O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

 
Maktab normalari - t
a’lim jarayonida erishilgan yoki maktab ta’limiga
bog‘liq qobiliyatlarini o‘rganish testlari asosida ishlab chiqiladi. Ular har bir 
ta’lim bosqichi uchun belgilanadi va mamlakatning barcha hududlariga amal 
qilinadi.


71 
Kasbiy normalar -
har xil kasb egalari guruhi uchun testlar asosida 
belgilanadi (masalan, mexaniklar, mashinistlar va boshqalar). 
Mahalliy normalar-
jinsi, yoshi, geografik hududi, sotsial-iqtisodiy status 
iva boshqa umumiy belgilari bilan tafovutlanuvchi tor toifali kishilar uchun 
qo‘llashda ishlab chiqiladi. Masalan, Veksler va Raven testlari yosh chegaralari 
bo‘yicha normaga ega.
Milliy normalar
– xalq, millat, mamlakat vakillari uchun ishlab 
chiqiladigan normalar. Bunday normalar ma’lum madaniyat, axloq talablari va 
har bir madaniy an’analarni aniqlash uchun kerak. 
Testologiyada standartlashtirilgan testlarda normalarning mavjudligi 
ularning muhim xarakteristikasi sanaladi.
Normalar test natijalarini talqin etishda etalon sifatida zarur. Masalan,
intellekt testlarida IQ birlamchi ko‘rsatkichlari IQ normativ ko‘rsatkichlari bilan 
munosabati solishtiriladi (Raven testida 43, 44, 45 ballar norma hisoblanadi).
Agar tekshiriluvchining IQ ko‘rsatkichi normdan yuqori bo‘lsa 60 ballga teng 
(Raven testida). Bu tekshiriluvchining intellektuallik darajasi yuqori. Agar IQ 
ko‘rsatkichi past bo‘lsa, u holda quyi daraja, olingan IQ ko‘rsatkichi 43, 44 
yoki 45 ballga teng bo‘lsa, u o‘rtacha hisoblanadi. 
Psixodiagnostik metodikalarning standartlashtirish talablari 
Shaxsni o‘rganish testlarini konstruksiyalash o‘zida psixometrik asosiy 
talablarga javob beruvchi o‘lchash vositalarining yaratish jarayonini taqdim. Har 
qanday test ishonchli, validli va standartlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Psixodiagnostika bilan shug‘ullanayotgan yosh mutaxassislar o‘z 
amaliyotlarida metodikalardan foydalanish bilan bog‘liq muammolarga ko‘p 
duch kelmoqdalar. Chunki mamlakatimizda psixodiagnostika fanini rivojlanishi
ancha ilmiy salmoqqa ega bo‘lgan ishlarni taqozo amalga oshirishni talab etadi. 
Bugungi kunda psixodiagnostik maqsadlarda tatbiq etilayotgan metodikalarning 
asosiy qismi boshqa muhitlarda yaratilgan bo‘lib, ular bizning sharoitimizda 
ayrim psixometrik qoidalarga muvofiqlashtirilgan holda qo‘llanilib kelinmoqda. 


72 
Shuningdek, psixodiagnostika va uning muammolariga bag‘ishlangan 
qo‘llanmalar, adabiyotlarning o‘zbek tilida yaratilganlari va psixologlar 
tayyorlash jarayonida psixodiagnostika kursini o‘qitishda ham amaliy tajribalar 
yetarlicha emas. Bu tarzdagi muammolarning mavjudligi o‘z navbatida ushbu 
yo‘nalishdagi boshqa muammolarni kelib chiqishiga asos bo‘lb qolayotganligi 
shubhasiz. Yuqorida keltirilgan muammolarga tayangan holda psixologik 
metodikalarni 
yaratish, 
ularni 
modifikatsiyalash 
va 
moslashtirishning 
psixometrik jihatlari bilan bog‘liq masala tahliliga e’tibor qaratish ko‘zda 
tutildi. Mahalliy mutaxassislar metodikalarni amaliyotda qo‘llash qoidalar va 
shart-sharoitlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqdalar. Bunday 
muammolarni hal etishda jahon psixologiyasida yetarlicha tajribalar mavjud. 
Ushbu tajribalarga tayangan holda yosh mutaxassislar duch kelayotgan 
muammolardan 
biri 
psixodiagnostik 
metodikalar, 
xususan, 
testlarni 
standartlashtirishning umumiy jihatlarini tahlil etib o‘tishga harakat qilamiz.
Standartlashtirish
( inglizcha standard so‘zdan olingan bo‘lib, – bir 
shaklga, me’yorga keltirish ma’nosini anglatadi) – testning o‘tkazish tartibi va 
uning natijalarini baholashni yagona me’yorga keltirish, unifikatsiyalash va
tatbiq etishni qat’iy belgilash jarayoni [2,5].
Metodikaning validlik, ishonchlilik va differensiallik talablariga, uni 
qo‘llash uchun nisbiy tanlanmani standartlashtirish zarur. Shu bois, psixologik 
metodikalarning birinchi ko‘rsatkichlari, bahosi va talqini eksperimentatorning 
xulq-atvori va sub’ektiv mulohazalariga bog‘liq bo‘lib qolmasligini taqozo 
etadi. Shu sababli tadqiqotchilar, metodikalarni yaratuvchi va moslashtirishga 
jazm etgan mutaxassislar psixologik testlarning ob’ektivligini ta’minlash uchun 
quyidagi shartlarga amal qilib, ish yuritishlari lozim bo‘ladi: 
1.
Metodika me’yorlari bilan qiyosiy natijalarini qo‘lga kiritish uchun 
testni yagona o‘tkazish tartibga keltirish; 
2.
Testni bajarishning yagona baho me’yoriga erishish; 
3.
Testlashtirish ma’lumotlarini qayta ishlash natijalaridan olingan 
ko‘rsatkichlar bilan solishtirish uchun ma’lum test normalarinii aniqlashtirish.


73 
Bugungi kun psixometrika tajribalarida standarlashtirishning ikkita 
shakliga ko‘p tayaniladi.
Birinchisi,
metodikani tatbiq etishning qat’iy vaqtini 
belgilash, yo‘riqnomasini, javoblar varag‘ini , tajriba-sinovni o‘tkazish 
sharoitlarini va tekshiruvchilarning xarakteristikasini unifikatsiyalash bilan 
bog‘liq. Psixologik testlarni standartlashtirishning ushbu holati quyidagi 
diagnostik vaziyatlarni aniqlash va hisobga olishni o‘zida qamrab olgan: 
1.
Test o‘tkazish sharoitlari (bino, jihozlanishi va boshqa tashqi 
omillar). Shubhasiz, qisqa muddatli xotirani tovush, ovozlar singari chet 
ta’sirlarsiz yaxshi o‘lchashga erishiladi (masalan, Vekslerning raqamlar qatorini 
takrorlash subtesti yordamida) 
2.
Yo‘riqnomalarning mazmuni va uni taqdim qilish xususiyatlari 
(ovoz toni, to‘xtalish (pauza), nutqning tezligi va boshqalar). Masalan, “O‘nta 
so‘z” testidagi so‘zlar ma’lum soniyalar oralig‘ida taqdim etilishi kerak.
3.
Standartlashtiirilgan stimul materialning mavjudligi. Masalan, 
olingan natijalarning xolisligi respondentlarga G.Rorshaxning qo‘lbola kartasini 
yoki standartlashtirilgan –ma’lum ranglarning uyg‘unligi va ranglardagi 
o‘zgachalik taqdim etilishiga ahamiyatli bog‘liqdir.
4.
Testni bajarishning vaqtini chegaralanishi. Masalan, Raven testini 
bajarish uchun respondentga 20 daqiqa beriladi.
5.
Testni bajarish uchun standart blanki. Standartlashtirilgan 
blankning qo‘llash natijalarni qayta ishlash jarayonini yengillashtiradi.
6.
Testlashtirish jarayoni va natijalariga o‘zgaruvchan sharoitlarning 
ta’sirini hisobga olish. O‘zgaruvchan ta’sirlar deganda tekshiriluvchining 
holatlari tushuniladi (toliqish, kechinmalar, testdan bezovtalanish, ya’ni holatlar, 
ekspertizaning shartli harakat motivi va boshqalar), testning nostandart sharoitda 
o‘tkazish (yomon yoritilgan bino, ventilyatsiyaning yo‘qligi va boshqalar) va 
testni o‘tkazishni to‘xtatib qo‘yish. 
7.
Testni o‘tkazish jarayoni va natijalariga diagnostning xulq-atvori 
ta’sirini hisobga olish. Masalan, test o‘tkazish jarayonida eksperimentatorning 


74 
qo‘llab-quvvatlovchi-rag‘batlantiruvchi xulq-atvorini respondent tomonidan 
“to‘g‘ri javobni” shama qilish tarzida idrok etish va boshqalar.
8.
Test o‘tkazish jarayonida respondentni tajribasining ta’sirini 
hisobga olish. Tabiiyki, respondent testdan birinchi bora o‘tayotgani yo‘q, u 
noaniqlik tuyg‘usini bartaraf eta oldi va test vaziyatiga ma’lum munosabatni 
ishlab chiqadi. Masalan, agar respondent Raven testini bajarib bo‘lgan bo‘lsa, 
unga ikkinchi bora testni bajarishni taklif etish kerak. emas. 
9.
Testning bajarilishini bir xillikda baholash: olingan natijalarni 
standart talqin etish (bu ushbu testni yosh (masalan, intellekt testlarida), jins va 
boshqa alomatlar uchun norma bilan bajarishdan olingan ko‘rsatkichlarni ko‘zda 
tutadi.
Ikkinchisi, 
psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va 
foydalanishga yo‘naltirilgan: 1) test metodikalarini loyihalashtirish bosqichi va 
ularning mazmuni. 2) Testning moslashtirish algoritmi va texnologiyasi.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, psixodiagnostik amaliyot rivoji 
shubhasiz qayd etilgan talablar ro‘yxatini kengaytira boradi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə