O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


Psixologning psixometrik tayyorgariligiga talablar



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

Psixologning psixometrik tayyorgariligiga talablar. 
Bugungi kunda amaliy psixodiagnostikani samarali rivojlanitirish uchun 
o‘lchovchi (tekshiruvchi) psixodiagnostik metodikalardan foydalanuvchi 
barcha psixologlar psixometrik madaniyatini keskin tarzda ko‘tarish talab 
etiladi. Barcha psixologlar testlarni qayta standartlashtirish metodlarini, 
ishonchlilik va validlikni tekshirishning oddiy usullarini bilishi lozim.
Bugungi kungacha o‘zini klinik metodlar sohasidagi mutaxassis deya 
hisoblovchi va o‘zini test o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis deb o‘ylovchi 
psixologlarning to‘la oqlanmagan (hattoki qarama - qarshi) bo‘linishi saqlanib 
kelmoqda. Ammo real amaliy vaziyatlarda ushbu metodlar birikmasi talab 
etiladi. Klinik, dialogic metodlar ma’lum sohaning boshlang‘ich bosqichlari 
uchun shuning uchun zarurki, psixolog psixodiagnostika predmeti haqida 
yaqqol sermazmun tasavvur hosil qila olishi lozim. Ular shuningdek 


82 
individuallashgan yondashuv talab etuvchi alohida bahsli vaziyatlar uchun ham 
zarur. Ammo psixologdan tezkor, ommaviy tadqiqotlar o‘tkazish talab 
etiladigan vaziyatlarda, u bir qator standartlashgan, o‘lchovchi metodikalarga 
murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Bu holatda ba’zi turdagi metodikalarni tanlab 
olish uchun psixometrik bilimdonlik talab etiladi: qaysi turdagi psixometrik 
me’yorlar bilan tekshirilishi noma’lum bo‘lgan metodikalardan foydalanish 
mumkin emas.
Psixologlarning umumiy psixometrik bilimdonligi mutaxassislar orasida 
maxsus turdagi – psixodiagnostikaning psixometrik ta’minoti bilan 
professional tarzda shug‘ullanuvchi mutaxassislarni ajratishni mustasno 
qilmaydi. SHu sababli normativ talablarning ikki – psixologlar va psixolog – 
psixometristlarga uchun ro‘yxatini keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Psixologga talablar: 
1. Psixolog psixodiagnostika bo‘yicha metodik adabiyotlardagi 
psixometrik hujjatlarni mahorat bilan saralab ola bilishi, test yaratuvchilar 
uning qanday psixometrik xususiyatlarini ko‘rsatishi lozimligini, bu 
psixometrik xususiyatlar bir tomondan test turiga, boshqa tomondan esa uning 
actual vazifasiga qay darajada mos kelishini bilishi lozim. Misol uchun, oldini 
olish ahamiyatini prognozlash uchun testdan foydalanish zarurati yuzaga kelsa 
- yu, prognostic validlik tekshiruvi haqida dalillar bo‘lmasa, testni ushbu vazifa 
uchun yaroqli deb bo‘lmaydi.
2. Psixolog talab qilinayotgan metodika bo‘yicha ma’lum test normalari 
bu vaziyatda ishtrokchilar kontingenti va diagnostic vaziyat tipini hisobga 
olgan holda qay darajada qo‘llashga yaroqliligini, “ichki madaniy ko‘chish” 
vaziyat mavjud yoki yo‘qligi va test normalarini qayta standartlashtirish 
ehtiyojini to‘g‘ri aniqlay olishi lozim. Zarur holatlarda psixolog test ballarini 
taqsimlanishini tuzgan va qayta tahlil qilgan holda, qayta standartlashtirishni 
mustaqil , amaliy jihatdan o‘tkaza bilishi lozim.
3. Psixolog mustaqil tarzda ma’lumotlar to‘plashi, korrelyatsion qayta 
ishlov o‘tkazishi va empiric validlik – qo‘yilgan mezon bo‘yicha metodika 


83 
samaradorligini tekshira olishi lozim. Zarur holatlarda psixolog mezoni 
ma’lumotning operatsional indikatorlarini mustaqil tarzda aniqlashtira olishi 
kerak.
4. Psixolog natijalardagi haddan ortiq xatolarni, metodikaning zaruriy 
ishonchlilik darajasidagi xatoliklarni mustaqil tarzda aniqlashi va buning 
natijasida o‘z gipotezasini statistik jihatdan tekshrib ko‘ra olishi lozim.
5. Psixolog albatta o‘z hujjatlarni ikki nusxada yuritishi lozim: u 
protokollarning barcha nusxalarini bosh metodik tashkilotga (ilmiy – tadqiqot 
yoki sohaviy) ma’lumotlarning umumiy zahirasini to‘ldirish va metodikalar 
psixometrik xususiyatlarini mukammallashtirish uchun jo‘natishga tayyor 
turishi 
lozim. 
Metodikaga 
kiritayotgan 
barcha 
modifikatsiyalarida 
(instruksiyalar shakllantirish, alohida savollar, ko‘rsatmalar davomiyligi) 
psixolog asosiy metodik tashkilotdan rozilik olishi kerak, negaki joylardagi 
xilma – xil xususiy modifikatsiyalar olinayotgan natijalarning psixometrik 
aniqligida xatoliklar keltirib chiqarishi, masus sharoitlarga moslasha oladigan 
va zaruriy psixometrik xususiyatlarga ega modifikatsiyalar yaratishni 
tezlashtirmasdan, bali aksincha sekinlashtirishi mumkin. Qo‘yilgan metodik 
standartlarga astoyidil rioya qilish – psixolog psixometrik madaniyatining 
zaruriy atributlaridan biridir. 
6. Psixolog mustaqil tarzda sinaluvchi tomonidan test ma’lumotlarining 
falsifikatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan motivatsion buzilishlar darajasini 
aniqlay va o‘lchay olishi, ishonchsiz protokollarni sipolik bilan saralay bilishi, 
guruhiy psixodiagnostikadagi ommaviy natijalar uchun ishonchlilikning 
maqbul darajasi muvaffaqiyatlarini statistic qayd eta olishi lozim.
7. Psixolog testlarning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini, shuningdek turli – 
tuman sonli axborotlarning agregirovatsiyasini talab etuvchi integral 
ko‘rsatkichlarini murakkab miqdoriy hisoblash usullarini egallagan bo‘lishi 
lozim. U kompyuterda hisoblash ishlarini olib bora olishi uchun dasturchi (yoki 
psixolog - psixometrist) ishlarini ham bajara olishi zarur.
Psixolog – psixometrist qila olishi lozim:


84 
1. 
Psixodiagnostik 
metodikalar 
loyihasini 
tuzish 
va 
ularni 
moslashtirishning barcha bosqichlarini mustaqil tarzda rejalashtirish va amalga 
oshirishni: testning alohida punktlari bo‘yicha validlik va ishonchlilik 
darajasini tekshirish, ishonchsiz va novalid punktlarni chiqarib tashlash, test 
ballari taqsimotini yaratish va tahlil qila olish, prognozlash uchun matematik 
tenglamalar va aniqlash uchun “hal qiluvchi qoidalar” yaratishni uddalay 
olishi; 
2. Psixodiagnostik ma’lumotlarni kompyuterda yaratishi va saqlashi, 
kompyuterning standart operatsion tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi, psixodiagnostikada qo‘llaniladigan ma’lumotlar bazasini tushunishi va 
ma’lumotlar bazasini bazasini boshqara olishi lozim. 
3. Qo‘llanilayotgan metodikalarni hujjatlarga qayd etish bo‘yicha 
psixolog – psixodiagnost ishlarini metodik standartlarga rioya qilgan holda 
bajara olishi hamda natijalarning psixodiagnostik informatsiyalar bazasiga 
integratsiyasini ta’minlab borishi zarur;
4. Ma’lum hudud doirasida (psixologik xizmat sohasi bo‘yicha) 
metodikalarni psixometrik ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha ierarxiyalagan 
holda metodikalar kartotekasini tutishi, standartlashgan metodikalardan 
foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar va metodik qo‘llanmalar 
kutubxonasini yuritishi kerak.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə