O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə170/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
O`rta asrlarМажмуа

Avtomatlarinng kashf etilishi. XVI-XVII asrlarda Yevropada soat ishlab chiqarish tobora kengayib bordi. XV asrning oxirlarida prujinali cho’ntak soatlari yaratildi. Soat ishlab chiqarish markazlari turli mamlakatlarda: Fransiyada (Parij), Niderlandiyada (Antverpen va Amsterdam), Shvetsariyada (Jeneva va Gevshatel) bunyodga kelgan edi. XVII asrning o’rtalarida Gollandiyada mayatnikli devor yoki minora soatlari ixtiro qilindi (XVI-XVII asrlarda tabiiyotning muvafafhiyatla-ri hahidagi navbatdagi bo’limga harang). Soat o’rta aerdan yangi zamonga o’tish davridagi dastlabki ma'lum avtomat edi. Ayni vahtda manufaktura davrida tegirmonlar tobora keng tarhaldi.
Asrning boshlari va o’rtalarvda tegirmonlar, asosan, shamol va suv yordamida ishlardi. XVI-XVII asrlarda sanoatda ham tegirmonlar - movut maydalab beradigan. . Bu avtomatlar keyinchalik sanoatda ish mexanizmlarining ixtiro qilinishiga bevosita ta'sir ko’rsatdi.
Soat amaliy maqsadda foydalanilgan dastlabki avtomatdir. Soat asosida bir tekis harakatdagi ishlab chiqarishning butun nazariyasi rivojlandi. Yana shu narsaga ham sira shubha yo’qki, XVIII asrda soat birinchi marta avtomatlarni (xuddi shu prujinali avtomatlarni) ishlab chiqarishga tatbiq etish fikriga olib keldi.
Ikkinchi tomondan ,suv tegirmoni barpo etilgan paytdan boshlaboq tegirmonda mashina organizmining hamma muhim elementlari ; mexanik harakatlantiruvchi kuch , shu kuch yordamida ishlaydigan dastlabki dvigatel; o’tkazuvchi mexanizm; va nihoyat materialni qamrab oluvchi ish mashinasi, bu elementlarning hammasi bir - biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir».
Yangi tabiatshunoslik.
o’arbiy Yevropada xo’jalikning kapitalistik formasi paydo bo’lishi va murakkabroq texnikaning taraqqiy qilishi bilan tabiatga qiziqish kuchaydi. Uyg’onish davrida faqat gumanitar fanlar va tasviriy san'atgina rivojlanib qolmay, balki aniq matematik va tabiiy fanlar ham g’oyat zo’r muvaffaqiyat bilan rivojlana boshlagan edi.
Tarixchilar bu davrdagi tabiatning revolyutsion rolini quyidagicha xarakterlagan edi: «hozirgi zamon tabiat ilmi, greklarning genial gumonlariga, arablarning ahyon-ahyonda, tasodifiy ravishda qilgan tekshirishlariga qarama-qarshi o’laroq, chinakam fan deb atash mumkin bo’lgan, birdan-bir hozirgi zamon tabiati, byurgerlar feodal qudratini sidirib tashlagan, shaharlilar bilan feodal dvoryailar o’rtasidagi kurashning orqa planida isyonchi dehqonlar va ularning ketida hozirgi proletariatning qo’lida qizil bayroq ushlagan, dilida kommunizmni jo kilgan revolyutsion o’tmishdoshlari ko’rinib turgan vaqtidagi shu narsa xarakterliki , hozirgi zamon ingliz tilida tosh so’zi ayni vaqtda un tegirmonini va ip yigirish-to’qish fabrikasini bildirib, shu tarzda sanoat ishlab chikarishi taraqqiyotining tarixini yaqqol aks ettiradi.
Hoyat zo’r davrdan boshlanadiki, bu davr Yevropada yirik monarxiyalarni barpo qildi, papalarning diniy diktaturasini yemirdi, greklar qadimiyatini tikladi va shu bilan birga yangi zamonda, eski dunyo chegaralarini sindirib - buzib tashladi, birinchi marta, aslini aytganda, yerni kashf etgan yangi zamonda san'atni hoyat yuksaltirdi.
Bu, yer yuzida to hozirgacha yuz bergan revolyutsiyalarning eng buyugi edi. Ana shu revolgotsiya muhitida rivojlanib borgan tabiatshunoslik tamomila revolyutsion edi, u ulug’ italyanlarning uyg’onib kelayotgan yangi falsafasi bilan monand bo’lib mahkam bog’langan, uning jafokash namoyandalari gulxanlarga va zindonlarga tashlangan edi».
Leonardo da Vinchining olim, matematik va fizik sifatida g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lganligini yuqorida aytib o’tgan edik. XVI va XVII asrlarda olam to’grisida kishilarning traditsion tasavvurlarini tubdan o’zgartirgan genial astronomlarning butun bir pleyadasini yetishtirib berdi. Bu pleyadada olamning tuzilishi to’g’risida yangi ta'limot yaratgan, ya'ni gelpotsentrik sistsmani (Yer va boshqa planetalarning quyosh atrofida aylanishi haqidagi ta'limotni) yaratgan polyak olimi Nikolay Kopernik (1473-1543) g’oyat faxrli o’rin tutadi.
«Din sohasida Lyuteryanning papa bo’llasini kuydirishi ham o’rin tutgan bo’lsa, tabiatshunoslikda qopernik ijodi ham shunday o’rin tutgan edi». Qopernik ta'limotini Italiyada keng yoygan va uning ishini davom etirgan mashhur Jordano Bruno (1550-1600) bo’ldi. Uning filosofik qarashlari bilan cherkov dogmalariga qarshi chiqqan Bruno inkvizitsiya changaliga tushib, Rimda o’tda kuydirilgan va undan oldin ko’p vaqtlar turmada qamoqda yotgan edi. German astronomi Iogann Kepler (1571 - 1630) va italyan olimi G a l ileo Galiley (1564-1642) yangi astronomiya nazariyasining to’g’ri ekanligini uzil-kesil isbot etgan edilar.
Frantsuz olimi filosof Rene Dekart (1596-1650) matematika sohasida g’oyat katta kashfiyotlar qilgan edi, u algebra tenglamalari bilan geometriya o’rtasida bog’lanish borligini belgilagan va yangi fan - analitik geometriyani kashf etgan edi.
Galileyning shogirdi Torrichelli (1608-1647) fizika sohasida suyuqliklar mexanikasi yuzasidan katta kashfiyotlar qildi. Gaz massasining hajmi va tashqi bosim to’g’risidagi mashhur qonunni ayni bir vaqtda ikki mamlakat olish , Angliyada B o y va Fransiyada M a r i o t t 1660 va 1680 yillar o’rtasida kashf qilgan edilar.
Gollandiya olimi Xristian Gyuygens (1629-1695) kashf kilgan mayatnik harakati haqidagi ta'limot mexanik fizikada juda muhim ixtiro bo’ldi. Uning «Chayqaluvchi soat yoki mayatnik harakati to’g’risida» degan asari Parijda 1673 yilda nashr etildi. Ammo bundan ilgari 1653 yildayoq Gyuygens mayatnik soat konstruktsiya qilgan va bu soat tezda keng tarqalib ketgan edi. Koya aylanishining ixtiro qilinishi ko’plab sohalarda yirik kashfiyot bo’ldi.
1553 yilda Jenevada Kalvin tomonidan o’tda kuydirilgan ispan vrachi Migel Servet (1511-1553) bu kashfiyotga ancha yaqinlashib qolgan edi. Qon aylanishi harakatini «hayvonlarda yurak va qon harakati haqida atomik tadqiqot» degan ilmiy asarning avtori ingliz vrachi VayashiViliam Garvey (1578-1657) 1628 yilda uzil-kesil ixtiro qildi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə