O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagoigika instituti tarix yo’nalishi 3-kurs 306-guruh talabasi toshboyev jasurning “O’zbekiston tarixi” fanidan yozgan kurs ishi



Yüklə 186,35 Kb.
səhifə6/9
tarix23.09.2023
ölçüsü186,35 Kb.
#123006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Xiva xonligi davrida Qo’ng’irotlar sulolasi”

Devonbegi (devonxona mutasaddisi) xonning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bo`lgan.
Din arboblari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga ulkan ta‘sir ko`rsatar edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazi sanalardi. Bu yerda dindorlar qadamjosiga aylangan 60 dan ortiq avliyo dahmalari mavjud edi. Mamlakatda qariyb 45 ming o`quvchi ta‘lim oladigan 15 mingga yaqin maktablar bo‘lgan.O‘quvchilardan ayrimlari maktabni bitirib, oliy o`quv yurtiga o`qishga kirar va bu yerda 10 yilgacha ta‘lim olishardi. Bunda asosiy fanlar: ilohiyotshunoslik, arab grammatikasi, islom falsafasi va huquqi, shuningdek, elementar arifmetika va geometriyadan ta‘lim berilar edi. Madrasa talabalari imtihon topshirganlaridan keyin bo`sh turgan qozi, imom va boshqa nufuzli, serdaromad lavozimlarni egallashlari mumkin edi.
XVIII-XIX asrlarda xonlikda muntazam qo’shin mavjud bo’lib, uning tuzilishi ham Buxoronikiga o’xshash bo’lgan. U asosan, otliqlardan tashkil topib, qo’mondonilikni lashkarboshi, yuzboshilar boshqarishgan. Askarlar tinchlik paytida dehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug’ulanishgan. XIX asr 30-yillarida qo’shin soni qariyb 40 ming kishi edi. Askar xizmatidagilar soliq va jamoa ishlaridan ozod qilinib, har bir har bir yurishda qatnashganligi uchun 5 oltin tanga, jangda rag’bat ko’rsatganlar 10-100 tanga olgan. Xon saroyida esa muntazam yaxshi qurollangan askar xizmat qilgan (1000 kishi). Qo’shinning asosiy qismi qilich, o’q-yoy, nayza bilan qurollangan bazi qismlar miltiq bilan qurollangan.
Erga egalik turlari. O’rta Osiyoning barcha davlatlari singari, Xiva xonligida ham er asosiy boylik hisoblangan. Buxoro amirligidagi kabi ular egalik shakliga ko’ra uch guruhga bo’lingan: davlat erlari (amlok), shaxsiy mulk (xususiy erlar), vaqf erlari. Biroq, er egaligi Buxoro xonligidagi bir qancha farq qilardi: xon va uning qarindoshlari barcha erlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. Qolgan erlar davlat ixtiyoriga olingan (vaqf erlaridan tashqari). Davlat va xususiy erlar dehqonlarga ijaraga berilgan. Dehqonlar olgan hosilning yarmini ijaraga to’laganlar va shu sababdan ularni - yarimchilar deb ham atashgan. Mayda er egalari xonavayron bo’lib borganlar va oxir-oqibatda erlaridan mahrum bo’lganlar.
Qishloq xo’jaligi va sug’orish ishlari. Xiva xonligida o’troq aholi dehqonchilik, ipakchilik, ko’chmanchilar esa asosan chorvachilik bilan shug’ullangan. Xonlikning iqtisodiy hayotida sug’orishga asoslangan dehqonchilik muhim o’rin egallagan. XVI asr o’rtalarida Yangiariq va Toshli Yormish, 1602 y. Arab Muhammad, 60-80 yillarda Shohobod va Yormish, XIX asr boshlarida Amudaryodan Lavzan arig’i chiqarildi va keyinchalik katta kanalga aylantirildi, 1815 yilda Qilichniyozboy kanali qazildi. Dehqonchilikda bug’doy, paxta, makkajo’xori, arpa, shuningdek bog’dorchilik, polizchilik, sabzavot ekinlari etishtirilgan. Chorvachilikda quy, echki, tuya, qoramol, otlar boqilgan. Ayniqsa qorako’lchilik yaxshi rivojlangan.Hunarmandchilik shaharlarda rivojlangan bo’lib, ip, ipak va jundan gazlamalar to’qish keng tarqalgan, shuningdek, kosibchilik, kulolchilik, temirchilik, zargarlik, qurolsozlik va boshqa turlari ham rivojlangan.
Savdo-sotiq. Ichki va tashqi savdo mamlakat uchn muhim sanalgan. Xususan Buxoro xonligi, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Rossiya hamda ko’chmanchi xalqlar bilan savdo aloqalari o’rnatilgan. Xiva, Urganch, Hazorasp, Xonqa, Toshhovuz, Xo’jayli, Gurlan, Chimboy kabi shaharlar hunarmandchilik va savdoning markazlari sanalgan. Rossiyaga turli gazlama, paxta, ipak va boshqa mollar olib borilgan. U erdan temir, cho’yan, po’lat, charm, tunuka, movut, to’tiyo, qand va boshqa mollar keltirilgan. Xonlikning eng yirik shaharlari – Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch sanalgan. Xiva shahri XVII asr boshlaridan 1920 yilgacha xonlik poytaxti bo’lgan, u qadimda Xeyvad deb atalgan. XIX asr o’rtalarida shahar atrofi 6 km. Uzunlikdagi devor bilan o’ralgan, XVIII-XIX asrlarda shaharda ko’plab me‘moriy inshootlar qad ko’targan. Ularning turkumiga ko’ra Xiva O’rta Osiyoda yagona shu uslubda qurilgan shahar sanaladi. U Ichan qala (devor uzunligi 2200 m.) va Dishan qala (devon uzunligi 6250 m.)lardan iborat. Xivadagi Sayid Alovuddin maqbarasi, ko’hna ark, jome masjidi, Oq majid, Uch avliyo maqbarasi, Sherg’ozixon maqbarasi, Olloqulixon karvonsaroyi va boshqalar muhim tarixiy memorchilik yodgorliklari sanaldi Muhammad Rahimxon II (1864-1910) xonlik qilgan davrida oldingi xonlar kabi xonlikni ma‘muriy boshqarish ishini takomillashtirishga harakat qildi. Xivadagi Ko’hna Ark va Toshhovli saroyida ishlab turgan qonun chiqaruvchi, mamuriy va sud organi vazifasini bajargan Oliy Kengashda ichki va tashqi siyosatning muhim masalalari muhokama etilib turgan. Kengashda nufuzli ayonlar — qushbegi, mehtar, devonbegi, naqib, shayhislom, qozikalon, otaliq, biy, xonning yaqin qarindoshlari qatnashardilar. Xonlikda mavjud 26 beklikni boshqargan bek va hokimlar xon tomonidan tayinlangan. O’zbeklar yashaydigan bekliklar noiblik va machit-qavmlarga bo’linib, ularni noiblar va oqsoqollar boshqarishgan. Qozoq qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar 66 biy va otaliqlar tomonidan idora etilar Turkmanlar urug’larini esa sardorlar va oqsoqol muhrdorlar boshqarishgan. Qozilar shariat va odat qonunlariga asosan hukm chiqarganlar.
Muhammad Rahimxon davrida mavjud otliq navkarlar va sarbozlardan iborat piyoda askarlardan muntazam harbiy qo’shin bo’lib, u vaqti vaqti bilan 40-70 mingga etgan. Xon qo’shini asosan qilich, qalqon, nayza bilan qurollangan. Keyinchalik rus to’plari, ingliz miltiqlari ham olib kelina boshladi. Turkman va jamshidlar xon qo’shinning asosiy tashkil qilgan navkarlar 13 mingga yaqin bo’lib ularga er-suv ajratilgan va soliqlar kam solingan. Xivada xonning shaxsiy soqchilari, darvozabonlar, mirshablar, tungi nazoratchilar ham bo’lgan.
1870 yilda Xiva shahrida taxminan 700 dan ortiq mayda hunarmand kosiblarning ustaxonasi bo’lgan. SHu jumladan, shahardagi 54 bo’yoqchilik, 37 ta etikdo’zlik, 33 maxsi–kavushdo’zlik, 16 ta ko’nchilik ustaxonalari xon buyurtmasi va aholining kundalik zaruratini qondirish uchun ishlardi. Shaharda do’konlari bor 200 dan ortiq savdogarlarning 56 nafari baqqollik, 38 tasi bazzozlik, 32 tasi choy va tammakifurushlik, 15 tasi 10choponfurushlik qilardi 21 Degrezlik ustaxonalari, metall buyumlar ishlab chiqaradigan ustalar, asosan, Hazoraspda to’plangan edi.
1873 yilda Rossiya bosqinchilarining Xiva xonligini istilo qilishlari uchun azaliy mustaqil davlatda barcha shart-sharoitlar pishib etilgandi. Avvalo uzoq yillar yonma-yon bir tom ostida yashab kelayotgan turkiy millatlarning boshlari qovishmadi, ular orasida milliy va diniy nizolar muntazam ro’y berib turdi. Markaziy Osiyodagi xonliklarning tarqoqligi, etuk va adolatli podshoh yo‘qligi ohir oqibatda uch xonlikning rus xukumatining tobe quliga aylanishga, xalqning esa ikki tamonlama ezilishiga olib keldi. Peterburgdagi oq podshohning qo’g’irchoq xokimlariga aylangan xonlar turli-tuman temir tersaklar, orden-medallar evaziga o’z xalqini ezib, xo’rladilar, yurt boshiga misilsiz soliqlar yukladilar. Yurtning asil boyliklari shimolga tashib ketila boshladi. XIX asrning 2-chi yarmi va XX asr boshlariga kelib, Xivada oddiy fuqoroning tirikchiligi xavas qiladigan darajada emasdi. Bosqinga qadar xonlikning fuqorolaridan oladigan soliqlari turi yigirma to’rttaga borardi. 1873 yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko’ra esa Xiva xoni Rossiyaga 2-million 200 ming rubl tovon puli to’lashi shart edi. Ma‘lumki bu yirik qiymatni xon va amaldorlari emas oddiy xalq to’lashi kerak bo’lardi. Xon xazinasini to’ldirib turish uning amaldorlari, hokimlarini boqish uchun fuqorolar yigirma to’rt hil soliq to’lashga maxkum edi. Bular –Solg’ut - Er uchun pul solig‘i, Zakot:-sotiladigan mol xisobidan, Daxyak –xosilning beshdan yoki o’ndan bir qismi uchun. Cho’p puli– otloqlardan foydalangani uchun. Otliq puli:- er va suv uchun tukmanlardan olinadigan soliqlar shular jumlasiga kirardi. Bu soliqlarni undirish jarayonida bir necha marta shaxsan ishtirok qilgan Amudaryo bo’limi vakili guvoxligicha noxolol va noto’g’ri taqsimlangan soliqlarni to’lash paytida xon amaldorlari muomilaga emas (tayoq va qamchilarga ko’proq suyanardilar).
Xonlikdagi dehqonlarning boshiga tushgan soliq vu majburiyatlar ularning tirikchiligi bir tekisda o’tishga ta‘sir qilar, qashshoqning o’rta xol, o’rtaxolning boy bo’lishiga to’sqinlik qilardi. Yil 12 oy dalada ter to’kkan dehqon yil oxiri-xosil xirmonida etishtirgan maxsulotning yarmini turli xil soliqlarga berib oz oilasini bahorga qadar boqishga etar etmas don bilan qolardi. Ko’pincha qish oylarida doni tugab boylardan kelajak xosil xisobidan qarz ko’tarishga majbur bo’lardi.11
Shaharda yashovchi ishchilarning ahvoli ham o’rta xol bo’lgan. Ular ruslar tamonidan qurib ishga tushirilgan zavodlarda 13-15 soatlab ishlardi. Shu paytda shahardagi zavodlar hayoti bilan tanishib chiqqan graf Palen shunday deb yozadi:-― Bu erdagi ko’plab zavodlar rus fuqorolariga tegishli bo’lib, xech qanday xafsizlik texnikasiga rioya qilinmasdi, uskinalar palaportish o’rnatilgan, bugg’ qozonlari avariya ahvolida, meditsina xizmati yoq, zavod ma‘muriyati bilan ishchilarrtasida munosabat yaxshi emas.12
Ishchilar faqat diniy bayramlardagina dam olardilar. Zavod xo’jayini ularni istagan paytda bo’shatishi kasallansa mehnat xaqi bermasligi qonunlashtirilgandi.

Yüklə 186,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə