O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Buyuk geografik kashfiyotlarning iqtisodiy oqibatlari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə118/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

Buyuk geografik kashfiyotlarning iqtisodiy oqibatlari. Geografik kashfiyotlar Yevropaning ihtisodiy hayotiga g`oyat katta ta’sir ko’rsatdi.
Portugaliyaliklar hind ziravorlarini odatda faqat Lis-sabonga olib kelardilar. Bu yerga keltirilgan yuklar keyin Aptverpenga borardi va undan butun Yevropaga tarqalardi. Ant-verpen birjasida kredit va ulgurji savdoga oid xilma-xil va juda katta operatsiyalar olib borilardi. Antverpenda Yevropa va qisman Osiyodagi har xil mamlakatlarning savdogarlariga qarashli mingtacha savdo kontoralari bo’lib, ular bu shaharning bozoriga juda katta xalqaro bozor tusini berdi.
Biroq XVI asrning ikkinchi yarmida Antverpenning ham ra-qiblari paydo bo’lib qoldi. SHimoliy Niderlandiyada (Gollan-diyada)gi Amsterdam shahri bu raqiblardan biri bo’lib qoldi.Antverpen bilan raqobat qiluvchi ikkinchi port-London shahri bo’lib, u asosan XVII-XVIII asrlarda g`oyat ravnaq topdi.
Mustamlaka sistemasining boshlanishi va Yevropa davlatla-ri o’rtasida mustamlaka uchun kurash. Mustamlaka sistemasi-ning yoki mustamlakachnlikning boshlanishi geografik kashfiyotlariing bevosita natijasi bo’ldi. Dastlab ispanlar va portugaliyaliklar, keyincha gollandlar, inglizlar, frantsuzlar dunyoning hamma qismlarida o’zlari uchun mustamlaka yerlarini bosib oldilar. Yevropadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan ilgariroq kapitalistik taraqqiyot yo’liga kirgan hamda o’z iqtisodiy ustunligidan foydalangan bir hovuch davlatlar Amerika, Osiyo, Afrikadagi yuz millionlarcha xalqlarni asoratga soldi, taladi va uzoq vaqt muttasil ekspluatatsiya qilib keldi. Mustamlaka mamlakatlariiing tabiiy boyliklari mustamlakachilar tomonidan shafqatsiz talon-taroj qilindi. Yevropa «tsivilizatorlari»ning talonchiligi va zo’ravonligi natijasida mustamlakalarning aholisi ommaviy tarzda qirilib ketdi. Boshqa kit’alarda joylashgan mamlakatlar mustamlaka-chilik zulmiga duchor bo’lgan, o’z taraqqiyotida orqada qolgan, yanada-orqada qolib ketishga mahkum etilgan bir paytda Yevropada juda ko’plab kapital to’plandi va yirik sanoat barpo etildi.
Biroq mustamlaka sistemasi Yevropaning o’zidagi davlatlar-ning o’zaro munosabatlarida keskinlikka olib keldi. Ular o’rta-sida mustamlakalar uchun shiddatli kurashlar boshlandi. Mus-tamlakalar o’rta asrning oxirida va yangi zamonning boshlarida Yevropadagi juda katta urushlarga sabab bo’ldi. Bu jihatdan XVI asrning ikkinchi yarmida va XVII asrdagi ingliz-ispap va ispan-golland urushlari, XVIII asr va XIX asrning boshlaridagi ingliz-frantsuz urushlari ayniqsa xarakterli bo’ldi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə