O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

standartlashtirish
, metodika o`tkazish protcedurasi va uning natijalarini 
baholashning yagona talablarini ishlab chiqishdir. 
 Standartlashtirish muammosi. 
Diagnostik metodika har qanday 
tadqiqotchilik metodlaridan standartlashtirilganligi bilan farq qiladi. 
A.Anastazining ta`kidlashicha, standartlashtirish – testni o`tkazish 
protcedurasi va uni baholashning bir xilligi. Demak, standartlashtirish ikki xil 
jihatdan qaralishi mumkin: 
1.
Eksrement o`tkazish protcedurasiga nisbatan yagona talablarni 
ishlab chiqish. 
2.
Diagnostik tekshiruv natijalarini baholashning yagona talablarini 
aniqlash. 
Eksperimentni o`tkazish jarayoniga bir qator talablar qo`yiladi (ko`rsatma 
barcha sinaluvchilarga bir xilda berish; bironta sinaluvchilarga ham hech qanday 
imtiyozlar bermaslik; qo`shimcha ko`rsatmalar, tushuntirishlar qilmaslik; agar 
ikkita guruhda eksperiment o`tkazilayotgan bo`lsa imkon darajada bir xil 
sharoitlar yaratish va kunning bir xil paytida o`tkazish; vaqt chegaralari barcha 
sinaluvchilar uchun bir xilda bo`lishi). 
Standartlashtirishda yana bir muhim moment – diagnostik tekshiruv 
natijalarini taqqoslash uchun mezonlarni tanlash hisoblanadi. 


62 
Masalan, 6 yoshli bola aqliy taraqqiyot testi bo`yicha 117 ball to`pladi 
deylik. Bu yaxshimi yoki yomonmi? 
Miqdoriy ko`rsatkich hech narsani ifodalamaydi. Bola to`plagan ballini 
taraqqiyotning quyi, o`rta, yuqori darajasi deb tavsiflab bo`lmaydi. Shuning 
uchun metodika bo`yicha olingan ko`rsatkichlarni baholashda statistik norma 
qabul qilinadi.
Statistik norma 2 ko`rsatkich - o`rtacha arifmetik qiymat va standart 
oq`ishni hisoblash orqali chiqariladi. 
Normaga asoslangan diagnostik metodikani standartlashtirish metodikani 
o`tkazish mo`ljallangan katta reprezentativ tanlanmada amalga oshiriladi. 
Standartlashtirish tanlanmasiga nisbatan norma aniqlanadi. Bu norma testni 
bajarishni faqat o`rta darajasini emas, yuqori va quyi darajalarini ham ishlab 
chiqish imkonini beradi. Natijada diagnostik sinovdan o`tishning muvaffaqiyati 
yoki muvaffaqiyatsizligi darajasini baholash mumkin bo`ladi. Bu esa konkret 
olingan bir sinaluvchining normativ tanlanma yoki standartlashtirish 
tanlanmasidagi holatini aniqlash imkonini beradi. 
Statistik normani aniqlash uchun diagnost- psixologlar matematik statistika 
usuliga murojaat qiladilar. Statistik norma 2 ko`rsatkich - o`rtacha arifmetik 
qiymat va standart oq`ishni hisoblash orqali chiqariladi.
Stenford-Bine testi misolida diagnostic metodika standartlashtirilishini 
ko`rib chiqamiz. Sinaluvchilar guruhuga 2,5 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan 
4498 nafar kishilar kiritilgan. Har bir yosh bo`yicha o`rtacha arifmetik qiymat 
100 ga teng bo`lsa, standart og`ish 16 ga teng bo`ladi. Demak, 84 dan 116 
gacha oraliqdagi ko`rsatkich norma chegarasi hisoblanadi. Agar sinaluvchi 
to`plagan ball shu oraliqda bo`lsa, normada; 84 balldan past bo`lsa normadan 
past, 116 dan yuqori bo`lsa, normadan yuqori deb tavsiflanadi. 117 ball 
normadan biroz yuqori deb baholanishi mumkin. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə