O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 379,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/26
tarix31.12.2021
ölçüsü379,49 Kb.
#82202
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
ijtimoiy oila pedagogikasi

Alisher Navoiy

ning she’riy 

merosida  nihoyatda  aniq  ifodasini  topgan.  Shoirning  pedagogik  qarashlari 

insonparvar  xarakterga  ega.  Inson  egallashi  lozim  bo’lgan  barcha  bilim  va  kasb-

xunarlar u tomonidan Vatan foydasi uchun qo’llanilishi kerak.  

XVIII-XIX  asrning  ma’rifatparvar  shoirlari  Munis  Xorazmiy  (1778-1829), 

Muhammad  Ogahiy  (1809-1874), Ubaydulla  Zavqiy  (1853-1921) birinchi o’ringa 

keng  ommaning  ma’rifatli  kilish  va  ta’lim  masalalarini  kuyishgan.  Ta’limning 

asosiy  vazifasi  ular  axloqiy  mukammallashuvida  va  mehnatga  o’rgatishda  deb 

bilishgan. 

Saidahmad  Siddiqiyning  (1864-1927)  qarashlari  o’zoqni  ko’ra  olishlik  va 

zakovati  bilan  ajralib  turgan.  Dehqon  oilasidan  chiqqan  pedagog,  demokrat  shoir 

o’z  qishlog’i  hovlisida  dehqon  va  xunarmandlar  uchun  ilk  maktabni  ochgan, 

kattalar uchun maktab tuzgan, 1914 yil kitob, darslik va o’quv qo’llanmalari bilan 

savdo  qiluvchi  do’kon  ochgan.  Keyinchalik  Siddiqiy  yana  bir  nechta  qishloq 

maktablari  ochgan  va  ularda  o’zbek,  tojik,  rus  bolalariga  ta’lim-tarbiya  bergan. 

Tabiatshunoslik va geografiya darslari tabiat qo’ynida o’tkazilgan.  

     XIX-XX asr demokrat shoirlarining  ijtimoiy pedagogik qarashlari. 

     Ma’rifatparvarlik  va  demokratik  g’oyalari  XIX  asrning  oxiri-  XX  asr 

boshlarida o’z cho’qqisiga ko’tarildi. O’rta asr islom g’oyalari: so’fiylik, zohidlik, 




dogmatizm,  sxolastikaga  qarshi  chiqib  o’zbek  demokratlari  eski  sharoitlarga 

umuman  mos  kelmaydigan  ta’lim  usullari  va  tamoyillarini  ilgari  surdilar:  har 

tomonlama  (aqliy,  axloqiy,  jismoniy,  mehnat)  dunyoviy,  o’g’il  bolalar  va  qizlar 

uchun  bir  xil,  insoniylik,  demokratiya,  vatanparvarlik  ruhidagi  tarbiyani  ilgari 

surdilar va asoslab berdilar.  

O’zbekistondagi 

demokratik 

pedagogik 

g’oyaning 

taraqqiyparvar 

yo’nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934) Sharq tillari 

va  adabiyotini  yoshligida  chuqur  o’rganib,  u  mumtoz  o’zbek  she’riyati  ta’sirida 

she’rlar  yozgan.  Uzoq  vaqt  mobaynida  Toshkent  maktablarining  birida  bolalarga 

ta’lim  bergan.  Avloniyning  o’zbek  pedagogikasiga  qo’shgan  hissasi  shuki,  u  ilk 

marta  tarbiya  oldida  ijtimoiy  vazifalarini  qo’ya  olgan.  Bu  shoir  va  pedagogning 

katta  jasorati  o’z  asarlarida  shaxsning  rivojlanishida  tarbiyaning  hal  qiluvchi 

rolining  e’tirof  etilishi  bo’ldi.  Uning  fikricha,  tarbiya  ijtimoiy  maqsadlarini 

ko’zlashi kerak. Avloniy  “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy 

manfaatlardan  kelib  chiquvchi  jamoat  arbobi  sifatida  ta’riflaydi.  Tarbiyaning 

muvaffaqiyati  Avloniy  fikricha  oila,  ota-onalar  va  pedagoglarning  shaxsiy 

namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb u mustaqillik, 

tashabbuskorlik, amaliy tajribani bilgan. 

O’zbek  ma’rifatparvarlarning  yorqin  vakili  bo’lgan  Avloniy  “to’g’ri” 

g’oyalarning  kengaytirib  va  “noto’g’ri”  g’oyalarni  bartaraf  qilibgina  yovuzlikni 

yo’qotish  mumkinligiga  ishongan.  Shuning  uchun  tarbiya  mavzusi  ma’rifat 

gazetasi bo’lmish “Shuhrat” gazetasida keng yoritilgan.  

Mustamlaka  Turkiston  sharoitlarida  matbuot  cheklangan  o’quvchilarga  ega 

bo’lgan,  chunki  aksariyat  aholi  savodsiz  bo’lishgan.  Bu  holatda  dramaturgiya 

ma’rifiy  g’oyalarni  tatbiq  qilishning  eng  samarali  usuli  bo’lgan.  Teatr  Avloniy 

uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi bo’lgan. 1913 yilda Toshkentda 

Avloniy “Turon” nomli teatr truppasini tashkil qildi. Truppaning maqsad-vazifalari 

Toshkentdagi  “Turon”  dramatik  san’at  jamiyatining  nizomida  aniqlangan: 

“sahnaga  nisbatan  muhabbat  va  jiddiy  munosabat  tug’dirish,  xalq  uchun 

spektakllar tashkil qilish”. 

Bu  maqsadga  erishish  uchun  jamiyat  kechalar,  konsertlar,  spektakllar  va 

boshqa ommaviy  chiqishlarni tashkil etishga o’z  nomiga klub va  musiqa  kurslari, 

kutubxona  va  qiroatxona  tashkil  qilishga,  boshlang’ich  maktablar  ochishga, 

ta’limni  o’rta  va  oliy  o’quv  yurtlarida  davom  ettirish  uchun  stipendiyalar  ta’sis 

etish  huquqiga  ega  bo’lgan.  Shuningdek,  u  mavjud  hayriya  va  ta’lim 

muassasalariga moddiy yordam ko’rsatishi mumkin

1



Avloniyning  ma’rifiy  g’oyalari  nafaqat  ijodda  ilgari  surgan.  U  tomonidan 



1908 yilda kambag’allar uchun maktab ochilgan va u yerda ona tilini o’qitishning 

yangi  usullari  qo’llanilgan.  Pedagogik  faoliyat  bilan  sermahsul  shug’ullanishni 

kanda  qilmay  u  darslik  va  qo’llanmalar  yoza  boshlagan.  O’z  vaqtida  uning 

“Birinchi  muallim”, “Ikkinchi  muallim”, “Turkiy  guliston  yoxud  axloq”  darsligi 

mashhur edi.  

                                                 

1

 

А. Бобохонов. Хамзанинг ижтимоий педагогик ва адабий фаолияти. Т.:Ы=итувчи. 1979 й. 15 б. 




Avloniydan  so’ng  ma’rifatning  va  dunyoviy  bilimlarning  faol  targ’ibchisi 

Miskin  edi.  Miskinning  ta’lim  va  ma’rifiy  qarashlari  ijtimoiy-siyosiy  mohiyatga 

ega  edi  va  o’zbek  ilg’or  pedagogik  g’oyalarining  rivojiga  katta  hissa  qo’shgan. 

Insonni  reallikdan  ajratib  oluvchi  va  uni  shukronalik  ruhida  tarbiyalovchi  hukm 

surgan  musulmon  pedagogikasiga  qarshi  Miskin  ta’lim  jarayonini  yosh  avlodni 

xalqqa  xizmat  qilish  uchun  tarbiyalash  deb  tushungan  va  o’z  qarashini 

rivojlantirgan.  Miskin  va  boshqa  o’zbek  ma’rifatparvarlarining  intilishlari 

tarbiyaning  ijtimoiy  jihatini  oshirishga,  ijtimoiy  tarbiyani  kengaytirishga, 

insonning  turli  ijtimoiy  munosabatlarga  kirishi,  boshqa  davlatlar  va  xalqlar 

hayotini  o’rganishga  qaratilgan  edi.  Biroq  bu  ijtimoiy  xususiyatlar  bilan  birga 

o’zbek  ma’rifatparvarlari  XIX  asr ikkinchi  yarmida  o’z  qarashlarining  ketma-ket 

emasligi,  ularning  feodal-mustamlaka  tuzumga  qarshi  kurashdagi  ojizliklarini 

keltirib chiqaruvchi mustahkam siyosiy dasturning yo’qligi bilan ajralib turardilar. 

Biroq  ularning  dunyoqarashining  cheklanganligi  va  qarama-qarshiligiga  qaramay 

ular O’zbekistonda ilg’or g’oyaning rivojiga o’z hissalarini qo’shishdi. 

XX  asr  boshidagi  o’zbek  pedagogik  g’oyasida  3  asosiy  yo’nalishni  ajratsa 

bo’ladi: 

1)

 



ko’proq hukmronlik qiluvchi o’rta asr feodal klerikal yo’nalishi; 

2)

 



paydo bo’layotgan  milliy  burjua  yo’nalishi  (jadidlik). Uning vakillari 

bu  davrda  feodal  klerikal  maktabiga  qarshi  chiqib  o’zlarining  “usuli  jadid” 

pedagogik talablarini ilgari surish; 

3)

 



demokratik taraqqiyparvar yo’nalish. Demokratik pedagogika o’rta asr 

maktabini  va  tarbiyasini  tanqid  qilgan  va  inkor  etgan  hamda  unga  qarshi  yangi, 

ilg’or g’oyalarni ilgari surgan. 

XX  asr  boshida  O’zbekistonda demokratik  pedagogikaning  eng  yirik vakili 

Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) edi. Hamza XX asr boshida o’zbek xalqi 

madaniy  hayoti  va  ma’rifiy  harakatining  eng  yirik  namoyandasi  edi.  Uning  nomi 

bilan  O’zbekiston  tarixining  butun  bir  davri  bog’liq.  O’z  asarlarida  o’zbek  xalqi 

pedagogik  g’oyasi  rivojining  eng  yaxshi  yutuqlarini  jamlab  hamda  Rossiya 

ijtimoiy  ma’rifiy  g’oyalariga  tayanib  u  ta’lim  tarbiyaning  eng  global 

muammolarini ko’tara oldi. 

Qo’qonda  ozod  milliy  maktabning  yaratilishi,  keyinroq  esa  Farg’ona, 

Marg’ilon va Toshkentda shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va 

jamoat  arbobining  jasoratli  qadami  bo’ldi.  Bu  maktablarda  ta’lim-tarbiya 

ishlarining  yo’lga  qo’yilishi  shaxsning  har  tomonlama  rivojlanishi  va  ijtimoiy 

faallashuvi  uchun  sharoitlar  yaratishga  yo’naltirilgan  edi.  Hamzaning  pedagogik 

ishlarining  ijtimoiy  xarakteri  tarbiyaning  barcha  mashhur  turlari  (estetik,  aqliy, 

jismoniy,  axloqiy,  mehnat),  muomala  va  atrofdagilar  bilan  o’zaro  munosabat 

malakalarini  rivojlantirish,  tarbiyalanuvchilarning  turli  hayotiy,  madaniy  va  aqliy 

taassurotlarini olishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi. 

1911  yilda  Hamza  o’zining  yangi  usul  maktabini  ochdi  va  unda  o’quv 

jarayoni  tashkil  qilishni  tubdan  isloh  qildi.  Biroq  uning  pedagogik  faoliyatidagi 

eng asosiy hodisa 1914 yilda yetimlar va kam ta’minlangan bolalar uchun “Dorul 

ojizin”  nomli  maktabning  ochilishi  bo’ldi.  Unda  bolalar  bepul  o’qitilgan  hamda 

kitob,  daftar,  qalam  va  boshqa  yozuv  qurollari  bilan  ta’minlanganlar.  Biroq 




Hamzaning maktablarni isloh qilish va demokratiyalashtirishga harakati musulmon 

ruhoniylari  va  chor  hukumatining  keskin  noroziligiga  sabab  bo’ldi.  Buning 

oqibatida “Dorul ojizin” yopildi va Hamza chor polisiyasi nazoratiga olindi. 

Hamzaning  ta’lim  mohiyatiga,  ommaning  ozodlikka  erishishi  uchun  asosiy 

qurol,  faol,  ijodiy  shaxsning  tarbiyalash  vositasiga  nisbatan  bo’lganidek,  uning 

qarashlari  o’zbek  ilg’or  pedagogik  g’oyasining  rivojlanishida  katta  qadam  edi. 

Insonni  reallikdan  ajratuvchi  va  uni  shukronalikruhida  tarbiyalovchi  hukmron 

sxolastik  musulmon  pedagogikadan  farqli  o’laroq  Hamza  Hakimzoda  ta’lim 

mohiyatiga  yangi  qarashlarni  kiritgan.  Ta’lim  jarayonini  yosh  avlodni  xalqqa 

xizmat  qilish  ruhida  tarbiyalash  deb  tushunardi.  Shoir  tarbiyaning  asosiy  vazifasi  

yoshlarni  jamoat  faoliyatiga  tayorlash  deb  bilgan.  Hamza  yoshlar  o’z  vatani  va 

xalqi oldidagi ma’suliyatlarini tushunish kerakligini ko’p marta ta’kidlagan. 

Tarbiyaga  eng  katta  ta’sir  qiluvchi  omillarga  Hamza  muhit  va  oilani 

kiritgan.  Go’dakning  kelajagi,  uning  hislarining  rivoji  va  boshqa  ijtimoiy 

psixologik  vazifalar  uni  o’rab  turuvchi  atrof  muhit,  uning  hayotining  xarakteriga 

bog’liqdir.  Oilaning  jamoat  tarbiyasidagi  o’rni  bola  hamda  hayotning  o’zaro 

munosabatiga ko’proq e’tibor qaratishdan iborat. Hamza onaga alohida rol ajratadi, 

chunki  u  bolalar  bilan  psixologik,  ruhiy  va  energetik  reja  asosida  eng  ko’p 

bog’langan  shaxsdir.  U  bolalarni  e’tiborsiz  yoki  noto’g’ri  tarbiyalaydigan  ota-

onalarni  qoralagan.  Ta’lim  tarbiyada  tub  o’zgarishlarni  amalga  oshirish  uchun 

Hamza bir qator yangi darsliklarni o’zbek tilida yaratdi: o’zbek alifbosini o’rganish 

uchun  “Yengil  adabiyot”,  o’qish  uchun  “O’qish  kitobi”,  adabiyotdan  “Qiroat 

kitobi”.  Hamzaning  kitoblari  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  katta  qiziqish  bilan 

o’qilgan va tez o’zlashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o’zbek bolasining erkin 

o’qishi uchun qulay qilib yaratilgan. 


Yüklə 379,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə