O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


Psixodiagnostik adabiyot va metodik materiallarga qo`yiladigan



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

Psixodiagnostik adabiyot va metodik materiallarga qo`yiladigan 
talablar. 
Metodikalarni ishlab chiquvchi hamda ularni qo`llovchilar dastavval 
uslubiy adabiyot yordamida bir-biri bilan o`zaro aloqada bo`ladi. Metodik 
adabiyot, qo`llanma va ko`rsatmalarni rasmiylashtirishga qo`yiladigan standart 
talablar bir qator mamlakatlar psixologlar jamiyati direktiv hujjatlarida qabul 
qilingan. 
Turli xil hujjatlarga qo`yiladigan bir qator talablar farqlanadi. Bular: 

Toplam, 
monografiya, 
ilmiy 
jurnallarda 
nashr 
qilinadigan 
adabiyotlarga; 

Metodikalar muayyan sinfini qo`llashning nazariy-mazmuniy 
tomonlari, shuningdek, miqdoriy jarayonlarni yorituvchi tahliliy-axborot 
ko`rsatmalari hamda ma`lumotnomalarga; 

Metodikalarni qo`llovchilar uchun “metodik materiallar” – uslubiy 
ko`rsatmalar, topshiriqlar matni, test kalitlari, tavsiflash qoidalariga; 


79 

Psixodiagnostika bo`yicha ommabop nashrlarga qo`yiladigan 
talablar. 
1.
Ilmiy axborot. 
Bunda metodikaning nazariy asoslari, ishlab chiqish 
vositalari va emperik asoslari, reprezentativlik, ishonchlilik, validlik kabi 
ko`rsatkichlar yoritiladi. Misol tariqasida ba`zi test topshiriqlari berilishi 
mumkin. Ammo ilmiy ma`lumotlarda kasbiy cheklangan metodikalar uchun – 
topshiriqlarning to`liq matni, kalit, testni o`tkazish va natijalarni interpretatciya 
qilish uchun mufassal ko`rsatmalar berish mumkin emas. Shunday metodikalar 
ham mavjudki, ularni noprofessional mutaxassislar ham qo`llashlari mumkin. 
Bunday metodikalarning batafsil mazmuni ilmiy axborotlarda berilishi mumkin 
bo`ladi, chunki ularni mutaxassis bo`lmaganlar tomonidan qo`llanilishi 
insonlarga zarar keltirmaydi. Ushbu metodikalar sinfini shartli ravishda “ochiq 
metodikalar”deb atash mumkin. 
2.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə