O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


G. Shakliga ko`ra: 1.Individual. 2.Guruhiy.   D



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

G.
Shakliga ko`ra: 1.Individual. 2.Guruhiy. 

D.
Metodikalarning sifatiga ko`ra:
1.To`g`ri(anketalar).
2.Qiyosiy(so`rovnomalar va maxsus testlar). 
3.Proyektiv metodikalar. 
Nemov R.S.
ta`kidlashicha, psixodiagnostikada keng qo`llaniladigan 
metodlardan biri – so`rovnomalardir. So`rovnomalarda sinaluvchiga ochiq va 
yopiq, bevosita va bavosita savollar taqdim etiladi. Masalan, shaxs sifatlaridan 
biri bo`lgan xavotirlanishni diagnostika qilish uchun quidagi savollar bilan 
murojaat qilish mumkin: 
1.Ochiq savol: “Kuchli xavotirlanish holatini boshdan kechiradigan 
vaziyat to`g`risida gapirib bering”. 
2.Yopiq savol “Xavotirlanish holatini tez-tez boshdan kechirasizmi?” 
Taklif qilinayotgan javoblardan birini tanlang: 


53 
a)ha; 
b)yoq; 
v)ba`zida; 
g)bilmadim. 
3. Bevosita-to`g`ri savol: “Sizda xavotirlanish kabi shaxs hislati 
mavjudmi?” 
4. Bavosita savol: “Imtihon paytida sizda bezovtalik holati vujudga 
keladimi?” 
Bundan tashqari interv`yu, yani savollarga og`zaki javob olish metodlari 
ham mavju bo`lib, bunda tadqiqotchi savol beradi va sinaluvchi bergan 
javoblarni o`zi yozib oladi. Bunda beriladigan savollar so`rov, ya`ni yozma 
savolnomadagidek oldindan aniqlab olinadi. 
Psixodiagnostika metodlaridan biri – 
kontent tahlil
dir. Bunda faoliyat 
natijalarini tahlil qilish orqali shaxs xususiyatlari baholanadi. Oldindan 
tayyorlab qo`yilgan sxema asosida sinaluvchining yozma matnlari, asarlar, 
xatlar, faoliyat natijalari mazmuni jihatidan tahlil qilinadi. Kontetn-tahlilning 
vazifasi – insonning yozma ijodiyot mahsullarida namoyon bo`ladigan 
shaxsning psixologik tavsiflarini aniqlash va baholash hisoblanadi. 
Psixodiagnostika metodi sifatida eksperimentni qollanilishining o`ziga xos 
xususiyati shundaki, bunda sinaluvchining u yoki bu xislatini baholash uchun 
maxsus psixodiagnostik eksperiment tashkil etiladi. Shu xislat namoyon bo`lishi 
mumkin bo`lgan sun`iy vaziyat yaratiladi. Psixodiagnostik eksperimentni tashkil 
qilish va o`tkazish natijasida tadqiqotchi o`zini qiziqtirayotgan xususiyatni yoki 
holatni eksperimental vaziyatda sinaluvchi xulq-atvorini kuzatish orqali oladi. 
Masalan, xavotirlanish kabi shaxs xislatini baholash qiziqtirayotgan bo`lsa, 
tadqiqotchi uni hayotiy, real, aniq baholash maqsadida diagnostic eksperimentni 
quidagicha tashkil etish mumkin: Sinaluvchini imtihon vaziyati holatiga 
tushiriladi yoki qisqa vaqt ichida murakkab vazifani bajarish va uning 
natijalarini jiddiy baholash sharoitiga qo`yiladi. Sinaluvchi ishni bajarayotganda 
kuzatiladi va yuqori xavotirlanishning turli belgilari qayd qilinadi. Agar bunday 


54 
belgilar haddan tashqari ko`p bo`lsa, o`rganilayotgan xislat bu sinaluvchida 
kuchli rivojlanganligi haqida xulosa qilish mumkin. Bunday belgilar 
kuzatilmasa, sinaluvchida ushbu xislat mavjud emasligidan darak beradi. Agar 
bunday belgilar kuchsiz namoyon bo`lsa, xavotirlanish holati o`rtacha darajada 
ekanligi to`g`risida xulosa qilish mumkin. 
Amaliyotda qo`llaniladigan ko`pchilik psixodiagnostik metodikalar 
blankali metodikalar hisoblanadi, ya`ni sinaluvchiga bir necha seriyada fikr-
mulohazalar va savollar taklif qilinib, ularga og`zaki yoki yozma ravishda javob 
berish so`raladi. Olingan natijalarga qarab,psixologik xususiyatlar haqida fikr 
yuritiladi. Bunday metodikalarni keng foydalanilishining sababi ularni qollash 
va natijalarni qayta ishlash unchalik qiyinchilik tug`dirmaydi. 
Diagnostikada ko`p qo`llaniladigan metodikalardan yana biri so`rov 
metodikalaridir. Ushbu metodikalarning ijobiy tomoni ular maxsus blankalar 
tayyorlashni talab qilmaydi hamda sinaluvchiga nisbatan o`ziga xos 
munosabatda bo`lish imkoni mavjud. Salbiy jihati – savollarni tanlash va 
javoblarni interpretatsiya qilishdagi sub`ektivlik; ularni standartlashtirish 
mushkul, yuqori ishinchlilikka erishish va olingan natijalarni taqqoslash 
myrakkab. 
Qollanilish chastotasiga ko`ra keyingi o`rinda rasmli psixodiagnostik 
metodikalar turadi. Ularda tekshiriluvchilarning psixologiyasi va xulq-atvorini 
o`rganish uchun chizgan rasmlaridan doydalaniladi (mavzusi berilgan va 
spontan xarakterdagi rasmlar). Ba`zida tekshiriluvchilar standart, tayyor 
tasvirlarni tavsiflab berishlari ham mumkin. Bunday tasvirlarda ko`rgazmali 
shaklda turli xil vazifalar, topshiriqlar berilib, tekshiriluvchidan ularni bajarishi 
talab qilinadi ( masalan, Raven progressive matricalari). 
Proektiv metodikalar turli shakllarda blankali, so`rovnoma va rasmli 
shakllarda bo`lishi mumkin. Ularning qo`llanilish chastotasi baland, chunki 
ularning validligi yuqori va informativligi kuchli
11

11
Немов Р.С. Психология. 3 книга. Москва, «Владос», 2003. (мазмунидан олинди).


55 
Yuqorida 
keltirilgan 
tasniflar 
asosida 
ta`kidlash 
mumkinki, 
psixodiagnostika bilan shug`ullanuvchi olimlar ushbu masalaga turlicha 
yondoshadilar. Lekin ular uchun xarakterli jihat shundaki, tasniflar shakli 
turlicha bo`lsada, ularning mazmun-mohiyati o`rtasida tafovutlar kuzatilmaydi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə