O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə123/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

4. Neapolda Mazan`ello qo`zg`oloni.
Ispaniyaga qaram bo’lgan Neapol` korolligi Italiyaning boshqa mamlakatlari ichida eng og`ir ahvolda qolgan mamlakat edi. Bu mamlakat iqtisodiy jihatdan nihoyatda zaif edi. SHaharlari va sanoati tanazzulga uchrab, qishloq tobora kashshoqlashib bordi. Ispan hukumati esa soliqlarni ha deb oshira berdi. 1558 yilda 1 million 770 ming dukat barobarida soliqlar solingan bo`lsa, 1620 yilda soliqlarning miqdori 5 million dukatga yetdi. 1647 yilda keng iste`mol mollariga (kambag`allarning asosiy ovqati bo`lgan -meva va sabzavotga) yangi soliq joriy qilinishiga javoban, Neapolda qo`zgalon ko`tarildi. Bu qo`zg`olonda hunarmandlar, mayda savdogarlar va ishchilar qatnashdi. 1647 yil 7 iyuldagi qo`zg`olon natijasida Neapol` xalq ommasi qo`liga o`tdi. Mazan`ello laqabi bilan mashhur bo`lgan Tomazo Ak`edlo boshchiligida demokratik hukumat tuzildi. SHahar mavqei jihatdan ispan kiroliga sodik bo`lib qoldi. Faqat uning amaldorlariga qarshi hujum qilindi, holos. Neapolni o`zining qarorgohi qilib o`tirgan kirol` noibi ko`zg`olonchilarga birmuncha yon berishga majbur bo`ldi. Jumladan, xalqning ayniksa g`azabini qo`zg`atuvchi soliqlar bekor qilindi. Mazan`ello shahar lashkar boshlig`i, general-kapitan sifatida tanildi. Ammo, oradan ko`p o`tmay, ispan hokimlari tomonidan yollangan kishilar xalq yo`lboshchisi Mazan`elloni o`ldirdilar.
Biroq Mazan`elloning o`limidan keyin ham harakat to`xtamadi. Butun viloyat Neapolga qo`shildi. Neapol` respublika deb e`lop qilindi. Miltiq yashlab chiqaruvchn manufaktura egasi Jennaro Anneze degan kishi demokratik hukumatga bosh bo`ldi. Neapol` dvoryanlari ispanlar tomonida edi. Harakat rahbarlari bu vaqtda Ispaniya bilan urush holatida bo`lgan Frantsiyaga tayanib ish ko`rmoqchi bo`ldilar. Ular Lotaringiya gertsogi Genrix Gizni korollikka taklif qildilar va u Neapolga keldi. Lekin Fraktsiyaning kardinal Mazarini hukumat Neapoldagi ishlar uchun yetarli darajada harbiy kuch ajrata olmadi. 1648 yil bahorida ispan ma`murlari qo`shin bilai Neapolga kaytib keldilar va harakatning demokratiq qatnashchilarini shafqatsiz jazoladilar. Anneze osib o`ldirildi. Gertsog Gizni esa turmaga qamadilar, ammo oradan ko`p vaqt o`may, frantsuz hukumatining talabiga muvofiq u turmadan ozod qilindi. YAngi tuz solig`i joriy kilinishi munosabati bilan 1647 yilda Sitsiliyada ham hukumatga qarshi xuddi shundai harakat boshlandi. Ispanlar Sitsiliyadagi harakatni Neapoldagi harakatdan oldin bostirdilar. Ammo bu harakatlarning har ikkalasi ham Italiya xalq ommasining chet el zulmiga qarshi nafratini ifoda qilganligi jihatidan juda muhimdir. Bu harakatning har ikkalasi keyinchalik — XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida butun Italiyani qamrab olgan keng malliy harakatning uzoq o`tmishdagi kurtagi hisoblanadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə