203
GLOSSARIY
Operatsion tizim (OT) –
bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni
chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o’zaro aloqasini amalga
oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining komp’yuter bilan muloqotini ta’minlovchi
dasturiy vositalar yig’indisidir
Foydalanuvchi interfeys –
foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o’zaro
ta’siridagi dasturiy va apparat vositalaridir.
SHaxsiy komp’yuterlar (SHK) –
hammaboplik va qo’llashda universallik talablarini
qoniqtiruvchi bir kishi foydalanadigan mikroEHMlardir.
Dasturiy interfeys –
hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o’zaro ta’sirini
ta’minlovchi vositalar yig’indisi.
Operatsion qobiq –
biror bir dastur va foydalanuvchi o’rtasidagi qatlam yoki boshqa
dastur ustida usqurtma bo’lgan dastur.
Mijoz (klient) –
vazifa, ishchi stantsiya yoki komp’yuter tarmog’idan foydalanuvchi.
Printer –
axborotni qog’ozga tushiruvchi moslama.
Sensor ekranlar –
tasvirlar, dastur yoki buyruqlar ayrim elementlarini displey
ekranida SHK ga kiritish uchun mo’ljallangan.
Skaner –
qog’ozli tashuvchilardan avtomatik hisoblash va SHK ga mashinada
yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarini kiritish uchun mo’ljallangan
moslama.
Tezaurus –
axborotdan foydalanuvchi yoki tizimga ega bo’lgan ma’lumotlar
jamlanmasidir.
Telekommunikatsiya
– komp’yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari
negizida ma’lumotlarni masofadan uzatishdir.
Dostları ilə paylaş: