O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 486,71 Kb.
səhifə3/59
tarix29.11.2023
ölçüsü486,71 Kb.
#141966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Notiqlik. Lotin 12.01.2021

Nutq nima? Nutq – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘zlash, gapirish qobiliyati ma’nolarini bildiradi. In­son tomonidan tevarak-atrofidagi voqea-hodisani, aql-idrok yordamida o‘zlash­tirishi va uni avlodlarga til yordamida yetkazish jarayoni. Nutq tevarak-atrofdagi yan­giliklarni, xabarlarni, ma’lumotlarni, yangi bilimlar­ni yetkazishda qo‘llaniladi. Yaxshi nutq madaniyatli bo‘­lish­ning, zamonaviylikning, taraqqiyotning belgisidir.
Madaniyat – nima? Madaniyat – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’na­viy hayo­tida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmuyi. Madaniyat – o‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’­ri­fat. Madaniyatli – ma­daniyatga erishgan, madaniyatni egal­lagan, ma’rifatli ma’no­larida qo‘llaniladi.
Inson jamiyatda yashaydi. Uning tevarak-atrofini turli xil tilda gapiruvchi insonlar o‘rab olgan. Demak, inson ular bilan muloqot qilishga majbur. Muloqot – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, uchrashuv, muloqot qilmoq ma’nolarini bildiradi. Mulo­qotning manbayi so‘z. Inson so‘z yordamida muloqotga kirishadi. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani inson nutqini tako­millashtirish, shaxslararo hamda jamoa bilan bo‘ladigan mulo­qotlarida o‘z fikrini erkin, ravon bayon etishni o‘rgatadi. Buning uchun esa notiq so‘z boyligiga ega bo‘lishi, har bir so‘zning mazmun-ma’nosini to‘liq bilishi, so‘zning ko‘chma ma’no­sini tushunishi, uning ko‘chma ma’nolarga ega ekanligini, yashirin ma’nosi ham mavjudligini nazardan qochirmas­ligi zarur. Notiq­lik – san’at. Chunki notiq har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilishidan tashqari, uni mazmuniga qarab, tushunib, ohang bilan aytishi, ishlatishi kerak. Aytilayot­gan so‘z tinglovchiga ta’sir etishi ke­rak. Buning uchun so‘z nihoyatda yoqimli ovozda, chiroyli, to‘g‘­ri, ma’nosi o‘zida yashiringan holda aytilishi lozim. Notiqlik san’atiga – nutq madaniyatiga ega bo‘lgan inson, avvalo, o‘zbek tilini, tilshunoslikni mukammal bilishi shart.
Inson tilini o‘rganadigan fan lingvistika yoki til­shunoslik, – deyiladi. Tilshunoslik fani – tilning xusu­siyatlarini, mohiyatini, funksiyalari, tilni tadqiq qi­lish usullarini o‘rganuvchi fandir. Notiq til yordamida gapiradi, fikrini bayon qiladi. Notiqlik san’atining mohiyati – ravon, to‘g‘ri, chiroyli, jozibali, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llab, fikrlarni bayon qilishdir. Notiqlik san’ati­ning predmeti inson tomonidan til, so‘z va ularni o‘z o‘rnida qo‘llay olishdir. Nutq tovushlarining xususiyat­lari, ohang, ton, tembr, ritm kabilar so‘zni bayon qilishda yordam beradigan xususiyat­lardir. Nutq madaniyati faqat insonda bo‘ladi. Bu fanning predmeti nutq yordamida, til qonun-qoidalari, funksiyalari, xu­susiyatlari yordamida chiroyli gapirishda, fikrini ravon bayon qila olishdadir.
Notiqlikning san’at sifatidagi mohiyati shundan iboratki, notiqning mahorati so‘zdan o‘z o‘rnida, zarga­rona, ehtiyotlab, ma’nosiga, mantig‘iga, xususiyatiga qarab foydalanishdir.

Yüklə 486,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə