O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagoigika instituti tarix yo’nalishi 3-kurs 306-guruh talabasi toshboyev jasurning “O’zbekiston tarixi” fanidan yozgan kurs ishi


-BOB. Qo’ng’irotlar hukmronligi davrida xiva xonligining ichki va tashqi siyosati



Yüklə 186,35 Kb.
səhifə5/9
tarix23.09.2023
ölçüsü186,35 Kb.
#123006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Xiva xonligi davrida Qo’ng’irotlar sulolasi”

2-BOB. Qo’ng’irotlar hukmronligi davrida xiva xonligining ichki va tashqi siyosati.
2.1. XVIII-XX asrlarda Xiva xonligining ichki siyosati.
Temuriylar o’rtasida kelib chiqqan o’zaro qonli urushlar bois, XV asrning oxirlari XVI asrning boshlariga kelib, ularning davlati har taraflama o’zining kuch-qudratini yo’qotadi. Movaraunnahrda Shayboniylar hukmronligi o’rnatildi. Muhammad Shayboniy vafotidan keyin esa o’lka hayotida yana alg’ov-dalg’ov yillar boshlandi. Shu sababli bu erda mustaqil uch xonlik vujudga keldi. Xonliklar davrida ham o’lkada birlik, tinchlik bo’lmadi. Bu o’z navbatida xonliklarni Chor Rossiyasi va Sho’rolar hukumati tomonidan yoqotilishiga sabab bo’ldi.
Xiva xonligida boshqaruv tizimi juda murakkab bo’lib, urug’chilikka asoslangan byurokratik tizim mavjud edi. Xivada boshqa xonliklardan farqli o’laroq inoq degan lavozim bo’lib, bu lavozimni egallagan odam xondan keyingi odam hisoblanib, amir-ul-umaro, ya‘ni hukmdorlar hukmdori deb atalardi. Xonlikda devonbegi ham bo’lib, u xonning o’zidan keyingi amaldor hisoblanardi. Yana qo’shbegi degan lavozim bo’lib, unga xonlikning janubiy qismidagi o’troq aholi buysunardi. Bu erda xon, vazir va qushbegidan tashqari yana 5 kishidan iborat xon maslahatchilari (ular urug’ boshliqlaridan tuzilardi) bo’lgan har urug’ boshliqlaridan (inoqlar va otaliqlar) 2 kishi davlat boshqaruviga kirgan. Xiva xonlik boshqaruvida yasovullar shtati bo’lgan. Yana yuzboshi, mingboshi kabi amaldorlar bo’lgan. Yana joylardagi amaldorlar o’zlarining quyi boshqaruv tizmlariga ega bo’lib, o’z erlarini mustaqil boshqarishgan.
Xonlik o’z navbatida okruglarga bo’lingan bo’lib, ularni hokimlar va qozilar boshqargan. Xonlikda yashovchi turkman, qozoq va qoraqalpoqlar hokimlarga buyso’nmay, faqat o’zlarining urug’ boshliqlariga itoat qilganlar. Turkmanlarda ular bek hamda vakillar deyilsa, qoraqalpoq va qozoqlarda biy deb atalganlar. Xonlikda din ahllari: so’filar, shayxlar katta hurmat e‘tiborga ega bo’lganlar. Xonlikda XIX asr I yarmida ham feodal munosabatlarning rivojlanib borishiga qaramay, o’tmish patriarxal hayot qoldiqlari saqlanib qolayotgan edi. Er hamda suv xon, yirik feodallar qo’lida edi.
Xiva xonligi iqtisodini bu davrda og’ir soliqlardan tushgan pullar tashkil qilgan. Iqtisodiy hayot xonlikda juda og’ir bo’lgan. Xiva xonligida erning bir qismi hukmronlik qildayotgan sulola a‘zolariga (to’ralarga), shuningdek harbiy boshliqlarga (sarkardalarga) hamda vaqf erlari sifatida masjid-madrasalarga berilgan. Bu erlarda ishlovchi ijarachilar bevatanlar, yarimchilar deb atalganlar. Oddiy mehnatkash xonga salgut deb atalgan og’ir er solig’ini to’lagan. Yana begar deb atalgan majburiyat bo’lib, bunga asosan har bir xonadondan bir kishi 12 kun davomida xonga ishlab bergan. Aholining dehqonchilik bilan shug’ullanadigan qismi suvni etishmasligidan azob chekkan.9 Boylarning erlarida qullar ishlab zilgan. Shahardagi hayot bu davrda og’ir bo’lgan. Shahar aholisi hunarmandchilik, ayrimlari dehqonchilik bilan shug’ullangan. Bug’doy, arpa ekkan, qurt boqishgan. Savdo kam rivojlangan. CHunki qaroqchilar hujum qilib turgan. Savdoni og’ir ahvolga tushishi shahar aholisi hayotini yomon ahvolga tushirib qo’yganini 1558 yilda xivani kuzatgan Jenkinson yozadi. 1573-1575 yilda Amudaryo o’z izini o’zgartiradi natijada eski izi atrofidagi joylashgan qishloq va shaharlarda hayot to’xtaydi. Odamlar eski Urganchdan, yangi Urganch janubroqqa o’tib yashaydigan bo’ladi.
Amudaryo eski o’zanini qurishi xonlik markazini Xivaga ko’chishiga sabab bo’ladi. Amudaryo o’zanini o’zgarishi mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta‘sir qildi. Xonlik xazinasi bo’shab, hatto amaldorlarga ham yillab oylik to’lanmay qoldi.(9)
Qishloq xo’jaligida asosan qo’l mehnatidan foydalanilgan. Mehnat qurollari qoloq bo’lgan. Bu o’z navbatida xonlikda iqtisodiy ahvolni yomonligiga sabab bo’lgan Har uch xonlikda, jumladan Xiva xonligida ham o’z puli bo’lgan. Bu pullar oltin, kumush tangalar va mis puldan iborat bo’lgan.
XVIII asr boshlariga kelganda iqtisodiy tushkunlik vujudga keldi. Bunga sabab shu davrda o’zbeklar bilan turkmanlar o’rtasidagi to’xtovsiz urushlar, Buxoro xonlarining Xiva xonlari ichki ishlariga aralashuvi, Qozoq qolmiqlarini to’xtovsiz hujumlari, Eron shohi Nodirshohni Xorazmni 1740 yilda bosib olishi (Elbarsxon davrida) bo’ldi.
Bundan foydalangan Petr 1 1714-1717 Xorazmga Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini yubordi. Bu vaqtda Xiva taxtida Sherg’ozixon o’tirgan edi. (1715-1718 yillar) Xiva xonligida aholi XIX asr I yarmida 350000-500000 ni tashkil qilgan. Asosiy qismi o’troq aholi edi. Bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan.
Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida deyarli o`zgarmadi. Rossiya imperiyasi hukumati Xivani doimiy nazoratda tutar va ichki siyosatdagi, shuningdek, tashqi siyosatdagi arzimas o`zgarishlarni Xiva hukumati Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta‘sis etilgan bo`lib, ulardan to`rt nafari podsho hukumati ma‘muriyati vakillari edi. Amudaryoning bir zamonlar Xiva xonligi tasarrufida bo`lgan va Gandimiyon shartnomasiga ko`ra Rossiya ixtiyoriga o`tgan o`ng qirg`og`i hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo`limi tashkil etilgan bo`lib, uning boshlig`i ayni mahalda Rossiyaning Xiva xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi.
Xonlik qo`ng`irot urug`i avlodiga mansub xon boshida turuvchi feodal monarxiya edi.Qo`ng`irotlar siyosiy, ijtimoiy hayotda va harbiy ishlarda uning suyangan tog`i edi. Qo`ng`irotlarming yillik tarixga ega va o`zbek xalqining madaniy rivojlanishi-da muhim rol o`ynagan turkey urug`dir. Xon cheklanmagan mustabid ma‘muriy-sudlov va harbiy hokimiyatga ega edi. U mamlakatniqo`ng`irot urug`i zodagonlari,saroy a‘yonlari va oliy ruhoniylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi. Demak, siyosatni, davlat faoliyatini belgilashda xon hokimiyati Xiva xalqining manfaatlari bilan hech bir mushtarak jihatlari bo`lmagan, tor xudbinona manfaatlardan kelib chiqib, ish olib borar edi. Lashkar Xiva davlatida xalq qarshiligini bostirish va davlat yaxlitligi uchun kurash vositasi edi. U uyushmagan, tartibsiz va nochor qurollangandi. Lashkar xonning yasovul qo`shinlarini (uni yasovulboshi boshqarar edi) ifoda etuvchi 1,5 ming kishidan iborat muntazam qo`shin, harbiy harakatlar davrida yig`ilib keluvchi xalq lashkari va turkman otliq sipohiylaridan iborat bo`lgan. Xiva xonligi mamuriy jihatdan 20 ta beklik yoki viloyatlarga bo`lingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko`hna Urganch, Xo`jayli, Qo`ng`irot edi. Ulardan har biriga xon tomonidan tayinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi.
Xiva shahri va uning tevaragi xonning tasarrufida bo`lgan. Ana shu mansabdor shaxslarning barchasi xorazmlik oddiy dehqonlarni ekspluatatsiya qilish va ulardan olinadigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi. Sudlov hokimiyatida ham beboshlik hukm surar, hokimiyatga qarshi arzimas jinoyat uchun o`lim jazosi qo`llanar edi.

Yüklə 186,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə