O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


O’zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalarida ijtimoiylashuv



Yüklə 379,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/26
tarix31.12.2021
ölçüsü379,49 Kb.
#82202
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
ijtimoiy oila pedagogikasi

O’zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalarida ijtimoiylashuv 

tarixidan. 

O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 

yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga 

tayyorlovchi xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya 

muassasalari bo’lmagan. Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat 

munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan 

ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” 

tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko’chirib 

keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg’i, tibbiy yordam bilan 

ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi 

ommaviy oshxonalar, yasli va bog’chalar, boshqa tomondan esa ayollarni 

respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo’lgan. 

Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada 

Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun 4-bolalar bog’chasi tashkil qilindi. 

1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog’chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha 

guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalarida (jami 40 ta) 

2000ga yaqin bolalar bo’lgan. Bu esa respublikadagi maktabgacha bo’lgan 

yoshdagi bolalarning 36,4 %dir

2

. Maktabgacha tarbiya ishchilari malakasini 



oshirishga qaratilgan maktabgacha tarbiya dasturining chiqarilishi muhim 

muvaffaqiyat bo’ldi. 1927 yilda boshlangan ayollarning hujum  harakati 

munosabati bilan bolalarning bolalar bog’chasiga berish hollari yanada ko’paydi. 

Kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlar yordamida ishlayotgan ayollarga 

yana bir yordamchi tashkilot-yozgi sog’lomlashtirish maydonchalari ta’sis e’tildi.  

XX asr30-yillarning maktabgacha tarbiya dasturlarida bolalar 

bog’chalarining tozalikva metodik yordam holatini tekshirish keng tarqaldi. Bu 

tekshirishlar natijalariga ko’ra xonalar va maydonchalarning jihozlanmaganligi, 

asbob-uskunalar bilan ta’minlanmaganligi, tozalik me’yorlariga amal qilinmasligi 

kabi kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan. 

Qishloqlardagi bolalar bog’chalari va maydonchalari maktabgacha tarbiya 

muassasalariga nisbatan bo’lgan salbiy qarashlar tufayli katta qiyinchiliklarga 

duchor bo’lgan. 

1930 yilda O’zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va 

viloyatlarida o’z bo’linmalariga ega bo’lgan maktabgacha tarbiya pedagogik 

maslahatxonasi tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma’ruzalar, radiosuhbatlar, 

ayollar uchun ko’rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun bolalarga eng 

yaxshi burchak qilish bo’yicha musobaqa ham o’tkazilgan. Pedagogik maslahatlar 

beruvchilar oilalarga borishgan va bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu 

                                                 

2

 

О.О. Эшонхыжаева. Ызбекистон ССРда мактабгача тарбиянинг ривожланиши. Т.:Фан. 1990 й. 7 б.  




bilan bolalarni bog’chalarga qabul qilish tartiboti hamda oilalarning tarbiya 

masalalari bo’yicha maslahat berish bilan birlashtirilgan. 

1933-1934 yillarda sanab o’tilgan harakatlar natijasida O’zbekistonda 3840 

ta kolxoz maydonchalari bo’lib, unda 127 ming bolalar qatnashgan. 1933 yil 

bolalar bog’chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarish yilisifatida 

muhrlandi  Rusiy zabonbolalar bog’chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar 

keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzilgan. 

Maktabgacha tarbiya birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz 

tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda 

tuzilgan Respublika maktabgacha tarbiya metodik xonasishunaqa markaz 

vazifasini bajardi. 

Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng katta to’siqlardan biri 

malakali kadrlarning yetishmasligi bo’lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash 

uchun qisqa muddatli 3 oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari XX asrning 

70-  yillari boshidan maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash vazifasi 

pedagogik o’quv yurtlari zimmasiga qo’shildi. 1930 yildan Toshkentda faoliyat 

yurituvchi pedagogik o’quv yurti 1936 yilda 60 ta mutaxassis tayyorladi. 

Natijada 1938-1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar bog’chasi ochilgan 

edi va ularda 36710 ta bola bor edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo’lib ularda 

152000 bola bor edi. Shu bilan birga bu vaqtda onalar uchun “Bolalar xonalari” 

nomli maktabgacha tarbiya muassasalari ham tuzilgan. 

Shu va keyingi yillarda maktabgacha tarbiyani yaxshilash maqsadida 

quyidagi choralar ko’rilgan: 

-joylarda metodik ishlarni tashkil qilish

-mebel, o’quv qo’llanmalari, o’yingohlarning standartlarini ishlab chiqish; 

-maktabgacha tarbiya masalalariga jamoatchilik va aholining e’tiborini 

qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va sh.k. 

 

Urush yillari O’zbekistonda 200 ming  bola ko’chirib keltirilgan va natijada 



bolalar bog’chalari tarmog’ining kengayishi, ularda ish kuni uzaytirish zaruriyati 

paydo bo’lgan. Urush yillari maktabgacha internatlar ham tashkil qilingan. 

Ulardagi tarbiyaning o’ziga xosligi shundan iboratki, ularda o’z oilasi, yaqinlaridan 

ajragan bolalar tarbiyalanishgan. Bu holda pedagoglarning har bir bola uchun 

mas’uliyati tabora oshib borgan. 

Urushdan keyingi davrda oziq-ovqat muammolari munosabati bilan 

kuchsizlangan bolalar uchun sog’lomlashtirish  chora-tadbirlari kuchaytirildi. Bu 

maqsadda respublikaning bir qator shaharlarida sanatoriya tipidagi bog’chalar 

tashkil qilindi. Qishloq hududida maktabgacha tarbiyaning rivojlanishiga katta 

ahamiyat berilgan. Bu qishloq ho’jaligi mahsulotlari, ayollar mehnatidan 

foydalanish zaruriyati bilan bog’liq edi. 1959 yildan maktabgacha tarbiyaning 

yagona tuzilishni tashkil qilish maqsadida ikki turdagi maktabgacha tarbiya 

muassasalari bitta yasli bog’chaga birlashtirildi. Bu esa bolalarni tarbiyalash 

jarayonining faollashuviga olib keldi.  

O’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar Toshkent va Marg’ilon pedagogika 

o’quv yurtlari tomonidan amalga oshirilgan. 1957-58 yillar ular 517 ta mutaxassis 




chiqarishgan. Metodik va tarbiya ishlarini yaxshilash maqsadida Toshkent, 

Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg’ona, Chirchiq  shaharlarida maktabgacha 

tarbiya xonalari ochilgan. 1961 yil Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari 

ilmiy-tadqiqot markazida O’zbekistondagi maktabgacha tarbiya muammolari 

ustida , tadqiqot olib boruvchi, bolalar bog’chalari va metodika xonalariga yordam 

ko’rsatuvchi markaz ochildi. 

Toshkentda 1966 yil 26 aprelda bo’lib o’tgan zilzila natijasida 225 ta 

maktabgacha tarbiya muassasalari barbod bo’ldi. Biroq qisqa vaqt mobaynida 

boshqa respublika quruvchilari yordami bilan bu muassasalar qayta tiklandi. 

XX asrning 60-80-yillarda ommaviy maktabgacha tarbiya quyidagi 

yo’nalishlarda amalga oshirilgan: 

-markazlashgan jamoa xo’jaliklariaro maktabgacha tarbiya muassasalarining 

ish tajribasini o’rganish uchun respublika majlislarini o’tkazish; 

-kolxozlar orasida eng yaxshi maktabgacha tarbiya muassasasi nomiga 

musobaqa o’tkazish; 

-yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus muassasalar 

tashkil etish; 

-bolalar sog’ligini saqlash bo’yicha maktabgacha tarbiya muassasalarini 

tashkil qilish; 

-yasli bog’cha va boshqa tarbiya muassasalari uchun mutaxassislar 

tayyorlash; 

-respublikaning pedagogik va musiqa o’quv yurtlarini keng turdagi 

mutaxassislar tayyorlab berishga o’tkazish; 

-maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab 

chiqish; 

-bolalarning estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berish-o’zbek milliy san’ati 

asarlaridan foydalanish va boshqalar. 

O’zbekistonning mustaqil davlat maqomini qo’lga kiritishi bilan jamiyatning 

ijtimoiy muammolari yanada ko’paydi va keskinlashdi. Birinchidan, siyosiy, 

ma’naviy, iqtisodiy ustuvor yo’nalishlarning almashishi, ikkinchidan, bu davrda 

ijtimoiy muammolarni yaxshi tushunmaslik oqibatida ro’y berdi. Biroq, 

demokratiya va oshkoralik tamoyillari, xorij davlatlari tajribasi yordamida davlat 

muhtojlarga real  ijtimoiy pedagogik yordam bermoqda,  ijtimoiy pedagogik fanini 

rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko’rmoqda. 




Yüklə 379,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə