O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagoigika instituti tarix yo’nalishi 3-kurs 306-guruh talabasi toshboyev jasurning “O’zbekiston tarixi” fanidan yozgan kurs ishi


XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari



Yüklə 186,35 Kb.
səhifə8/9
tarix23.09.2023
ölçüsü186,35 Kb.
#123006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Xiva xonligi davrida Qo’ng’irotlar sulolasi”

2.3. XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari
Xiva xonligining qo’shni sharq davlatlari bilan savdo aloqalarini o’rganish uning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari majmuida ko’rib chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Sababi, O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan tashqi iqtisodiy aloqalari so’nggi o’rta asrlarda yildan – yilga tobora jadallashib borganligi va Rossiya tovarlari O’rta Osiyo xonliklari orqali Xitoy, Hindiston , Eron va boshqa mamlakatlarga kirib borganligi kuzatiladi.
Demak, Xiva Rossiya bilan na faqat siyosiy va iqtisodiy munosabatlar o’rnatgan, hattoki u Rossiyaning sharq davlatlari bilan aloqasida vositachi davlat ham bo’lgan. Rossiyaning Xiva va Buxoroga va ular orqali sharq davlatlariga jo’natgan savdogarlari va missiyalarining yozma bildirishnomalari, hisobotlari biz uchun manba vazifasini o’taydi, chunki ularda Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayoti haqida batafsilroq malumotlar talayginadir.21Masalan: N.A.Xalfin Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari bilan savdo munosabatlarida xivaliklarning muhum rol o’ynashini ta‘kidlagan. Xivaliklar tuyalarda tovarlar bilan Buxoroga borishgan, u erda buxoro tovarlari va chet el mollarini olib Orengburg, qirgiz cho’llari orqali, yoki Mang’ishloq va Kaspiy dengizi orqali Astraxanga borishgan.
O’rta Osiyo bilan Hindiston va Afg’oniston o’rtasidagi iqtisodiy-savdo aloqalari to’g’risida XIX asrning 30-yillari boshlarida maxfiy topshiriq bilan Buxoroga safar qilgan ingliz agenti Aleksandr Borns ko’p xarakterli ma‘lumotlar beradi. A.Borns Astrobod bilan Xiva savdo aloqalari yo’lning notinchligi va doimiy hujum xavfi tufayli unchalik taraqqiy etmaganligini bayon qiladi. Astrobodga bir yilda bitta yoki ikkita Xiva karvoni kelgan bo’lib, ularning har birida 80 yoki 100 tuya yuk keltirilgan. Borns xabariga ko’ra, Xiva bilan Astrobod oralig’i karvon uchun xatarli bo’lganligi sababli savdo karvonlari Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab yurgan.
XIX asrning 30-yillari boshlarida O’rta Osiyo bozorlarida ingliz va rus tovarlari o’rtasidagi raqobat tobora kuchaya boradi. Shu davrlarda ingliz tovarlari Afg’oniston orqali O’rta Osiyo xonliklariga, rus tovarlari esa O’rta Osiyo xonliklari orqali Afg’onistonga ko’proq kirib kela boshlaydi. Natijada afg’on savdogarlari xalqaro savdo munosabatlariga tobora keng jalb qilina boshlangan. A.Borns xabariga ko’ra, afg’on savdogarlari rus yarmarkalariga ham tashrif buyurishgan. Buxoro savdogarlari afg’on savdogarlarining ingliz tovarlarini O’rta Osiyo bozorlariga olib kelayotganligidan narozi bo’lishgan.
Orenburg general-gubernatori Perovskiy ham afg’on savdogarlarining Buxoro va Xivaga ko’plab ingliz tovarlarini olib kelayotganligini e‘tirof qilib, ularni rus tovarlariga nisbatan ancha past narxlarda sotayotganligidan mamnun bo’lgan. Biroq, shunga qaramasdan ingliz tovarlarining xaridorlari kam. Buning sababi afg’onlar ingliz tovarlarini Buxoro va Xiva tovarlariga ayirbosh qilmasdan, faqat naqd pulga sotishadi, deb ta‘kidlagan edi.
Afg’onistonning ichki va tashqi tranzit savdo aloqalarida mamlakatda yashovchi afg’on savdogarlari kabi tojiklar, hindlar va eronlik savdogarlar katta rol o’ynagan. Ko’chmanchi afg’on qabilalari hisoblangan povinda vositachi rolini bajargan. Elfinston ma‘lumotiga ko’ra, povinda orasida XIX asr boshlarida 3000 f.sterl. boylikka ega bo’lgan bir nechta savdogarlar bo’lgan.22 Ular O’rta Osiyo bilan Hindiston o’rtasida hamkorlik qilgan.
XIX asrning 40-yillarida Rossiyada Xiva xonligi haqida bir qator maqolalar e‘lon qilina boshlaydi. Jumladan, 1840 yilda e‘lon qilingan G.Gilmersenning ―Xiva, v nineshnem svoem sostoyanii‖ maqolasida Xivaning Afg’oniston bilan savdo qilishi, hattoki, Xivada 15 afg’on oilasi yashaganligi, ular asosan savdo qilish uchun Xivaga kelishganligi, ba‘zilari tabiblik bilan ham shug’ullanganligi ta‘kidlangan.
U makolada karvonlardan boj solig’i pul bilan olinishi va aniq soliq miqdori belgilanmaganligi, soliq avval Urganchda, keyinchalik Xivada olinganligini xabar kiladi. U xonlikning qovun, tarvuz, qovoq, sariq va oq sholg’om, turup, sabzi, qand, no’xot, piyoz, turk loviyasi, bodring, kartoshka kabi ekin turlari haqida ma‘lum kilib, Xivaning ho’l mevalarga boy emasligi sababli juda qimmat bo’lganligini va uni faqat badavlat kishilar sotib olishganligini ta‘kidlagan. Mayiz va jidda Mashhaddan keltirilgan va u aroq tayyorlashda ishlatilgan.
Bir pud Eron mayizi 16 tanga (8 rub.) turgan. Mahalliy uzumdan kuchsiz aroq tayyorlangan va uning bir shtofi (chelakning o’ndan bir qismiga barobar keladigan vino, aroq o’lchovi va shu miqdordagi aroq, vino) 5 tanga turgan. Bir funt olma Xozaraspda taxminan 10 kop. Bo’lgan, tarvuz va qovunlar arzon bo’lib, katta qovun 3 kop.dan 5 kop.gacha sotilgan. Gilmersen Xiva qo’shinlari qilich, nayza, miltiq bilan qurollanganligi, sardorlari sovut kiyganligi, sovut Erondan keltirilganligini ta‘kidlagan81.
1840 yilda bosilib chiqqan iikinchi maqolada Xivanig ichki va tashqi savdo aloqalari to’g’risida ma‘lumot berilgan.
Mamlakat ichki savdosi unchalik muhim bo’lmay, unda asosan g’alla va mayda narsalar, qullar sotilganligi xabar qilingan.
Mazkur maqolada Xiva butun Osiyoning savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgan, undan Hindiston, Xitoy, Eron, umuman Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga boradigan yo’llar boshlanadi, deb uning geografik jihatdan qulay ekanligini e‘tirof qila turib, yana Xivaning cho’l zunasida joylashganligi uchun o’zining mahsulotari bilan keng savdo qilolmaydi, deb qo’shib qo’yilgan. Xiva Rossiyaga boradigan hamma qisqa savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgani uchun Osiyo tovarlari uchun ombor vazifasini o’taydigan joy bo’lib qolgan. Sartlar Osiyoning turli joylaridan tovarlar sotib olib, ularni Orenburg va Astraxanga etkazib bergan va u erda o’z tovarlarini yupqa movut, barxat, kumush, tillo, qand, igna, ustara, pichoq, yupqa bo’z, ko’zgu, qog’oz, mis, qo’rg’oshin va cho’yan idishlar, hamda boshqa Evropa tovarlariga ayirbosh qilgan.
1840 yillarda Buxoroda bo’lgan Xanikov Buxoroning Xiva bilan savdo munosabatlari haqida ma‘lumotlar qoldirgan. Amudaryodan yozda o’tish qiyinligi sababli Buxoro Xivaga kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari jo’natgan. Xivadan Buxoroga asosan olma va oshlanmagan teri keltirilgan. Muallifning yozishicha, faqat shu ikki tovar bilan Buxoroda savdoni davom ettirish qiyin, shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho’yan va teri buyumlarini ko’proq sotib olib Xivaga keltirishgan.23 Rus metal buyumlarining bir qismi Buxoroga ham olib borilgan.

Xulosa
O’rta Osiyoda shakllangan uchta mustaqil - Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari tarixiga bag’ishlab alohida-alohida asarlar yaratilgan edi. Tarixiy asarlar mazkur xonliklarning tarixini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladilar. Xiva xoni va tarixnavisi Abulg’oziy tomonidan tarixiy asarlar yozish an‘anasi, keyinchalik atoqli tarixnavislar va ajoyib shoirlar SHermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy va Muhammad Yusuf Bayoniy tomonidan davom ettirilgan edi. Xorazm tarixi bo’yicha yozilgan hamma tarixiy asarlarni o’zbek tilida ijod etgan mazkur tarixnavislar bir-birlarining ishini davom ettirib, uzoq davrni o’z ichiga qamrab olgan Xiva xonligi tarixini o’rganishda ajoyib ma‘lumotlarga boy qator qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. Kurs ishda ushbu asarlarning tahlili asosida Qo’ng’irotlarning hukmronligi davrida davlatning tashqi va ichki siyosatiga doir qator yangi fikrlar o’rganildi.
Qo’ng’irot urug’idan bo’lgan Eltuzar (1804 — 1806) o’zini xon deb e‘lon qiladi. Shundan so’ng Xorazmda shu suloladan Muhammad Rahimxon I (1806 — 1825), Olloqulixon (1825-1843), Rahimqulixon (1843—1846), Muhammad Aminxon (1846 — 1855), Abdullaxon (5 oy), Qutluqmurodxon (7 oy), Sayid Muhammadxon (1856 — 1865), Muhammad Rahimxon II — Feruz (1865 — 1910), Asfandiyorxon (1910 — 1918)lar hokimlik qilgan. Xivalik tarixchi olimlar tomonidan XVII — XIX asr va XX asr boshlarida Xiva xonligi tarixi bilan bog’liq siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o’rganishda mufassal ma‘lumot beruvchi «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», «Firdavs ul-iqbol», «Riyoz ud-davla», «Zubdat ut-tavorix», «Jomi‘ ul-voqeoti sultoniy», «Gulshani davlat», «Shohid ul-iqbol», «Shajarayi Xorazmshohiy» va «Xorazm tarixi» nomli qator qimmatli tarixiy asarlar yaratildi.
Shuni ta‘kidlab o’tish zarurki, bu qo’lyozma tarixiy asarlar o’z davrining ilg’or fikrli kishilari tomonidan yozilgan bo’lsa-da, o’sha davrdagi hukmdorlar ra‘yidan o’tolmasdan, ularning manfaatlariga mos qilib yozilgan edi. Chunki mualliflar shu tarzda yozishga majbur edilar. Bu asarlarda qo’shni xalqlar sha‘niga davrlarda qaysi xalqlarning Xiva xonligiga soliq to’laganliklari aytilgan «tug’yonkor», «isyonkor», «mufsid» kabi noloyiq iboralarni ham uchratamiz.
O’z davri va muhitining ta‘siri tufayli mavjud kamchiliklarga qaramay, Xorazmda tasnif etilgan mazkur tarixiy asarlar, Xiva xonligining XVII — XIX va XX asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o’rganishda aniq ma‘lumot beruvchi asosiy manba bo’lib xizmat qiladilar.
Xiva xonligining siyosiy hayotida ro’y bergan katta voqealardan biri Xiva xonligini podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishi edi. Muhammad Yusuf Bayoniy o’zining «Shajarayi Xorazmshohiy» asarida bu masalaga juda mufassal to’xtalib o’tgan va bu borada juda qimmatli ma‘lumotlarni keltirgan.
Ayniqsa, shaharlarni mudofaa qilishda olib borilgan ishlar, ko’rsatilgan qarshiliklarga qaramay, Xiva xonligiga qarashli shaharlarning podsho Rossiyasi armiyasi tomonidan birin-ketin bosib olinishi va chor generallarining bu erda olib borgan shafqatsiz siyosati aniq ko’rsatib berilgan. Bayoniy shu davrda ana shu voqealar ichida yashagan, ularni o’z ko’zi bilan ko’rgan va u voqealarning tirik shohidi edi. Bu masalani aniq ma‘lumotlar asosida o’rganishda va yoritishda Xiva tarixnavisi Bayoniy tomonidan yozilgan bu tarixiy asar katta ahamiyat kasb etadi.
Xiva xonligining Buxoro, Qo’qon xonliklari, Rossiya va Eron bilan olib borgan diplomatik va savdo munosabatlarini o’rganishda ham bu asarlarda anchagina ma‘lumotlarni uchratamiz. Biz Abulg’oziy, Munis, Ogahiy va Bayoniy asarlarini o’qir ekanmiz, Xiva xonligiga Buxoro, Kuqon xonliklaridan, Rossiya va Erondan ko’plab elchilar kelganligi va ularga javoban u mamlakatlarga ham elchilar yuborilganini ko’ramiz. Xonlikning iqtisodiy hayotida feodal er egaligi, sug’orish ishlari va yangi erlarni o’zlashtirish va soliq masalasi asosiy masalalardan edi. Bu masalalar bo’yicha ham mazkur tarixnavislarning asarlarida ancha ma‘lumotlar keltirilgan.
Xonlikning iqtisodiy hayotida asosiy masalalardan biri bo’lgan soliq masalasiga kelsak, xivalik tarixchilar o’z asarlarida voqealarni bayon etar ekanlar, xonlik hududida bo’lgan shaharlar va qishloqlarga kimlarning soliq yig’ish uchun borganligi, qaysi haqida ham ma‘lumotlar keltirib o’tganlar. Savdogarlardan, shuningdek, Xiva xonligi hududidan o’tgan Buxoro xonligiga tegishli savdogarlardan ham olingan soliqlar haqida ham ba‘zi ma‘lumotlarni uchratamiz. XVII — XIX asrlarda va XX asr boshlarida Xiva xonligida qurilish ishlari bo’yicha ham ma‘lum ishlar amalga oshirilgan. Madrasalar, masjidlar, qal‘alar,bog’lar, ko’priklar va boshqa shu kabi inshootlar qurilgan. Qo’ng’irotlar hukmronligi XX asr boshlarida mustabid sovet davlati xokimiyatining o’rantilishi bilan inqirozga uchradi. Lekin ikki asrdan ortiq davrda hukmronlik qilgan bu sulola davrida Xiva xonligi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniyat va fan sohalarida etakchi davlat darajasiga ko’tarildi.


Yüklə 186,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə