O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

 
L.F.Burlachuk 
 
So`rovnovalar – 
savol va mulohazalar tarzida berilgan topshiriqlarga 
tekshiriluvchidan ma`lumot olishga qaratilgan psixodiagnostik metodikalar 
guruhidir.
 
Psixologlar
Bodalev A.A., Stolin V.V
. bo`yicha
 
psixodiagnostik 
metodikalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
10


A.
1-guruhga shunday metodikalarni kiritish mumkinki, bunda 
berilgan topshiriqlarga tog`ri javob berilishi talab qilinadi yoki berilgan 
topshiriqda to`g`ri javobning o`zi mavjud emas. Birinchi turdagi metodlarga 
misol qilib intellekt testlari, maxsus qobiliyatlar testlari, ba`zi shaxs xislatlarini 
aniqlash testlarini olish mumkin (Raven testi, MATT). Ikkinchi turdagi 
diagnostic metodikalar shunday topshiriqlardan iborat bo`ladiki, bunda 
javobning to`g`riligi emas, balki u yoki bu javobning yo`nalishi aniqlanadi 
(masalan, R,Kettelning 16 PF testi). 
2-guruhga verbal va noverbal psixodiagnostik metodikalar kiradi. Verbal 
metodlar sinaluvchining nutqiy faolligini talab etadi. Noverbal metodlar 
noverbal qobiliyatlar, ya`ni pertceptiv, motor (harakat) sohalariga oid 
topshiriqlarni bajarishga asoslangan ( anketa, so`rovnoma, interv`yu – verbal 
metodlar). 
3-guruh metodikalar tasnifi quidagicha: 
Ob`ektiv testlar – topshiriqning to`g`ri bajarilishi ko`zda tutiladi. 
Standartlashtirilgan testlar – sinaluvchining verbal qobiliyatlaridan 
foydalaniladi. Bunda uning tafakkuri, xayoli, xotirasiga murojaat qilinadi. Ular 
o`z navbatida quidagi metodlarga bo`linadi: 
10
Бодалев А.А., Столин В.В. Общая психодиагностика.М., 2001, (мазмунидан олинди). 


52 
a)
test-so`rovnomalar – bir qancha savol yoki mulohazalardan tuziladi. Bir 
neccha turdagi muqobil javoblar taklif etiladi va ulardan birini tanlash talab 
etiladi; 
b)
ochiq so`rovnomalar – bunda standart javoblar berilmaydi, 
tekshiriluvchi o`z hohishiga ko`ra javob qaytaradi. Ihtiyoriy javoblar standart 
kategoriyalarga kiritilishi orqali qayta ishlanadi va standartlashtiriladi. 

B.
Maqsadiga ko`ra metodikalarning quidagi turlari farqlanadi:
1. Saralash yoki tanlash (qoldirish yoki yo`q).
2.Taqsimlash ( sinaluvchilarni bitta mezon bo`yicha yo`naltirish). 
3.Tasniflash (sinaluvchilarni turli guruhlarga bir qancha mezonlar bo`yicha 
yo`naltirish). 

V.
Ma`nosi bo`yicha:
1.Intellekt testlari.
2.Qobiliyatlarni aniqlash testlari. 
3.Muvaffaqiyatga erishishni aniqlash testlari. 
4.Shaxs xislatlarini aniqlash testlari. 


Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə