O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Savonarolaning chiqishi. Rimning talanishi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə121/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

2. Savonarolaning chiqishi. Rimning talanishi.
Noqulay xalqaro vaziyat va chet davlatlarning to`g`ridan-to`g`ri interventsiyasi Italiyani yanada kuchliroq iqtisodiy va siyosiy tushkunlikka olib keldi.
Italiyada frantsuz urushlari boshlangani munosabati bilan Florentsiyada davlat to`ntarishi yuz berdi. Frantsuzlar bostirib keladi, degan ovozalar tarqalishi bilan, xalq ommasi Medichilarning zulmiga qarshi qo`zg`olon ko`tardi. Florentsiyada birmuncha vaqtgacha (1494 y.) respublika qaytadan tiklanib turdi. Dominikanlik monax Savonarola (1452—1498) respublika ishlariga g`oyat katta ta`sir ko`rsatdi.. Florentsiyadagi o`rta va xonavayron bo`lgan mayda hunarmandlar kayfiyatini aks ettirib, Savonarola o`z va`zlarida boylarning dabdabali turmush va bekorchiligidan kelib chiqayotgan bema`nigarchiliklarni qattiq qoraladi va bir qancha mo``tadil sotsial islohotlar — daromad solig`ining progressiv formasini joriy qilish, kambag`allarning qarzlarini bekor qilish, sudxo`rlarni haydab yuborish, shaharlarda qarz beruvchi kassalar tashkil etish va hokazolarni talab qildi. Savonarola Rim papasini ham qattiq qoralab, papa saroyiga, undagi dabdaba va boylikka la`nat o`qidi. Savonarola frantsuzlarni «gunohga botgan Italiyaga» qarshi «xudo yog`dirgan qahr-g`azab» oqibati deb hisoblaydi.
Frantsuz bosqinchilari o`zlarining talonchiligi va jabr-zulmlari bilan tezda ital`yan jamiyatining hamma sinflarini o`zlariga qarshi qo`zg`atdilar. Florentsiyadan tashqari yana Neapolni ham bosib olgan frantsuz koroli Karl VIII ning dastlabki muvaffaqiyatlari ital`yan davlatlarining unga qarshi birlashuviga olib keldi. Frantsuzlar shoshilinch ravishda Italiyadan chiqib ketishga majbur bo`ldilar. Frantsuzlarning chikib ketishi bilan Savonarolaning mavqei ham bo`shashdi. U 1498 yilda papaning amri bilan qamoqqa olindi va sud qilinib gulxanda kuydirildi. Qochib ketgan Medichilar 1512 yilda ispanlar yordami bilan qaytadan hokimiyat tepasiga chiqib oldilar.
XVI asr boshida Italiya urushqoq qirol Frantsisk I Valua boshchiligidagi frantsuz feodallari bilan nomi tilga olingan imperator Karl V Gabsburg rahbarligidagi ispan-german feodallari o`rtasida shiddatli urush maydoniga aylandi. 1525 yilda Paviya shahri yonida bu ikki dushman o`rtasida qattiq jang bo`ldi. Bu jangda Frantsisk I batamom yengilib, Karl V uni asir oldi. Papa Kliment VII Gabsburglarning juda kuchayib ketishidan qo`rqib, imperatorga qarshi Frantsiya bilan Angliya ishtirokida Italiya davlatlarining koalitsiyasini uyushtirishga harakat qildi. Karl V buni bilib qolib, 1527 yilda o`z qo`shinlaripi Rimga yubordi. Papa asir olindi, Rim esa yanada shafqatsiz tarzda talandi. O`n minglarcha Rim aholisi va shu jumladan, juda ko`p xotin-qizlar va bolalar o`ldirildi. Landsknextlar papa saroyi — Vatikanga kirib, uni ham taladilar va ko`p joylarni vayron qildilar. 1527 yil 6 maydagi «talon-toroj kuni» ital`yanlar xotirasida uzoq vaqtlargacha dahshat va benihoya katta milliy baxtsizlik kuni bo’lib qoldi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə