O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

L.F.Burlachuk
fikriga ko`ra, psixodiagnostik metodlarni uch xil 
yondashuv asosida tasniflash mumkin. 
 


49 
 
Ob`ektiv yondoshuv -
diagnostika faoliyatni bajarish samaradorligiga 
qarab amalga oshiriladi. 
Sub`ektiv yondashuv
– sinaluvchining o`zi haqida bergan ma`lumotlari, 
o`z-o`zini tavsiflash va baholash asosida diagnostika qilinadi. 
Proyektiv yondashuv
– tashqi jihatdan neytral, noaniq stimul bilan o`zaro 
ta`sirni tahlil qilish asosida diagnostika qilinadi. 
Akimova 
M.K., 
Gurevich 
K.M. 
bo`yicha 
hozirgi 
zamon 
psixodiagnostikasida mavjud bo`lgan vositalarni sifat darajasiga ko`ra ikki 
guruhga bo`lish mumkin: 

Formallashgan metodikalar.

Kam formallashgan metodikalar.
Formallashgan metodikalar – 
aniq shakldagi qoidalarga qat`iy amal 
qilishni talab qiluvchi metodikalar. 
Kam formallashgan metodikalar 
– bu qo`llashning qat`iy, aniq 
qoidalariga ega bo`lmagan metodikalar bo`lib, ko`proq psixodiagnostning psixik 
intuitsiyasi va kasbiy tajribasiga bog`liq metodkalar. 
Birinchi guruh metodikalariga quidagilarni kiritish mumkin: 

Testlar; 

So`rovnomalar; 

Proyektiv texnika metodikalari

Psixofiziologik metodikalar. 
Ushbu metodikalar uchun xarakterli jihatlar: 

Aniq reglamentatciya. 

Tadqiqot yoki tekshiruv jarayonining ob`ektivizatciyasi ( 
ko`rsatmaga to`g`ri amal qilish, stimul materialini namoyish qilishning qat`iy 
usullari, sinaluvchi faoliyatiga tadqiqotchining aralashmasligi). 

Standartlashtirish (ya`ni, diagnostik eksperiment natijalarini qayta 
ishlash va taqdim etishning qabul qilingan tartibini joriy etilishi). 

Ishonchlilik. 


50 

Validlik. 
Ushbu merodikalar nisbatan qisqa vaqt ichida diagnostic axborotni qo`lga 
kiritish hamda individlarni o`zaro miqdor va va sifat jihatdan taqqoslash 
imkoniga ega. 
Kam formallashgan metodikalarga quidagilarni kiritish mumkin: 

Kuzatish. 

Suhbat. 

Faoliyat mahsulini tahlil qilish. 
Kuzatish metodi mustaqil ilmiy tadqiqot metodi bo’lishi bilan bir qatorda 
boshqa metodlar bilan hamohang qo’llanilishi mumkin.
9
Kam formallashgan 
metodikalar guruhga kiruvchi metodikalar sinaluvchi haqida qimmatli 
ma`lumotlarni qo`lga kiritish imkonini beradi. 
Ayniqsa buni tadqiqot predmeti ob`ektivlashtirish mumkin bo`lmagan 
psixik jarayonlar va holatlar bo`lganida yaqqol sezish mumkin. Masalan, yaxshi 
anglanilmaydigan sub`ektiv kechinmalar yoki mazmun jihatdan juda 
o`zgaruvchan psixik jarayon va holatlar – maqsad, kayfiyat, holatlar dinamikasi.
Shuni inobatga olish vat a`kidlash zarurki, kam formallashgan 
metodikalarn o`tkazish katta mehnatni talab etadi (masalan, sinaluvchini 
kuzatish 
ba`zida 
oylab 
davom 
etishi 
mumkin) 
va 
ko`p 
jihatdan 
psixodiagnostning psixologik tayyorgarligi va professional tajribasiga 
asoslanadi. Psixologik suhbat, kuzatuvlarning yuksak madaniy darajada 
o`tkazilishi tekshiruv natijalariga tasodifiy omillar ta`siridan saqlashi mumkin. 
Kam formallashgan diagnostik metodikalarni formallashgan metodikalarga 
qarshi qo`yish mumkin emas. Odatda ular o`zaro bir-birini to`ldiradi. To`laqonli 
diagnostic tadqiqotda ikkala turdagi metodikalarni uyg`un holda qo`llash darkor. 
Masalan, test yordamida ma`lumot to`plashdan avval sinaluvchi bilan tanishish 
(tarjimai holi, moyilliklari, faoliyat motivatsiyasi haqidagi axborot) bosqichi 
o`tkaziladi. Bunda interv`yu, suhbat, kuzatishdan foydalaniladi. 
9
Glynis M.Breakwell, Sean Hammond, Chris Fife-Schaw and Jonathan A.Smith. Research methods in 
psychology. SAGE. 2010 (pp-126)


51 
Test – 
standrtlashtirilgan, faollikni talab etuvchi, vaqt jihatdan chegaralangan 
holda bajariladigan topshiriqlar bo`lib, uning natijasi miqdor va sifat jihatdan 
baholanib, shaxs individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkonini 
beruvchi metod. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə