O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/122
tarix01.03.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#101733
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova (2)

Psixodiagnostik metodikalardan foydalanishda maxsus tayyorgarlikka ega 
bo’lish.
Ushbu tamoyilga ko’ra, psixodiagnostik metodikalarni amaliy qo’llashi 
uchun mutaxasis-psixolog etarlicha kasbiy tayyorgarlikka va psixologik bilimga 
ega bo’lishi zarur. Chunki undan ta’lim muassasasi muammosidan kelib chiqqan 
holda psixodiagnostika metodikalarini tanlay bilish, ularni to’g’ri tatbiq etish va 
natijalarni haqqoniy tahlil etish talab etiladi. Masalan, ma’naviy rivojlanishdan 
orqada qolgan o’quvchilar bilan shug’ullanuvchi psixolog nafaqat 
psixodiagnostika 
metodikalarini, 
balki 
o’quvchilarda 
kuzatiladigan 
nomukamallik darajalarini ham bilishi lozim bo’ladi. Shuningdek, psixolog 
tanlangan metodikaga aloqador bo’lgan ilmiy adabiyotlarni, metodikaning 
texnik ko’rsatkichlarini, ya’ni ishonchliligi, validligi, haqqoniyligi va 
me’yorlarning kafolatlanganligini baholay olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Kasbiy sirlarni saqlash.
Ushbu tamoyilga ko’ra, tanlagan metodikalar
mohiyati boshqalarga ovoza qilinmasligi va ulardan g’ayri insoniy maqsadlarda 
foydalanilmaslik kerak. Kasbiy sirni saqlash psixologning nufuzi va obro’sini 
ta’minlaydi, shu bilan birgalikda psixodiagnostika metodlarini to’g’ri va aniq 
qo’llashga xizmat qiladi, tashqi aralashuvlarga yo’l qo’yilmaydi. 
Psixodiagnostika metodlaridan muhim bo’lmagan masalalarda foydalanish yoki 
ularni mutaxassis bo’lmagan shaxslarning qo’llashi fanda yolg’on 
ma’lumotlarning ko’payishiga olib kelishi mumkin. Demak, ta’lim muassasasida 


38 
tashkil etiladigan psixodiagnostik tekshiruvlarni o’tkazishda ushbu tamoyil 
psixologning diqqat markazida bo’lishi lozim. 
Shaxs huquqlarini ta’minlash.
Bu — psixologiyadagi murakkab 
masalalardan biri. Qator testlar shaxsning hissiy va motivatsion sohalarini, 
barqaror holatlari, ichki kechinmalari (ustanovkalari)ni o’rganishga qaratilgan 
bo’ladi. Bunda shaxsning o’zi xohlamagan yoki anglab etmagan xususiyatlari 
aniqlanishi mumkin. Bunday holda shaxsning ma’naviy zarar ko’rishiga yo’l 
qo’yilmasligi kerak. Shuning uchun tekshiriluvchi shaxs tekshirish natijalari 
bo’yicha kim va qanday qaror qabul qilinishi haqida ogohlantirilishi, ya’ni uni 
test sinovidan o’tkazib, sirlarini barchaga oshkor qilmaslik kerak. Agar 
tekshiriluvchi balog’atga etmagan bo’lsa, uning ota-onasi test natijalaridan 
xabardor bo’lishi kerak. Ushbu kasbiy-etikaviy tamoyilga ko’ra, psixodiagnostik 
tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxs huquqlari va sirlari himoya qilinadi. Bu 
garchand 
psixolog 
ishini 
murakkablashtirsa-da, 
lekin 
uning 
kasbiy 
tayyorgarligiga talabni kuchaytiradi.
Haqqoniylik.
Bu tamoyilga ko’ra, psixolog tekshirishlar o’tkazish 
jarayonida tekshiriluvchi shaxsiga u yoki bu darajada (ijobiy yoki salbiy) ta’sir 
o’tkazmasligi kerak. Test o’tkazish jarayonida unga nisbatan simpatiya yoki 
antipatiyaga yo’l qo’yilmasligi, munosabatlar samimiy va xolis bo’lishi lozim. 
Unga xayrixoh munosabatda bo’lib, biror test savoli javobini aytib yubormaslik 
talab etiladi. Mabodo sinaluvchi test yo’riqnomasini tushunmasdan 
topshiriqlarni bajargan bo’lsa, uni tuzatish yuzasidan ko’rsatma berish mumkin. 
Konfidentsiallik.
Tekshiruv natijalari sir saqlanishi va ulardan tegishli 
shaxslar (psixologlar, pedagoglar, ota-onalar) foydalanishi zarur. Tekshirib 
ko’rilgan o’quvchining roziligi asosida tekshiruv natijalari boshqalarga ma’lum 
qilinishi mumkin. Agar o’quvchi testdan past natija olgan bo’lsa, psixolog bu 
haqda uning ota-onasiga darhol ma’lum qilmasligi, balki keyinroq olingan 
natijalar uchun uning zinhor aybi yo’qligini tushuntirishi lozim. Eng muhimi, 
testdan past natija olgani uchun o’quvchining ota-onasi tomonidan jazolanishiga 
yo’l qo’ymasligi kerak. Agar o’quvchi olgan natijalar uni ogohlantirmasdan ota-


39 
onasi yoki o’qituvchiga taqdim etilsa, psixolog xatoga yo’l qo’ygan hisoblanadi. 
Ma’lumotlar kimga taqdim etilishi haqida o’quvchi (yoki tekshiruvdan o’tgan 
shaxs) xabardor bo’lishi shart. 
Tekshiruv natijalarini psixoproflaktik izohlash.
Ushbu kasbiy-etikaviy 
tamoyilga ko’ra, agar tekshiriluvchi shaxs haqida taqdim etilgan daliliy 
materiallardagi ma’lumotlarga tuzatish kiritish yoki ularni aniqlashtirish talab 
etilsa, tekshiriluvchining o’zi natijalar mazmuni bo’yicha sharh berishi mumkin 
Masalan, ta’lim muassasasida o’quvchi haqidagi tekshiruv natijalari o’qituvchi 
tomondan so’ralmasa, yoki aksincha, ushbu ma’lumot oshkor qilingan holda 
o’quvchining psixologik holatida salbiy o’zgarishlar yuz berishi mumkinligini 
psixolog bilsa, u o’quvchi haqidagi ma’lumotlarni o’qituvchiga umuman taqdim 
etmasligi kerak. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə