O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Kolumbning Amerikani kashf qilishi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə116/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

Kolumbning Amerikani kashf qilishi. Portugaliyaliklar Hindistonga Afrikaning g`arbiy qirg`oqlari bo’ylab siljib borayotgan bir paytda, qo’shni Ispaniyada xuddi o’sha Hindistonga borish yo’lining boshqa bir varianti chiqib qoldi. Genuyalik Xristofor Kolumb (1451—1506) 1492 yilda Ispaniyaning Ferdinand va Izabella hukumatiga Hindistonga g`arb tomondan boradigan sayohat loyihasini taklif qildi. Kolumb Yerning sharsimonligi haqidagi ta’limotga asoslanib ish ko’rdi. XV asr oxirlarida Yevropa fan ahllari bu ta’limotning to’g`riligiga yana bir iqror bo’ldilar. Kolumb bundan ilgari ham o’zining shunday loyihasi bilan Portugaliya hukumatiga murojaat qilgan edi, ammo rad javobi olgan edi. Portugaliyaliklarnnng dengizdan Afrika bo’ylab Hiidistonga boradigan o’z rejalari bor edi; Diasning kashfiyotidan keyin bu rejaning uzil kesil amalga oshirilishi yaqinlashib qolgan edi. Xuddi shu vaqtga kelib, Granada qirolligini istilo qilish ishini tamomlagan ispan hukumati Kolumb loyihasiga, aksincha, xayrixohlik bilan qaraydi. Sayohatni uyushtirish uchun zarur bo’lgan mablag`ning bir qismini Kolumbning o’zi, ko’p qismini hukumat berdi. Kolumb yangi ochilgan mamlakatlarda o’ziga va vorislariga qirol noibi va admiral lavozimlarini egallash huquqi berilishini shart qilib qo’ydi. Uch kemadan iborat kichkina bir eskadra 1492 yilning 3 avgustida Palos gavanidan Atlantika okeaniga jo’nab ketadi.
1492 yil 12 oktabrda Kolumb Karib dengizida Markaziy Amerikaga yaqin joydagi Bagama orollaridan birini topdi. Tezda u katta qo’shni orollar-Gaiti va Kuba orollarini kashf etdi. SHundan keyingi sayohatlaridan birida Kolumb Janubiy Amerika (Orinoko daryosining quyar joyi yaqinidagi) qirg`oqlarini topdi. Kolumb hayot ekanligidayoq ispanlar Ame-rikani kolonizatsiya qila boshlaydilar. Espanola deb boshqacha nom berilgan Gaiti orolida birinchi koloniya tuziladi. YAngi dunyoni Kolumb kashf etgan bo’lsa-da, bu dunyoga uning nomi be-rilmaydi. Kolumb Hindiston, Xitoy va Yaponiyani kashf qildim deb qattiq turib oladi. Amerikadagi Kolumb kashf qilgan yerlar ko’p o’tmay Ispaniyaning hafsalasini pir qiladi. CHunki Kolumbning yangi «G`arbiy Hindistoni» haqiqiy «SHarqiy Hin-diston»dan ko’ra kambag`alroq bo’lib chiqadi, shaharlari va tsi-vilizatsiyasi bo’lmaydi. Mahalliy xalqda oltin va kumush uchrasa-da, lekin kutilgan darajadagidan ancha kam bo’ladi. Tez orada Kolumb saroyning g`azabiga yo’liqdi. U 1506 yilda Kolumb qashshoqlikda va hammaning nazaridan qolib chetda o’lib ketdi. Viloyat shaharlaridan biri Validolidda vafot etgan Kolumb-ning o’limidan zamondoshlari mutlaqo bexabar qoldilar.
Kolumb ochgan qitaga Amerika degan nom boshqa bir ital-yan, florentsiyalik Amerigo Vespuchchi (1452—1512) nomidan olib berildi. Amerigo «YAngi yerga» bir necha marta sayohat qilib, Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy qirg`oqlarini batafsil tekshirib chiqdi. Amerigoning dengiz sayohatlari to’g’risidagi 1507 yilda nashr etilgan hikoyalar to’plami juda mashhur bo’lib ketdi. Kartograflar Kolumb kashf qilgan yerlarni 1507 yildayoq o’z kartalarida «Amerigo yerlari» degan umumiy nom bilan ko’rsata boshladilar. Keyinchalik «Amerigo» degan nomni eski qit’alar-Osiyo, Yevropa, Afrika nomlariga monandlashtirib «Amerika» deb o’zgartirdilar.
Kolumb kashfiyoti Portugaliya bilan Ispaniya o’rtasida yangi yerlar uchun raqobat chiqishiga sabab bo’ldi. Nizoning oldini olish uchun har ikki davlat 1494 yilda Tordessilyas shahrida o’zaro shartnoma tuzdi. Bu shartnomaga muvofiq YAshil Burun orollaridan g`arbga tomon 2053 kilometr narida Qutbdan-Qutbga qarab chegara chizig`i tortildi. Bu chiziqning g`arb tomonida yangi ochilgan hamma yerlar ispanlarga, sharq tomonidagi yerlar portugaliyaliklarga qaraydigan bo’ldi, ammo bu chegara chizig`i butun yer sharini kesib o’tmaganligi, balki faqat G`arbiy yarim-shardangina o’tganligi tufayli ispanlar .bilan portugaliyalik-lar Molukka orollarida duch kelib qoldilar va o’rtada nizo chiqdi. SHundan keyin 1529 yilda Saragosda yangi shartnoma tu-zilib, bu shartnomaga muvofiq SHarqiy yarim sharda Molukka orollaridan sharq tomonda 17° da yangi chegara chizig`i tortildi. Mustamlaka duiyosini birinchi marta taqsimlash ana shu tarzda ro’y bergan edi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə