O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

ishonchlilik
va 
validlik 
olinishi mumkin. 
Validlik
– metodika yordamida olingan ma`lumotlarning metodikaning 
nimani aniglashga qaratilganligi, ya`ni metodika mohiyati bilan mosligi. 
Ishonchlilik
– psixogiagnostik metodikaning sifati bo`lib, natijalar 
barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon. Metodikaning ishonchliligi 
natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon hisoblanadi. 
Mashhur amerikalik testolog olim Anna Anastazi agar bola hafta boshida 
intellect testi bo`yicha 110 ga teng ko`rsatkichga ega bo`lib, hafta oxirida bu 
ko`rsatkich 80 ga teng bo`lsa, bunday metodikaga ishonch bilan qarash mumkin 
emasligi haqida ta`kidlagan. Isonchli metidikalarni o`tkazish o`xshash natijani 
ko`rsatishi zarur. Biroz o`zgarish kuzatilishi mumkin, lekin ular unchalik 
ahamiyatli bo`lmasligi kerak. 


59 
L.F.Burlachuk ishonchlilikning bir necha turlarini ajratib ko`rsatadi: 
.

Retest ishonchlilik
- ayni bir testni ayni bir sinaluvchilarda bir xil 
sharoitlarda qayta o`tkazib, ikkala tekshiruv asosida olingan natijalar o`rtasida 
korrelyatciya ( bog`liqlik) o`rnatish. Bunda sinaluvchilar topshiriqni yodda olib 
qolish mumkinligini hisobga olib, kamida biro y intervalda o`tkazish maqsadga 
muvofiq. 0,7 ga teng korrelyatcia koeffitcenti retest ishonchlilik uchun 
qoniqarli ko`rsatkich hisoblanadi. 

Parallel shakllar ishonchliligi 
- metodika ekvivalentini yaratish va uni 
ayni bir xil sinaluvchilarda o`tkazib, olingan natijalar korrelyatcion 
bog`lanishlar o`rnatish. 
Ishonchlilikni aniqlashning ushbu shaklini keng qo`llashga to`sqinlik 
qiluvchi asosiy muammo – bu ikki turdagi topshiriqlar to`plamini tayyorlash 
zarurligi bo`lib, ularning ekvivalentliligini isbotlash juda murakkab hisoblanadi. 


Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə