuz, 2 yuz, 3 yuz va hodazo). Yuzliklarni qo‘shish va ayirishga doir masalalar va misollar yechiladi (3 yuz + 4 yuz; 8 yuz •—5 yuz va hokazo). Bu mashqlar asosida yuzlar ham xuddi o‘nlar yoki birlar kabi xisoblanishi haqida xulosa chiqariladi. Sanash jarayonida bolalar sanoq (xona) qo‘shiluvchilari orasidagi munosabatni aniqlashadi va yozishadi.
10 birlik 1 o‘nni tashkil etadi.
10 o‘nlik 1 yuzni tashkil etadi.
10 yuzlik 1 mingni tashkil etadi.
Bundan keyingi namoyish qilishlar uchun abakdan foydalanish mumkin, u bir, o‘n, yuz xonalarga mos keluvchi uchta grafaga bo‘lingan jadvaldan iborat.

Har bir grafadagi cho‘ntakchalarga bog‘lamlar — yuzta cho‘p, bog‘lamlar — o‘nta cho‘p va alohida cho‘plar solinadi, bu istagan uch xonali sonni hosil qilishi haqida aniq taravvur beradi. Keyinchalik cho‘plar bog‘lamlari o‘rniga yuz, o‘n, birni tasvirlovchi kartochkalardan foydalanish mumkin va ular yordamida 1000 ichida istagan sonni hosil qilish mumkin.

Agar bolalarda ham shunday shaxsiy abak bor bo‘lsa, u holda o‘quvchilar bilan turli xil mustaqil ishlar o‘tkazish mumkin, bu ishlar o‘qituvchi vazifa qilib bergan sonlarni o‘quvchilarning o‘zlari tuzishiga yordam beradi.
O‘quvchilar abakda uch xonali sonlarni chiqarishni o‘rganishlari bilanoq 100 dan 1000 gacha bo‘lgan natural sonlar qatorini to‘ldirishga kirishishadi. O‘qituvchi sonlar qatoridagi har bir keyingi sonni hosil qilishni bolalar bilan birga eslaydi va bu bilimlarni sonlarning yangi sohasiga ko‘chiradi.
U quyidagi mashqlardan foydalanishi mumkin:

  1. Men sonlarni aytaman, sizlar keyingi sonlarni aytasiz (9, 10, 19, 30, 99, 100, 199 va boshqalar).

  2. Men sonni aytaman, sizlar esa undan keyin keladigan 3 ta sonni ayting (8, 59, 98, 387, 499 va boshqalar).

  3. Men sonni aytaman, sizlar esa shu sonning qo‘shnilarini ayting (10, 100, 200, 350, 400 va boshqalar).

  4. 798 va 805, 849 va 860 sonlari orasidagi hamma sonlarni ayting. 100 bilan 200, 300 bilan 500, 100 bilan 1000 sonlari orasida nechta son bor? va hokazo.

Bolalarning diqqatini tegishli sonlarning hosil bo‘lishi xususiyatlariga qaratish, o‘quvchilarni zarur umumlashtirishlarga olib kelish muhimdir, bunda ular mohiyatni tushunib olib, faqat xotiraga emas, balki shu bilimga tayangan holda, 100 dan 10000 gacha bo‘lgan sonlarning ketma-ketligini va ularning atalishini o‘zlashtirib olishlari kerak.
Natural qatordagi sonlarni hosil qilishda ruletkadan foydalanish muhim ahamiyatga ega, unda bolalar 1 dan 1000 gacha bo‘lgan har bir sonni (1 sm ga teng bo‘limni birlik qilib olib) aniq ko‘rishadi.
Ruletka bo‘lganda natural sonlar ketma-ketligi tushunchasini shakllantiruvchi mashqlardan foydalanish mumkin:

  1. Ruletkaning uzunligi 380 sm bo‘lgan qismini ko‘rsating. Unga (undan) 1 sm dan (10 sm dan, 100 sm dan) qo‘shib (ayirib) sanang.

  2. Tasmaning uzunligi 400 sm bo‘lgan qismini ko‘rsating. Agar tasma 1 sm uzaytirilsa (qisqartirilsa), uning uzunligi qancha bo‘ladi?

  3. Ruletkada 489 va 500 sonlarini toping. Bu sonlarning qaysinisi katta? Qaysinisi kichik? Qancha kichik yoki katta?

  4. 700 dan bitta kam sonni ayting va ruletkada ko‘rsating; bu sonlar qatorining qayerida turadi? Unga nisbatan 700 soni qanday ataladi?

  5. Misollarni og‘zaki yeching va javobni ruletkada ko‘rsating: 449+1, 850—1, 300—1, 599+1.

O‘quvchilar bu topshiriqlarni bajarishda «O‘nlik» va «Yuzlik» bo‘limlarini o‘rganishda olingan natural sonlar ketma-ketligi haqidagi bilimlaridan foydalanishlari muhimdir. Shuning uchun bolalar o‘z javoblarini avval o‘zlashtirilgan xulosalarga tayangan holda asoslashlari kerak (sanoqda har bir keyingi son oldingisidan bitta ortiq; agar 1 ayirilsa, u holda sanoqda avvalgi deb ataluvchi sonni hosil qilamiz va hokazo). Bo‘ holda o‘quvchilarda natural sonlar qatori haqida to‘g‘ri tushuncha shakllanadi, chunki ular 100 dan 1000 gacha
bo‘lgan sonlar qatori 1 dan 100 gacha bo‘lgan sondar qatori kabi qurilishiga ishonch hosil qiladilar.
Og‘zaki nomerlashni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar uch xonali sonlarning o‘nli tarkibini o‘zlashtirib olishlari, bu sonlar yuz, o‘n va birlarni sanash natijasida hosil bo‘lganini tushunib olishlari kerak. Sonlarni xona sonlaridan tashkil qilish mashqlari shu maqsad uchun xizmat qiladi (3 ta yuz 5 ta o‘n 7 ta bir; 5 ta yuz 5 ta o‘n; 2 ta yuz 3 ta birdan iborat sonni ayting va kvadratchalar hamda tasmachalar yordamida tasvirlang), shuningdek berilgan sonlarni xona sonlariga ajratishga oid teskari mashqlar ham shu maqsad uchun xizmat qiladi (725 sonida, 420, 305 sonlarida nechta yuz, o‘n va bir bor?).
Uch xonali sonlarning o‘nli tarkibini bilish ushbu: 100+20, 100+5, 348 — 300, 348 — 40, 348—8, 100+20+5, 348—40—8 va hokazo ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirishni bajarishda qo‘llaniladi, bular nomerlashni o‘rganishda kiritilgan edi va avval ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanib bajariladi. O‘quvchilar natijanigina aytmasdan, balki hisoblash usulini tushuntirishlari muhimdir. Masalan, 200+5, 200— bu 2 ta yuz; 2 ta yuz bilan 5 birlik 205 birlikni yoki 205 sonini tashkil etadi;
348 — 40, 348— bu 3 ta yuz 4 ta o‘n 8 ta bir, agar 4 ta o‘n ayirilsa, u holda 3 yuz 8 birlik, ya‘ni 308 soni hosil bo‘ladi.
Shunga o‘xshash topshiriqlarni bajarishda bolalar sondagi u yoki bu xona birliklarining umumiy miqdorini aytishni o‘rganishadi (yuzlar hammasi bo‘lib nechta? O‘nlar hammasi bo‘lib nechta? Alohida birlar hammasi bo‘lib nechta?). Masalan, 684 sonida — yuzlar 6 ta, o‘nlar 8 ta, birlar 4 ta. Agar hamma o‘nlar, ya‘ni yuzlar ichiga kirgan o‘nlar ham sanalsa, u holda bu sonda 68 ta o‘n (6 ta yuzda 60 ta o‘n va 8 ta alohida o‘n, jami 68 ta o‘n) bo‘ladi. 684 sonida birlar 684 ta (6 ta yuzda —600 ta bir, 8 ta o‘nda—.80 ta bir, yana 4 ta aloxida bir; hammasi bo‘lib, 600+80+4=684).
Bolalar u yoki bu sonda hammasi bo‘lib nechta bir (o‘n) borligini tez va xatosiz aniqlay olishlariga erishish kerak, chunki istagan xonadagi birlarning umumiy miqdorini ajrata olish ko‘nikmasi ancha kichik birliklarda ifodalangan sonlarni ancha yirik birliklarda ifodalangan sonlar bilan almashtirish uchun
zarurdir (3 so‘m 20 tiyin=320 tiyin, 785 tiyin=7 so‘m 85 tiyin, 6 m 05 sm—605 sm va hokazo), shuningdek, ko‘paytirish va bo‘lishni bajarishda ham kerakdir.
Og‘zaki nomerlashni o‘rganish jarayonida yozma nomerlashga tayyorgarlik ishi boshlanadi. Shu maqsadda ikki xonali sonlarni yozma nomerlash takrorlanadi: o‘quvchilar sonlarni diktovka ostida yozishadi, ular sonlar qanday raqamlar bilan yozilganini va bu sonlardagi (67, 76, 60, 70, 100) har bir raqam nimani anglatishini tushuntirishadi; biryaar o‘ngdan chapga qarab hisoblanganda birinchi o‘ringa, o‘nlar esa ikkinchi o‘ringa yozilishi haqidagi qoidani takrorlashadi.
Yozma nomerlashni o‘rganishda uch xonali sonlar bolalarga oldindan tanish bo‘lgan raqamlar yordamida yozilishini, lekin har bir xona birliklari esa sondagi o‘zining aniq o‘rnida yozilishini ko‘rsatish kerak.
Namoyish qilish uchun nomerli jadvaldan va yuzliklarni (100, 200, 300 ... 900), o‘nliklarni (10, 20, ... 90), birliklarni (1, 2, . .., 9) tasvirlovchi kartoch- kalardan foydalanish maqsadga m.uvofiqdir. Har bir o‘quvchida shunday

Yuzlar

Unlar

Birlar

5
9
3
8

6
4
o 0

7
0
9
0

kartochkalar to‘plami bo‘lishi kerak. Masalan, o‘qituvchi nomerli jadvalda 567 sonini tasvirlashni taklif etsin. Partada o‘tirgan o‘quvchilar ham shu sonni to‘plamdan foydalanib tuzishadi. Ular 500 sonini tasvirlovchi kartochkani olishadi, uning ustiga 60 sonini tasvirlovchi kartochkani shunday qo‘yishadiki, u, birinchi sonning yozuvidagi ikkita 0 raqamini bekitadigan qilib, 7 raqamli kartochkani qo‘yishadi. So‘ngra bu son, tahlildan so‘ng (unda nechta yuzlik, o‘shshk, birlik, bor; yuzliklar, o‘nliklar, birliklar o‘ngdan nechanchi o‘ringa yoziladi) daftarlariga yoziladi. 940, 309, 800 sonlarining yozuvi ham, ya‘ni u yoki bu xona («xona» atamasi bolalarga aytilmaydi) birliklari bo‘lmagan sonlar ham xuddi shunga o‘dyiash qarab chiqiladi.

100

10

1


Bu mashqlar asosida quyidagi xulosa chiqariladi: o‘ngdan chapga qarab sanaganda — birliklar — birinchi, o‘nliklar — ikkinchi, yuzliklar — uchinchi o‘ringa yoziladi; agar sonda o‘nliklar yoki birliklar bo‘lmasa, uning o‘rniga nol yoziladi.
Kartochkalardan foydalanish uch xonali sonlarni yozishda bolalar juda ko‘p yo‘l qo‘yadigan xatolarning oldini olishga yordam beradi, masalan, bolalar 740 sonini 70040 tarzida, yoki 304 sonini 3004 tarzida yozishadi. Bu xatolar o‘quvchilarning sonlar yozuvida raqamlarning qiymatini yomon o‘zlashtirganlaridan dalolat beradi. Shuning uchun ular bilan uch xonali sonlarni tasvirlash uchun nima sababdan bir kartochka ikkinchisi ustiga qo‘yilishini va buni qanday qilish kerakligini tushuntirish ayniqsa muhimdir. Bunga quyidagi ko‘rinishdagi mashqlar yordam beradi:
900+90=990, 380—80=300, 540—500=40, 400+20+3=423 va hokazo.
O‘qituvchi bolalarning nutqini juda diqqat bilan kuzatishi kerak. Ularning son bilan raqamni chalkashtirib yuborishlarira yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, 200 soni haqida gapirganda unda 20 ta o‘nlik borligini, unda hammasi bo‘lib 206 ta birlik borligini, sondagi 0 raqami o‘nliklarning ayrim birliklari yo‘qligini ko‘rsatishini aytish mumkin, ammo 0 raqami sonda o‘nliklar umuman yo‘qligini bildiradi, deb aytib bo‘lmaydi va hokazo.
Raqamlarning turgan o‘rniga ko‘ra qiymatiga alohida e‘tibor beriladi. Masalan, 666 sonida o‘ngdan chapga qarab hisoblaganda birinchi 6 raqami ayrim birliklar miqdorini, ikkinchi 6 raqami o‘nliklar miqdorini, uchinchi 6 raqami esa yuzliklar miqdorini anglatadi. Bolalar ayni bir raqam yordamida turli xil bir xonali, ikki xonali, uch xonali sonlarni yozish mumkinligini ko‘rishadi.
Bolalar, masalan, 3, 30, 300 ko‘rinishidagi sonlardagi farq va o‘xshashlikni aniqlashga o‘rgatiladi. Bu yerda 3 raqami bir holda oddiy birliklarni anglada, ikkinchi holda o‘nliklar mikdorini, uchinchi holda yuzliklar miqdorini ko‘rsatadi.
Taqqoslash uchun 356, 306, 350 va hokazo ko‘rinishidagi sonlarni ham tavsdya qilish qiziqarlidir.
Yozma nomerlash bo‘yicha bilim va uquvlarni o‘zlashtirishga quyidagacha topshiriqlarni bajarish yordam beradi:

  1. 346, 643, 364, 634, 463 sonlarni yozuvidagi har bir raqam nimani anglatadi.

  2. 586, 59, 508, 905, 556, 354 sonlaridan har birining yozuvida 5 raqami nimani bildiradi.

  3. 74, 77, 737, 777, 700, 1000 sonlaridan har birining yozuvida hammasi bo‘lib nechta raqam va nechta har xil raqam foydalanilgan.

  4. 0, 1, 5 raqamlari bilan oltita uch xonali son yozing.

  5. 2 va 3 raqami yordamida iloji bo‘ladigan hamma bir xonali, ikki xonali va uch xonali sonlarni yozing.

Yozuvida nollar qatnashgan sonlarga alohida e‘tibor berish kerak. Shunday bir maxsus mashqlar berish kerakki, ularni bajarishda o‘quvchilar bunday sonlarning yozilishini tahlil qilishsin. Masalan:

  1. Quyidagi sonlarni yozing: 46 va 406, 203 va 230, 40 va 400, 100 va 1000. Bu sonlar nimasy bilan o‘xshash va nimasi bilan farq qilishini aniqlang.

  2. Sonlarni taqqoslang, nuqtalar o‘rniga > yoki

  3. Tushib qolgan sonlarni yozing. . .., 340, . . ., ... 799,

4) Misollarni yeching: 149+1, 199+1, 250 — 1, 600 — 1.
5) Berilgan sonlar qatorini davom ettiring: a) 295, 296, 297, . ..; b) 907, 906, 905, ...; v) 610, 620, 630 ...
Nomerlashni o‘rganishni tugallab, bolalarning mazkur bo‘lim bo‘yicha olgan bilimlarini sistemaga keltirish kerak. Bir necha marta quyidagicha topshiriq qiritish mumkin— berilgan son haqida (masalan, 254, 505, 800) bolalarning bilgan narsalarining hammasi haqida so‘zlab berish. Masalan, 244 soni haqida bunday deyish mumkin: bu son 2 ta yuz 4 ta o‘n va 4 ta birdan iborat, undagi o‘nlar miqdori —4 ta, hamma birliklar 244 ta, bu sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash mumkin, ya‘ni 200+40 + 4; sonlar qatorida u. 243 sonidan keyin va 245 sonidan oldin turadi; 244 soni uch xonali. Uni yozish uchun 3 ta raqam kerak bo‘lgan, turli raqamlar ikkita (2, 4). Shunday qilib,
1000 ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar buyumlarni bittalab qo‘shib sanash yo‘li bilan ham, buyumlarni o‘ntalik va yuztalik guruhlarga ajratishdan foydalanib ham sanash ko‘nikmasini egallashlari kerak. Bolalar sonlarni aytishni, yozishni va o‘qishni o‘rganishlari, bu sonlarning yuzlik, o‘nlik va birliklardan hosil qilinishini aniq tasavvur qilishlari kerak. Nihoyat, ma‘lum bilimlar doirasini o‘zlashtirib olish talab qilinadi: o‘nli sanoq sistemasi haqida (xona birliklarining nomi, ularning nisbati, sonlarning o‘nli tarkibi, son xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi sifatida, sondagi istagan xona birliklarining umumiy miqdori); sonlarni yozishning pozitsion prinsipi haqida (uch xonali sonlarni yozish qoidasi, sonlarni yozishda nolning ahamiyati); sonlarning natural ketma-ketligi haqida (sonlarning natural qatorda tashkil etilishi, joylashish tartibi, ketma-ket sonlarning miqdoriy munosabati).
Va nihoyat, bolalar uch xonali sonlar katoridagi eng kichik va eng katta sonni o‘zlashtirib olishlari kerak. Buni yaqqol bunday tasvirlash mumkin:
1, 2, 3, 4, 5, 6,7, 8, 9
10, 11, 12, .. ., 98,
100, 101, 102, . . ., 997, 998, 999
1000 soni to‘rt xonali son, bunda 1 mingliklar birligini ifodalaydi. [25]

Yüklə 222,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə