O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Portugaliyaliklarning Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochishlari. G`arbiy Afrikadagi qul savdosi va Yevropa dalvatlarning istilochilik yurishlari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə115/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

Portugaliyaliklarning Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochishlari. G`arbiy Afrikadagi qul savdosi va Yevropa dalvatlarning istilochilik yurishlari.
XV asr davomida portugaliyaliklar mavrlar bi-lan bo’lgan urush jarayopida va ular bilan olib borgan savdo-sotiq natijasida Afrikaning shimoli-g`arbiy qirg`oqlariga ki-rib bordilar. 1415 yilda Seutaning istilo qilinishi portuga-liyaliklarga Afrikaning g`arbiy qirg`oq sohili bo’ylab janubga tomon siljib borish uchun muhim baza yaratib berdi.XV 2-soragidan boshab G`arbiy Afrikada qirg`oq bo`yi hududlariga portugallar va ispanlarning kirib kelishi boshlandi. 1434-1482 yillar oralig`ida portugallar va isponlar Baxodor orolidagi Kongo daryosigacha bo`lgan barcha hududlarga o`rnaShib olishdi.
Zangori Missa orollari portugallar tomonidan 1450-62 yillarda qul savdosining 1-markaziga aylantirildi. Ayniqsa 1475 yil G`arbiy Afrika qirg`oqlariga suqulib kirib kelish kuchaydi.Bunga sabab Lissabonlik savdogar Fernando GomesningAnkobra va Vol`ta daryolari oralig`idan oltinga boy bo`lgan hududni topib olganligi bo`ldi. Bu hududda yaShovchi fanti qabilasi Afrika xalqlari ichida portugallarning 1-qurboni bo`ldi.
Portugallar Oltin Qirg`oqda 1482 yilda San Xorxeda Mina (Ellina) toSh fortini bunyod qilishdi. Dastlabki vaqtlarda qul savdosi uncha muxum bo`lmagan, sababi Evropada bunga extiyoSh yo`q edi.
16-asrning oxirlariga qadar Portugaliya G`arbiy Afrikadamavjud bo`lgan yagona davlat edi. Portugallar Senegal va g`ambiya daryolari orqali qit`aning ichiga kirib borishdi, ular 1534 yilda Mali, 1565 yilda esa Tombukgu hududlariga etib kelishdi. Portugallarning asosiy e`tibori quyi Gvineyaga qaratilgan edi. Ular bu xududni 4 qismga bo`lishdi va ularniana Shu yerda mavjud bo`lgan maxsulotlarning nomi bilan aytishdi: Ziravorlar qirg`og`i, Fil suyagi qirg`og`i, Oltin qirg`oq, Tutqunlar qirg`og`i. Portugaliyalik savdogarlar asosan Oltin qirg`oq va Fil suyagi qirg`og`ida faolroq harakat qilishar edi. Ular Elminadan tashqari Aksim, SHame kabi fortlarni barpo qilishdi.
Janubiy Nigeriya qirg`oqlari portugaliyaliklarni nixoyatda qiziqtirib qo`ydi. Kuchli yoruba davlatlari portugaliyaliklarini ichkariga kirib borishga to`sqinlik qilishgan. Benin davlati portugal maxsulotlari evaziga oz miqdorda ziravor berishgan. Bu portugallarni 1486 yilda Gvato portida savdo punkti qurishga undadi, lekin bu port 1506 ylda tashlab ketildi, chunki u ko`p foyda bermas edi. Bundan tashqari portugal maxsulotlari beninliklarin qiziqtirmas edi. Fernando Po va San Tome orollariga o`rnaShgan portugallar orollarda plantatsiya xo`jaligini yo`lga qo`yishdi. Benin Niger va J.Nigeriya bilan bo`lgan uruShlarda asir tushganlarin portugallarga sotgan. Ular esa qullarni Shakarqamish plantatsiyalarida ishlatishgan va Oltin qirg`oqda sotishgan. Portugallarning asosiy foyda olish Braziliyani kolonizattsiya qilinishidan boshlandi.
Bu davrda Ispaniya, Angliya, Frantsiya tomonidan egallangan Amerika yerlarida plantatsiya xo`jaligi rivojlangan edi. Qullarga talab kuchli edi. Bu Yevrorpa istilochilari o`rtasida qul savdosini kuchaytirdi. Faqatgina portugallarning o`zi 1530-1600 yillarda 900 ming Afrikalikni Amerikaga olib keldi.
1610 yilda portugaliya monapoliyasi tugatildi. Bunga gollandlarning Vest-Indiya kompaniyasining g`arbiy Afrikadagi fortlarni istilo qilish sabab bo`ldi. 17-asr 1-yarmida gollandlar Afrikalilarni ispan koloniyalariga jo`natish bo`yicha birinchilikni olishdi. G`arbiy va Markaziy Afrikdagi Gollandiya, Angiliya, Fransiya, Ispaniya,Daniya, Brendenburg o`rtasida qus savdosidagi monopoliyani qo`lga kiritish uchun kurash qizib ketdi.
Angliya va Frantsiya yirik savdo kompaniyalarini tuzishda va ularga ko`p huquqlar berib qul savdosidagi monopoliyaga aylantirdilar. 1664 yil tashkil etilgan fransuzlarning va Angliyaning 1672 yil «Qirollikning Afrika kompaniyasi» Shunday edi.
Fransuzlarning tanch nuqtasi Senegal xavzasi edi. Frantsuzlarning 1-postlari 1630 yil Senegalda qurildi. So`ngra Sen-Luida, gollandlardan tartib olingan Arguln va Gorida ham postlar qurildi. Gori tezda fransuzlarning G`abiy Afrikadagi asosiy bazasiga aylandi.
Ishchi kuchiga bo`lgan extiyoj qul savdosini o`sishShiga olib keldi. 17-asrda Amerikaga 2 mln.7500 ming qul kelirilgan. Bu Afrika xalqlari uchun fojiyaga aylandi. ZamindoShlarning guvoxlik berishicha har 6-ta Afrikalik yo`lda xalok bo`lgan.
Qul savdosi natijasida G`arbiy Afrikada ishlab chiqarish va mudofaa soxasi iqirozga uchradi va urf-odatlarni salbiy tomonga o`zgarishiga ma`naviy ta`sir ko`rsatdi.
Portugaliyada dengiz sayohatlariga hukumatning o’zi homiy-lik qilardi. Infant (SHahzoda) Genrix-Dengiz sayyohati (1460 yilda vafot etgan) G`arbiy Afrika qirg`oq bo’ylarini tekshirish uchun katta flot qurdi. 1445 yilda shahzoda Genrix hali hayot ekanligida portugaliyaliklar YAshil Burunni ochdilar. 1471 yilda ular Gvineyaga borib yetdilar va u yerda Oltin qirg`oq deb atalgan joyda kuchli harbiy faktoriya urdilar. Portugaliyaliklar janub tomonga siljishni davom ettirib, 1486 yilda Afrikaning janubidagi Bartolomeo Dias (1459-1500) tomonidan kashf etilgan Yaxshi Umid buruniga borib yetdilar. SHundan keyin qidirilayotgan Hindistonni topish ham qiyin bo’lmay qoldi. Vasko da Gama (1469-1524) boshchiligida to’rtta kemadan iborat kichik bir flotiliya 1497 yil yozida Lissabondan chiqib, 1498 yil bahorida Hindistonning g`arbiy qirg`oqlariga borib yetdi va Kalikuta shahriga tushdi. 1499 yilning avgustida sayyohlar kemalarga oltin va hind ziravorlarini ortib qaytib keldilar. Ikki yil davom etgan mashaqqatli dengiz sayohati vaqtida komapdaning 168 a’zosidan faqat 55 kishi tirik qoldi.
Vasko da Gamaning kashfiyoti Portugaliyada g`oyat katta ta’-sir qoldirdi. Bu kashfiyot munosabati bilan Portugaliya qiroli Monoelga (1495-1521) «Baxtiyor» laqabi berildi va «Hin-diston hokimi» degan unvon oldi.
Keyinchalik Portugaliyaning eng atoqli shoirlaridan Luis Kamoens Vasko da Gamaning sayohatiga atab «Luziana» degan katta bir doston yozadi (1572). Klassik dostonlar «Iliada», «Odisseya» va “Eneida”ga taqlid qilib, Kamoens o’z dostonini bunday deb boshlaydi: «Men Portugaliya qirg`oqlaridan chiqib, noma’lum dengizlar orqali yerning narigi tomoniga ketgan mashhur qahramonlar haqida ...mislsiz botirlik ko’rsatgan, dong`i ko’klarga yetuvchi yangi imperiyaga negiz solgan yengilmas jangchilar haqida kuylamoqchiman».
Hindistonning g`arbiy va qisman sharqiy qirg`oq bo’ylarini, shuningdek, Malakkani portugaliyalik boshqa admirallar -Almeyda (Portugaliya qirolining Hindistondagi birinchi noi-bi (1505-1508) va Albukerk (1509-1515) batamom bosib ola-dilar. Goa shahri (Kalikutaning shimolida) Portugaliya qiroli noiblarining poytaxti bo’lib qoladi. Qizil dengizning Hind okeaniga tutashadigan joyida qurilgan Adan shahri va Fors qo’ltig`idagi Ormuza shahrining bosib olinishi Portugaliyaning Hindistondagi hukmronligi uchun g`oyat katta ahamiyatga ega bo’ldi, bu shaharlar savdo va strategiya jihatidan muhim punktlardir. Bu bilan portugaliyaliklar Hindistondan Qizil dengiz orqali Aleksandriyaga o’tadigan va Hindistondan Mesopotamiya orqali Suriyaga o’tadigan eski savdo yo’llarini tamomila bekitib qo’ygan edilar. XVI asrning 20-yillaridayoq portugliyaliklar Zond arxipelagining anchagina qismini bosib olgan edilar. Ana shu tariqa qisqa bir muddat ichida Portugaliyaning katta bir mustamlaka imperiyasi vujudga keldi. Portugaliyaliklar ziravorlar savdosini o’z qo’llariga olib, italyanlarning savdo monopoliyasiga zarba berdilar. Aleksandriya va qisman Venetsiya o’rnini Portugaliyaning poytaxti Lissabon shahri egalladi.
Hindistonda, qisman Hindi-Xitoydagi (Malzchka) va Iidone-ziya orollaridagi asosiy mustamlakalaridan tashqari, portugaliyaliklar XVI asr boshlarida yana Amerikaning Braziliyasini ham bosib olgan edilar. Braziliya uzoq vaqt davomida Hindistonga boradigap ikki yo’l o’rtasidagi bekat bo’lib xizmat qilib kelgan edi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə