O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


II.1. Italiyada siyosiy tushkunlikning boshlanishi siyosiy tarqoqlik



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə120/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

II.1. Italiyada siyosiy tushkunlikning boshlanishi siyosiy tarqoqlik.
Italiyaning siyosiy tarqoqligi Italiya XVI asrda siyosiy jihatdan ilgarigidek tarqoq mamlakat bo`lib qolaverdi. Davlatlardan kattaroqlari: shimolda — Venediya, Genuya, Milan hamda Savoyya va P`emont gertsogliklari, o`rta Italiyada — (1531 yilda Taskaniya gertsogligiga aylantirilgan) Florentsiya va papa davlati; janubida— Sitsiliyani ham o`z ichiga olgan Neapol` kirolligi bo`lgan. Bundan tashqari, o`nlab mayda «mustaqil» davlatlar bo`lgan.
Respublika tuzumi deyarli hamma yerda monarxiya tuzumi bilan almashtirildi. Milanda kondot`er Sforts oilasi gertsog unvonini oldi. Florentsiyada medichilar avlodi Toskaniya gertsoglari unvoniga ega bo`ldi. Papa viloyatida papalar mutlaq monarxga aylanib, ular o`z chegaralarini kengaytirish uchun mumkin bo`lgan hamma vositalarini ishga soldilar. Aleksandr VI Borjia (1492—1503), YUliy II (1503—1513) va Lev X Medichi (1513—1521) degan papalar o`zlarining dabdabali hayotlari, harbiy za diplamatiya sohasida yurgizgan murakkab siyosatlari, ital`yan dinastiyalari bilan shaxsiy va nasabiy aloqalariga qaraganda yepiskoplardan ko`ra ko`proq dunyoviy hokim edilar1.
Mayda bo`laklarga ajralib ketgan tarqoq Italiya muttasil fitnalar, yashirin diplomatik makrlar, o`zaro mayda adovat, janjal va urushlar maydonidan iborat edi. Bo’larniig hammasi boshqa yirik chet mamlakatlarning Italiya ishlariga aralashuviga sabab bo`lardi. 1494 yildan Italiyaga frantsuz feodallari bostirib kira boshladi. Italiya bilan Frantsiya o`rtasidagi urush to`xtab-to`xtab 60 yildan ortiqroq davom etdi va faqat 1559 yilda to`xtadi. Frantsuzlardan tashqari XVI asrda gabsburglar dinastiyasining vakili bo`lgan imperator Karl V hukmronligi ostida qolgan ispan va german feodallari ham Italiyaga bostirib kirdilar. Frantsuz, ispan va german qo`shinlari Italiyani taladilar va xonavayron qildilar. XVI asrning birinchi yarmida hali ham qudratli bo`lgan Turkiya imperiyasiga qarshi kurashda Venetsiyaga katta kuch sarflashga to`g`ri keldi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə