O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagoigika instituti tarix yo’nalishi 3-kurs 306-guruh talabasi toshboyev jasurning “O’zbekiston tarixi” fanidan yozgan kurs ishi



Yüklə 186,35 Kb.
səhifə7/9
tarix23.09.2023
ölçüsü186,35 Kb.
#123006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Xiva xonligi davrida Qo’ng’irotlar sulolasi”

2.2. Xiva xonligining tashqi siyosati.
XVI asrdan boshlab tarix sahnasida muhim iz qoldirgan O’rta Osiyo xonliklaridan biri Xiva xonligidir. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi o’zining geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi va suv yo’li bilan taminlanganligi sababli O’rta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan bo’lgan. Xiva xonligi karvon yo’llari ustida joylashgan. Ayniqsa, u Rossiyaning Buxoro bilan savdo aloqalarida muhim o’rin egallagan.
Xiva xonligi G’arb bilan Sharq o’rtasidagi savdoda faol qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi keng ishtiroki uning hunarmandchilik taraqqiyoti bilan bog’liq. Xonlik poytaxti bo’lgan Xiva shahri hunarmandchiligi uzoq tarixiy ananalarga ega. O’rta asrlarda shahar hunarmandchiligi ixtisoslashtirilgan edi. Jumladan, Xivada gilam to’qish, yog’och o’ymakorligi, to’quvchilik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari mavjud bo’lgan.
1753 yil Xiva va Buxoroda bo’lgan rus savdogari D.Rukavkin paxta ekinining mo’lligi va hunarmandchilik korxonalari ochish uchun davlatning ma‘lum tartib qoidalarining yo’qligini yozadi.13 Uning xabariga ko’ra, bu erda hech qanday ruxsat olmasdan, xoxlagancha zavodlar, yani korxonalar ochish mumkin bo’lgan. Bu o’rinda albatta xivaliklarning xususiy korxonalarni ochishga davlat tomonidan to’siqning bo’lmaganligi etirof etiladi. XIX asrning 30-40-yillarida Xivada hunarmandchilik sohalarining eng muhimlaridan biri zargarlik hisoblangan. Zargarlar tilla buyumlar, taqinchoklar yasashda feruza, koral, marvarid, lal, zumrad, rangli shisha, sapfir kabi toshlardan ko’p foydalangan.
Qanday ruxsat olmasdan, xoxlagancha zavodlar, yani korxonalar ochish mumkin bo’lgan. Bu o’rinda albatta xivaliklarning xususiy korxonalarni ochishga davlat tomonidan to’siqning bo’lmaganligi etirof etiladi. XIX asrning 30-40-yillarida Xivada hunarmandchilik sohalarining eng muhimlaridan biri zargarlik hisoblangan.
Demak, serqirra hunarmandchilik tarmoqlarining mavjudligi Xivaning azaldan moddiy va ma‘naviy madaniyat markazi bo’lib kelganligini, xivaliklarning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini davom ettirib kelganligini XVI asrda ham kuzatish mumkin, degan xulosa qilishga imkoniyat beradi. Xiva xonligi XVI asrda Rossiya, Hindiston, Eron, Buxoro xonligi bilan savdo aloqalarida bo’lgan. Xivaning tashqi iqtisodiy aloqalarini Xivaga kelgan rossiyalik va chet ellik elchilarning, hamda Rossiyaga borgan xivalik elchilarning keltirgan ma‘lumotlarini tahlil qilish asnosida yoritishga harakat qilamiz14.
Jumladan, 1585 yil 11 noyabrda xivalik elchi Xo’ja Muhammadning Rossiya podshosi Fedor Ivanovichga keltirgan tortiqlari orasida tillo zari yuritilgan har xil ranglar bilan bo’yalgan, qimmatboho mashhad kamoni ham bo’lgan62. Bu esa Xivaning Eron bilan savdo qilganligining bir isboti hisobanadi.
A.Chuloshnikov XVI asr o’rtalarida Moskva davlatining O’rta Osiyo xonliklari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yoritish jarayonida rus hukumatining Hindistonni bilishga intilishini ham e‘tibordan chetda qoldirmagan. Ko’rib o’tilganidek, XVI asr ikkinchi yarmidan e‘tiboran Rossiya Hindistonga boradigan karvon yo’llarini qidirib O’rta Osiyo va Eronga maxsus elchiliklar jo’natar edi. Bu vaqtlarda Rosiya bilan Hindiston o’rtasida bevosita iqtisodiy munosabatlar yo’lga qo’yilmagan bo’lsa ham, hind tovarlari o’rtaosiyolik savdogarlar orqali Rus erlariga kirib kelgan.15 A.Chuloshnikov o’rta asrlarda O’rta Osiyo bilan Rossiya o’rtasida savdo aloqalarining quyidagi usullari mavjud bo’lganligini e‘tirof qiladi. Birinchidan, shox va xonlar o’rtasidagi savdo bo’lib, ular ishonchli vakillari – shaxslar, mehmonlar va savdogarlar orqali amalga oshirilgan. Ikkinchidan, xususiy savdogarlarning erkin tovar ayirboshlashi, va nihoyat, uchinchidan, hadya tariqasida xon va elchilarning nodir buyumlarni ayirboshlashi.16 XVII asrda ham Xiva xonligi bilan Rossiya o’rtasida elchilik va savdo aloqalari davom etgan. Elchilar Xiva xoni nomidan rus podshosiga tortiqlar olib borgan.
Xiva elchisi Muhammad Amin Bahodir tomonidan 100 ta hind viboykasi olib kelinganligi, elchining o’zida boshqa tovarlar qatorida 100 bo’lak hind chiti, 4 idishda nil bo’yog’i bo’lganligi ma‘lum.17 1646 yil 1 sentyabrda xivalik elchi Nazar Nodirqulov Astrobodda yo’lda kelayotgan vaqtida o’g’irlangan tovarlari ro’yxatida boshqalar qatori 6 ta hind dokasi, 5 ta hind tillo izufrey, 9 ta hind viboykasi, qo’y terisidan ishlangan 10 ta hind bosh kiyimi bo’lgan. 1645 yilda Xiva xoni Abulg’ozixon hind podshosiga xat yozib, unda ilgarilari urganch xonlari hind shoxlari bilan tinchlikda yashashgan va savdogarlar bir-birlarining tomonlariga qatnab turganligini aytib, endilikda ikki mamlakat o’rtasidagi o’sha do’stlik va savdo aloqalarini davom ettirishni taklif qilgan.18 Hozirda esa Urganch xoni Hindiston shoxi bilan do’stlik aloqalari o’rnatgan. I.Fedotov hindlar va balxliklar Xivaga kelishmaydi hamda Xivada hind omborlari ham yo’q, deb xabar beradi. Qizig’i shundaki, elchi Xiva bozorlarida sotilayotgan tovarlar narxini Astraxanda sotilish narxi bilan taqqoslab, bu tovarlarni Rossiyada sotishdan foyda chiqmaydi, deb hisoblagan.
I.Fedotov ko’rsatmalaridagi hindlar va balxliklarning Xiva bilan savdo qilishmasligi haqidagi xabari ikki yil avval, ya‘ni 1667 yildagi Xiva elchisi Po’lat Muhammadning bergan ma‘lumotlariga zid keladi. Aftidan, I.Fedotov sharq davlatlarda savdoning o’ziga xos tamonlaridan bexabar bo’lgan. Ko’p holatlarda O’rta Osiyo xonlari bilan Hindiston shoxlari o’rtasidagi savdo A.Chuloshnikov eslatib o’tgan savdo usullari orqali amalga oshirilgan. Mahmud ibn Vali ―Bahr-ul asror‖ asarida Balx viloyati, uning jug’rofik o’rni, odamlari, poliz va sabzavot ekinlari haqidagi bo’limda u erda etishtiriladigan va chetdan olib kelinadigan mahsulotlar haqida xabar berib, Xorazmdan ko’ktarnay qovuni, Buxorodan qora qovun, mulla payandagi va daroyi, Samarqandning zagare qovuni va gilosi, shimoliy Xitoyning shaftolilari, Xorazmning tut daraxtlari, Marg’ilonning charxi deb atalgan o’riklari, Samarqandning sangak olmasi va boshqalarning Balxga keltirilganligi va hattoki u erda etishtirila boshlanganligini ta‘kidlaydi.
Demak, Xorazm qovunlari Balxda ham mashhur bo’lgan. Ma‘lumki, qovun suvsiz o’smaydi, ko’p sug’orilsa unchalik shirin ham bo’lmaydi. Mahmud ibn Vali Xorazmda sug’ormasdan qovun etishtirish siri haqida ma‘lumot beradi.19 Uning yozishicha, yantoqning uzun tomiri uzunasiga kesilib, unga qovun urig’i joylashtiriladi, ya‘ni ekiladi. Qovun o’sib chiqib, pishgunga qadar yantoq ildizi suvi bilan oziqlanadi. Bunday qovun katta va shirin bo’lgan70. Bu kabi qovun etishtirish usuli hozirgi kunda ham Buxoro viloyatining ba‘zi cho’l xududlarida qo’llaniladi. Mahmud ibn Vali Xorazmning rus erlari bilan savdodan katta foyda olishini ta‘kidlab o’tgan edi.
Xuddi shu davrda Ozarbayjon, Eron va Kaspiybuyi viloyatlarining o’rganilishi natijasida inglizlar bu xududda savdo qilish foydali deb bilishgan.20 Ular bu xududlardan nafaqat ingliz tovarlari uchun bozor, balki xomashyo manbai sifatida foydalanishni afzal ko’rishgan.
Yuqorida zikr etilgan D.Elton va M.Gremlarning ekspeditsiyasi o’z yo’nalishi bo’ylab vaziyatni o’rganib, ular Mashhadda savdo kontorasini ochib, u orqali ingliz mollarini Eron, Afg’oniston, Hindiston va O’rta Osiyoga tarqatish mumkin degan xulosaga keladilar. Buning uchun tovarlarni Londondan Peterburgga, so’ng Astraxan, u erdan Kaspiy dengizi orqali Astrobod va so’ng Mashhadga olib kelishi kerak edi. Shunday kilib, ekspeditsiyalar natijasida ingliz savdogarlari orzulariga erishgan. D.Elton va M.Gremlar Kaspiy dengizi bo’ylarida ingliz savdosini kengaytirishdan katta foyda olish mumkin deb hisoblashga
Hatto Eron shoxi Nodirshoxning o’g’li Rizoqulidan «Rus kompaniyasi»ga savdo qilish uchun imtiyozlar berish haqida farmon ham olgan edi. Yuqoridagi ikkita kompaniya vakillarining bergan ma‘lumotlarini tahlil qilish natijasida ularning bir biriga qarama-qarshi xulosaga kelishgani ma‘lum bo’ldi. D.Elton bilan M.Grem Volga-Kaspiy savdo yo’li Eronga borish uchun juda qulay va bexavotir, hamda bu erda, Eron va Ozarbayjon viloyatlarida ingliz savdosini kengaytirish Angliya uchun katta foyda keltiradi, deb hisoblashgan.
Shunisi e‘tiborga molikki, XVIII asrda hind savdogarlari Astraxanda ham savdo qilishgan ekan. Ma‘lumotlarda hind savdogarlarining turli mamlakatlardan, xususan, Xiva va Buxorodan Astraxanga tovarlar olib kelganligi qayd etiladi. Jumladan, 1733-1734 yillarda hind savdogarlari Rossiyaga, xususan, Astraxanga Bokudan 126 to’p, Gilyandan 56 to’p, Darbanddan 12 to’p, Xivadan 3 to’p va Buxorodan 1 to’p tovarlar; 1744-1745 yillarda Gilyandan 50, Bokudan 24, Darbanddan 23, Shemaxadan 1 to’p tovar Lar keltirgan. Lekin 1744-1745 yillarda O’rta Osiyodan hind savdogarlarining mol olib kelganligi daftarlarda qayd qilinmagan ekan. XVIII asrning birinchi yarmida hindlarning O’rta Osiyo bilan s Xivadan 1187 rub.lik, 1739 yil 1740 rub.lik va 1742 yil 1181 rub.lik tovar keltirgan. Ma‘lumotlarga ko’ra, xiva va buxoro ip gazlamalari, paxtasi, oshlangan qo’y terisi va qo’zi terisini Eronda sotib olishgan. Demak Xivadan hind savdogarlarining Xiva tovarlarini kam olib kelishining sababi, bu tovarlarni hindlar Erondan sotib olib,
so’ng Astraxanga keltirilganligi ekan.
Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko’rsatmalari, elchilarning kundaliklarida e‘lon qilingan xabarlar bizga Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim ma‘lumotlarni berishi bilan hozirgi kunda ham o’zining qimmatini saqlab qolmoqda. Keltirilgan dalilalarga asoslanib, Xiva xonligi XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Eron, Hindiston va Rossiya davlatlari bilan qiz’in savdo va diplomatik munosabatlarni yo’lga qo’ygan deyish mumkin



Yüklə 186,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə