O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Keyingi uyg`onish. XVI asriing ikkinchi yarmida italyan madaniyati



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə122/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

3. Keyingi uyg`onish. XVI asriing ikkinchi yarmida italyan madaniyati.
Keyingi uyg`onishmamlakatda iqtisodiy tushkunlik boshlanganiga va siyosiy vaziyatning og`ir bo`lishiga qaramasdan, Italiya XVI asrning birinchi yarmida hali buyuk gumanistik madaniyat markazi bo`lib qola berdi. Utmishda to`plangan moddiy boyliklar hamda XVI va XVII asrlarda yetishib chiqqan olimlar, yozuvchilar, rassomlar, haykaltaroshlar, arxitektorlar va uyg`onish madaniyatining boshqa namoyandalari xuddi mana shu vaqtda eng yetuk samaralarini berdi. Florentsiyaning eng mashhur siyosiy arbobi Nikkolo Makiavelli (1469-1527) ulkan mutafakkir, tarixchi, huquqshunos va faylasuf bo`lgan. Makiavelli «Florentsiya tarixi»ning muallifi hamda qadimgi Rim tarixchisi Tit Liviy va antik davrdagi boshqa avtorlar yozgan asarlarning sharxlovchisidir. Ammo u ayniqsa o`zining «Podshoh» degan (taxminan 1512 yilda yozgan) kitobi bilan shuhrat qozongan. Makiavelli bu kitobida Italiyaiing o`sha davrdagi ilg`or sinflarining milliy birlik yo`lidagi intilishlarini yaqqol ifodalab bergan. Makiavelli o`z zamonasidagi ital`yan shahar respublikalari siyosiy tuzumining inqirozini aks zttirsa ham, respublikachilik qarashlardan voz kechadi u butun umidini monarxiyaga bog`laydi va monarxiya Italiya tang tarqoqligiga barham berib, uni Ispaniya va Frantsiyaga o`xshash markazlashgan yagona davlatga aylantirish kerak, deb umid qiladi. Makiavelli «Podshoh» asarida katta tarixiy tajribani umumlashtirdi. Makiavelli XV—XVI asrlardagi g`arbiy Yevropa kirollari va hukmronlarining (ayniqsa Frantsiyadagi Lyudovik XI Italiyadagi TSezar` Borjianing) amaliy ishlarini o`rganib, Yevropa olimlari orasida birinchi o`larok o`z kitobida absolyutizm nazariyasini beradi, u absolyutizmni shunday bir davlat deb qaraydiki, unda huquqning negizi zo`rlikdir, unda monarxlar hech qanday printsiplarga yoki axloq qoidalariga amal qilmaydilar, balki faqat o`z manfaatlari nuqtai nazaridangina ish qiladilar. Keyinchalik Makiavellining «Podshoh» asari Yevropadagi va hatto SHarqdagi ko`pgina monarxlar uchun uzoq vaqtgacha dasturilamal bo`lib qoldi, monarxlar o`z absolyut va mustabid siyosatida Makiavellining maslahatlarini amalda qo`llanib keldilar.
Keyingi ital`yan Uyg`onish davrida tabiiyot va matematika fanlari sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Mashhur Leonardo da Vinchi (1452—1519) eng ajoyib olim — injener, fizik, anatom, matematik, astronom va geolog bo`p`sh bilan :birga g`oyat ulug` rassom ham bo`lgan.
Leonardo da Vinchi yaratgan «Pinxoniy tanavvul», «Madonia Litta», «Jokonda» singari kartinalar Uyg`onish davridagi ital`yan san`ati ravnaqining buyuk namunalari sifatida butun dunyoga mashhurdir. Leonardo da Vinchidan boshka yana Mikelanjelo Buonarotti {1475—1564), Rafael` Santi (1483—1520) va Vechel`o Titsian (1477—1576) kabi genial rassomlar va haykaltaroshlar Uyg`onish davrining buyuk san`atkorlari bo`lishgan.
Mikelanjelo buyuk haykaltarosh va rassom bo`lib, tavrot va antik syujetlarda juda ko`p asarlar yaratgan, u o`zinipg asarlarida zavk, kuch va g`ayrat barq urib turgan azamat figuralarni tasvir etadi. Rafael` onalik go`zalligini g`oyat yerqnn tasvir etg`an ko`plab madonnalari bilan mashhurdir. U yaratg`an «Sikstiya madonnasi» (Drezden gallereyasida saqlanadi) ayniqsa mashhurdir. Bu asar rasmning alohida nafisligi va nozik-ligi bilan ajralib turadi.
Titsian portretlar san`atkoridir. Frantsisk I va Qarlning ham ko`pgina portretlarnni Titsian chizgan, bu asarlar g`oyat chukur realistik uslubda ishlangan.
Rimdagi avliyo Pyotr sobori keyingi Uyg`onish davridagi Italiya arxitektura san`atining g`oyat buyuk yodgorligidir. Bu sobor butun asr davomida qurilgandir (1506 yilda boshlanib, 1590 yilda qurilib bo`lgan). Uning balandligi 132 metr bo`lib, 15 ming kv metr maydonni egallaydi. ( Sofiya esa 6800 kv. metr maydonni egallaydi). Sobor Uyg`onish davrining arxitektura uslubida boshlanib, shundan ancha keiingi barokko uslubi elementlari bilan chatishib ketgan.
XVI asrning ikkinchi yarmida ham Italiyaning iqtisodiy tushkunligi davom etdi Italiya yangi jahon savdo markazlaridan tobora chetlasha bordi. Gabsburglarning Valua bilan bitim tuzishi natijasida Italiya 1559 yilgi Kato-Kambreziya sulhiga muvofiq uzil-kesil Ispaniya hukmroiligi ostiga o`tadi (Neapol`, Milan va boshqalar). Xorijiylarning og`ir milliy zulmi hukmronlik kilgan uzoq davr boshlanadi. Mamlakatning ichki savdo va sanoati yana pasayadi. Ayrim shaharning aholisi bir necha baravar kamayib ketadi. Feodal dvoryanlar va klerikal elementlashning ahamiyati kuchayadi. O`z pomeshchiklariga to’laydigan soliklar dastidan ezilgan dehqonlar yana buning ustiga juda kup va og`ir davlat soliqlari ham to`lashga majbur bo’ladilar, bu soliqlardan keladigan daromad Italiyadagi mayda va juda mayda davlatlarning harajatiga, qisman chet el feodallari foydasiga sarf qilinadi. Mamlakatda banditizm avj olib kundalik hodisaga aylanib qolgan edi. Bu sharoitda ital`yan madaniyati pastlab ketadi. Mashhur ital`yan shoiri Torkvato Tasso (1544—1595) salib yurishlari syujetini uz ijodining mavzusi qilib oladi («Ozod qilingan Isrusalim» dostoni) va ritsarlikni hamda diniy xurujni ko`klarga ko`tarib maqtaydi. Ilmiy tekshirishlar endi Italiyada kuvg`in ostiga olinadi. Kopernik ta`limotini targ`ib qilgan ital`yan olimi astronom Galileo Galiley (1564-1642) inkvizitsiya turmasiga tashlanadi va Kopernik qarashlariga qo`shilganligidak hammaning oldida voz kechishga majbur bo`ladi. Inkviziiiya Galileyni umrbod qamoqqa hukm qilib, bu hukmni qishloqqa surgun qilish bilap almashtiradi. Galiley umrbod inkvizitsiya ta`qibi ostida bo`lib, qishloqda vafot etadi. YAna bir olim — astronom, shoir va faylasuf Jordano Bruno (1548—1600) ham papa inkviziyasining hukmiga muvofiq gulxanga tashlanib kuydirildi.
Barokko—Yevropada XVI asrnnng ikkinchi yarmi, XVII asr va qisman XVIII asrda tarqalgan arxitektura uslubi; minora shakli, shuningdek, koshinkorlik bezaklaridan keng foydalanganligi bilan xarakterlanadi; barokkoda gotik arxitektura elementlari Rennessans arxitekturasi belgilari bilan chatishadi.
XVI asrning oxirlari va XVII asrning boshlarida yashagan dominikanlik monax Tomazo Kampanello (1568—1639) Italiyaning atoqli mutafakkirlaridan biri edi. Kampanella 1600 yilda ispan Gabsburglarining zulmiga qarshi Kalabriyada ko`tarilgan qo`zg`olonda qatnashdi. Kampanella qo`zg`olon vaqtida qamoqqa olinib, salkam 25 yil umrini har xil turmalarda o`tkazdi. U turmada ekanida utopik xarakterdagi «Quyosh shahri» degan asarini yozdi. Kampanella bu asari negizida va mehnatni planli tashkil etish asosiga qurilgan ideal kommunistik jamiyat tuzumini tasvirlaydi, u tasvirlagan jamiyatda xususiy mulk, tekinxo`rlar bo`lmaydi, ortiqcha mehnat bilan band bo`lmagan kishi o`z jismoniy va ma`naviy kuchlarini garmonik tarzda kamol topdiradi. Qampanellaning «Quyosh shahri» asari Morning «Utopiya»si bilan birgalikda Yevropada sotsial fikrning ilk rivojlanishini aks ettirgan, eng ajoyib asar bo`lgan edi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə