74
Faglarning yuqumliligi o‘ta maxsus bo‘lib, ma’lum bakteriyalarda ko‘payadi.
Ularni maxsus strukturasiga nisbatan sezgir bakteriyalarda retseptorlar mavjud.
Faglarni sezgir bakteriyalar bilan maxsus o‘zaro munosabatiga asosan faglar quyidagi
ko‘rinishlarda bo‘ladi: polivalent – qarindosh bakteriyalarda ko‘paya oladi;
monovalent - ma’lum tur bakteriyalarda ko‘payadi; tipga xos – bakteriya turlarining
aloxida tiplarida ko‘paya oladi.
Faglarni bakteriya bilan o‘zaro munosabati viruslarga o‘xshab produktiv, abortiv
va integrativ ko‘rinishda kuzatiladi. Produktiv shaklida fag bakteriyani to‘liq lizisga
uchratadi va fagning avlodlari hosil bo‘ladi. Abortiv formada, bakteriya lizisga
uchramaydi va fagning avlodlari ham hosil bo‘lmaydi.
Integrativ tipda esa fag
bakteriyaning xromosomasiga kirib oladi va u bilan birga (profag) turadi. SHuning
uchun faglarni bakteriyalar bilan o‘zaro munosabati natijasida ular ikki xil
ko‘rinishda, virulent va avirulent (mo‘‘tadil) bo‘ladi.
Virulent faglarni bakteriyalar bilan o‘zaro munosabati produktiv tipda
kuzatiladi. Ularning reproduksiyasida 200-300 ta yangi faglar xosil bo‘ladi.
Mo‘‘tadil faglar virulent faglardan farqlanib
ularning bakteriyalar bilan
munosabati produktiv yoki integrativ bo‘lishi mumkin (rasm 30). Produktiv
ko‘rinishda virulent fagdan reproduksiyasida farq kuzatilmaydi va bakteriyaning
lizisi bilan tugaydi. Integrativ tipda fag genomi bakteriya xromosomasiga kirib oladi
va sinxron ko‘rinishda ko‘payayotgan bakteriya genomi bilan birga replikatsiya
bo‘ladi, bakteriyani lizisga uchratmaydi. SHunday DNK saqlovchi faglar p r o f a g
deb ataladi, bakteriya esa “l i z o g e n”
li kultura deb nomlanadi, chunki bunday
lizogenli bakteriyalarda har doim profag aktivlansa lizisga uchrash ehtimoli yuqori
bo‘ladi. Bunday bakteriyalar profagni o‘z avlodlariga o‘tkazadi. Lekin, fag
replikatsiyaga uchramaydi va o‘z naslini qoldirmaydi. Buning sababi bakteriya
hujayrasida fagni transkripsiyasini to‘xtatib turuvchi past molekulyar oqsil repressor
ishlab chiqiladi. Repressorlar biotsintezini fag genlari boshqaradi.
SHuning uchun
bunday lizogenli bakteriyalarda boshqa faglarga nisbatan immunitet xosil bo‘ladi,
ya’ni boshqa yaqin qarindosh faglar bakteriyaga kira olmaydi. Ammo, lizogen
termini shu bakteriyalarni har doim lizisga uchrashi mumkinligini bildiradi. Buning
75
isboti sifatida, bakteriyalar tarkibidagi fag o‘z-o‘zidan
spontan ravishda, yoki fizik,
kimyoviy faktorlar ta’sirida vegetativ formaga o‘tishi va bakteriya hujayrasini lizisga
uchratishi mumkin. Bakteriya xromosomasidan ajrab chiqgan fag, bakteriyadan
ma’lum informatsiya saqlovchi genlarni o‘ziga biriktirib olishi va bu ma’lumotlarni
boshqa bakteriyalarga
Dostları ilə paylaş: