O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Mavzu – Avtomobil yo’llari va undagi inshootlarni loyihalash



Yüklə 427,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix28.11.2023
ölçüsü427,27 Kb.
#137778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Avtomobil yo`llarini avtomatlashtirilgan loyihalash

2-MA’RUZA.
 
Mavzu – Avtomobil yo’llari va undagi inshootlarni loyihalash 
jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari 
 
Reja 
1.
Loyihalashga tizimli yondashish.
2.
Yo’llarni avtomatlashgan loyihalash tizimlari haqida tushuncha. 
3.
Avtomatlashgan loyihalash tizimining tuzilishi.
4.
Avtomatlashgan loyihalash tizimining ta’minlash vositalari. 
5.
Avtomatlashgan loyihalash tizimida modellashtirish va loyiha echimlarini 
optimallashtirish.
6.
Avtomobil yo’llarini loyihalashda qo’llaniladigan zamonaviy dasturlar 
haqida ma’lumot (AutoCAD, CorelDRAW, CREDO, Robur, GIP, 
PLATEIA, PYTHAGORAS, MX Road, IndorCAD/Road).
7.
AutoCAD dasturi va uning imkoniyatlari.
8.
CorelDRAW dasturi imkoniyatlari va unda loyiha chizmalarini tayyorlash.
Tayanch so’zlari: 
tizimli yondashish, loyihalash tuzilishi, modellashtirish, 
optimallashtirish, zamonaviy dasturlar, avtomatlashgan loyihalash, dasturlar, 
zamonaviy texnologiyalar. texnik ta’minlash, AutoCAD dasturi, CorelDRAW 
dasturi.
Bugungi kungacha tuplangan tajribalar shuni ko’rsatadiki, loyihalashda 
matematik 
uslublarni 
va 
loyihalashning 
avtomatik 
tizimlarini 
qo’llash 
loyihalanayotgan ob’ektlarning sifatini oshiradi va qurilish bahosini sezilarli 
pasaytiradi, shu bilan birga loyihani ishlab chiqish muddatini bir qancha kamaytiradi. 
Avtomatlashgan loyihalash samarali bo’lishi uchun loyihalashning avtomatik 
tizimlarida ba’zi bir hisoblarni bajarish va avtomatlashgan loyihalash tizimiga o’tish 
talab etiladi. Bunda ma’lumot yig’ishdan boshlab ma’lumotlarni qayta ishlash va 
loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirishni tugatishgacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga 
oladi.
Avtomatlashgan loyihalash tizimi (ALT) - tashkiliy-texnik tizim bo’lib, loyiha-
qidirish ishlarini texnologiyasini tuzishni ta’minlab beradi, shu bilan birga 
loyihalashning avtomatik tizimlari va boshqa avtomatlashtirish vositalarini keng 
qo’llab, belgilangan muddatda eng kam mehnat sarflab eng maqul loyiha echimiga 
ega bo’lishni ta’minlaydi.
Shuni hisobga olish lozimki, avtomobil yo’llarini avtomatlashgan tizimini (AY 
ALT ni) qo’llash, umuman loyiha ishlarini bajarishda loyihalashning avtomatik 
tizimlaridan foydalanish, hamma loyihalash jarayonini avtomatlashtirishga olib 
kelmaydi, chunki avtomatik jarayon deganda inson ishtirokisiz bo’ladigan jarayonlar 
nazarda to’tiladi. Loyihalashning avtomatik tizimlaridan foydalanish loyihalashdagi 
ba’zi bir qiyin va murakkab jarayonlarnigina avtomatlashtirish imkonini beradi, 
masalan qidirish materiallarini qayta ishlash, ma’lumotlarni qidirish, hisoblashlar, 
chizma-grafik ishlar. Avtomatik va avtomatlashgan loyihalashni bir biridan alohida 
tushunish kerak.
Avtomatik loyihalash jarayonida ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish 
boshqaruvchi komandalar muxandis-loyihachi ishtirokisiz avtomatik ravishda amalga 


10 
oshiriladi. Bunda loyihachi loyiha jarayonining bosh bosqichida ishtirok etadi, ya’ni: 
loyihalashga topshiriqni tayyorlash va olingan loyiha echimini baholash va unga 
keyinchalik o’zgartirishlar kiritish bosqichida. Avtomatlashgan loyihalashda 
muxandis loyihalovchi bevosita loyiha echimini ishlab chiqish jarayonida ishtirok 
etadi va loyihalash jarayonini kerakli o’zanga yo’naltirishi mumkin.
ALT ni qullashda katta samaradorlik loyihada eng muxim echimlar qabul 
qilinayotgan bir bosqichda inson har-xil ijodiy faoliyatini avtomatlashtirish natijasida 
yuzaga keladi (masalan, avtomobil yo’lining o’qini yunalishini tanlashda, bo’ylama 
kesimda loyiha chizig’ini yotish holatini belgilashda va b.). AY ALT inson va EHM 
imkoniyatlarini optimal uyg’unlashtirishga imkon beradi. EHM va boshqa texnik 
vositalar yordamida ALT ma’lumotlarni qidirish, hisoblashlar, chizma-grafik va 
bosma ishlarini tezlikda bajarishni ta’minlaydi. Loyihalovchi og’ir va murakkab 
ishlardan ozod bo’lgach o’zining muxandislik faoliyatida ijodiy masalalarga 
yondashish va e’tibor qaratish imkoniga ega bo’ladi. AY ALT ni tuzishda bizning 
mamlakatimizda, xuddi shunday xorijda xam uning vazifasiga, tuzilishiga va 
foydalanish usuliga nisbatan bir xil shart sharoit belgilanadi. Bunda katta doiradagi 
masalalar echiladi, shulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 
-
Ob’ekt turi va murakkabligidan, loyihalash bosqichlaridan kelib chiqib 
EHM va muxandis loyihalovchi o’rtasidagi vazifalarni optimal taqsimlashni 
aniqlashtirish; 
-
Hisoblash, chizma-grafik va boshqa ish turlarni avtomatlashtirish uchun 
dastur ta’minotini yaratish; 
-
Boshlang’ich 
ma’lumotlarni 
olish 
va 
ularni 
qayta 
ishlashni 
avtomatlashtirish, birinchi navbatda topografik ishlarni; 
-
Chizma-grafik ishlarni avtomatlashtirish; 
Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalashning ko’pchilik mavjud 
tizimlari bir xil umumiy printsiplarga asoslanadi: axborot birligi, tizim birligi, 
komplekslilik, o’rindoshlilik, rivojlanishlik.
Muxandis-loyihalovchi tomonidan ALT texnik vositasi yordamida qurilish 
ob’ektining matematik modelini tuzish ijodiy jarayonida, bu modelning yutuq va 
kamchiliklarini tezlikda taxlil qilish loyihalashda yangi sifatli jixatnini aniqlab beradi, 
ya’ni muxandis loyihalovchi EHM bilan muloqat vaqtida har tomonlama ko’p sonli 
variantlarni taxlil qiladi, loyiha echimlarini optimallashtirishni amalga oshiradi va 
natijada keyingi loyihalash ishlari uchun eng maqul variantni tanlab olishga erishadi.
ALT-bu yangi tashkiliy tizim bo’lib, uning asosini uslubiy, dasturiy, axborot, 
texnik va tashkiliy ta’minot komponentlari tashkil qiladi. ALT darajasida loyihalash 
hamma loyiha-qidiruv ishlarini qayta qurishni, ya’ni muxandis-texnik xodimlar bilimi 
va tarkibini radikal o’zgarishini, mavjud loyiha-qidiruv institutlari tuzilishini va 
loyihalash-qidirish texnologiyalarini o’zgarishini kurib chiqadi. 
ALT asosiy funktsiyasi an’anaviy loyihalash vositalari bilan erishib 
bo’lmaydigan sifat darajasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hisoblanadi. 
ALT ni tuzish maqsadi qo’yidagilar hisoblandi: 
- loyihalash ob’ektlari sifatini oshirish. Masalan, avtomobil yo’llarni loyihasini 
ishlab chiqish, optik silliq trassaga ega bo’lgan, atrof muxit landshafti bilan 
uyg’unlashgan va loyihani to’ldiradigan eng yaxshi transport-foydalanish sifatlarini 


11 
ta’minlaydigan echimga ega bo’lish (xarakat qulayligi va xavfsizligi darajasi, xarakat 
tezligi, etib borish vaqti, o’tkazuvchanlik qobiliyati va boshqalar); 
- qurilish ob’ektlari bahosini va materiallarga bo’lgan talabini kamaytirish; 
- loyihalash muddatini, mehnat sarfini kamaytirish va loyiha-smeta hujjati 
sifatini oshirish. 
ALT dan foydalanib loyihalashda iqtisodiy samaradorlik quyidagi omillar 
yordamida ta’minlanadi: 
- avtomatlashgan loyihalash vositalaridan tizimli foydalanish;
- loyiha-qidiruv ishlarini bajarishda yangi texnologiyalarni yaratish; 
- loyihalash jarayonlarini boshqarish usullarini takomillashtirish;
- loyiha echimlarini optimallashtirish uslublarini takomillashtirish; 
-
loyiha echimlarini ishlab chiqishda ko’p variantlilikni qo’llash. 
Avtomatlashgan tizimlari texnik, axborot, uslubiy va tashkiliy ta’minot 
komponentlariga asoslanadi.
ALT texnik ta’minoti texnik vositalar kompleksini o’z ichiga oladi, buning 
tarkibiga EHM va unga o’lanadigan tashqi qo’rilmalar (sichqoncha, printer, ploter, 
skaner, modem, klaviatura), aerofoto tavirlarni qayta ishlash uchun fotogrammetrik 
asboblar, joy raqamli modelini tuzish maqsadida topografik xaritalar va rejalar, 
xotiraga natijalarni avtomatik yoki yarim avtomatik kirituvchilarni ta’minlovchilar 
kiradi.
Hozirgi kunda AY ALT da ko’proq personal kompyuterlar foydalanilmoqda
masalan Pentium III, 1000/OZU 128 Mb/20/32 Mb SVGA yoki Pentium IV-2200/ 
OZU 256 Mb/60/64. Ploterlar Hewlett Paskard turida bo’lib, A1, A3 formatlardagi 
chizmalarni chiqarish imkoniga ega bo’lishi lozim.
Kompyuterga tashqi qurilmalar, ya’ni sichqoncha, klaviatura, printer va ploter 
o’rnatilgan bo’lganda xususiy foydalanish uchun avtomatlashgan ishchi o’rni
yaratiladi. Loyiha tashkilotlarida bir nechta kompyuterlar bo’lganda ularni HUB 
yordamida umumiy tarmoqqa o’lash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda bir qator 
qo’layliklar yaratiladi, ya’ni ma’lumotlarni tashishda disketlardan foydalanmasdan 
tezlikda o’zatish mukin bo’ladi.
AY ALT dastur ta’minoti uning mo’him elementlaridan hisoblanadi. Ular 
umum tizimli va amaliy bo’ladi. Umum tizimli dastur ta’minoti tarkibiga diskli 
operatsion tizimlar (DOS), dasturlashning xar xil algoritm tili uchun translyatorlar, 
dastur paketlari, masalan chizma-grafik ishlarni bajarish uchun AvtoCAD, standart 
dasturlar va boshqalar.
Amaliy dastur ta’minotiga loyihalashning ba’zi bir vazifalarini echish uchun 
foydalaniladigan dasturlar kiradi.
Amaliy dasturlarni ishlab chiqishda quyidagilar kuzda tutiladi: 
-dastur tuzishning yagona tilini qo’llash; 
-standart dasturlardan foydalanish;
-
dasturlar unifikatsiyasi; 
-
ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha bosqichlarida ularni nazorat qilish 
imkoniyati; 
-
ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlashda ularga tuzatma kiritish 
imkoniyati; 
-
kompyuterga ma’lumotlarni kiritishning bir marotabaligi; 


12 
-
xar xil darajadagi eslab qoluvchi qo’rilmalar o’rtasida almashinuvni tashkil 
qilish; 
-
Loyihalovchilar talabi asosida axborotlarni etkazib berish imkoniyati. 
Avtomobil yo’lini loyihalash jarayonining kompleks xarakteri ko’p sonli 
omillarni hisobga olishni talab qiladi. AY ALT da hisoblarda ko’p marotaba 
ishlatiladigan yagona axborot ta’minoti qo’llaniladi.
Axborot ta’minoti tarkibiga katta xajmdagi boshlang’ich ma’lumotlarni qayta 
ishlash va tizimlashtirish, oraliq va tugallangan natijalar, shu bilan birga boshqa 
axborotlarni saqlash uchun muljallangan quyidagi ma’lumotlar kiradi: 
1.Loyihalashda foydalaniladigan barqaror xarakterdagi ma’lumotlar, shu bilan 
birga: amaldagi me’yoriy xujjatlar ma’lumotlari (GOST, QMQ, SQM, yo’l 
elementlari va inshootlari bo’yicha na’munaviy echimlar va boshqalar.). Me’yoriy
xujjatlar o’zgarganda EHMda saqlanayotgan ma’lumotlar yangilanishi lozim. 
2. Yo’l loyihalanayotgan tumanni xususiyatlarini to’liq xarakterlaydigan 
xududiy xarakterdagi ma’lumotlar. Bunga asosan, JRM ga o’xshash joy geologik 
tuzilishi va relefi haqidagi ma’lumotlar, yo’l qurilish materiallari va karerlar 
to’g’risidagi ma’lumotlar kiradi.
3. O’zgaruvchan xarakterdagi ma’lumotlar, loyihalashni boshlashdan oldin 
kiritilgan, shu bilan birga loyihalash jarayonida bir necha variant bo’yicha oraliq va 
tugallangan hisoblashlardan olingan natijalar.
AY ALT ni uslubiy ta’minlash me’yoriy-uslubiy xujjatlarda taqdim etilgan 
bo’lib, nazariya, uslublar, usullar, algoritmlar, uslubiy modellar, AY ALT dan 
foydalanib yo’llarni loyihalash uslublari keltirilgan.
AY AT ni tashkiliy ta’minlash AYT dan foydalanishdan eng ko’p samara 
bo’lishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bunga quyidagilar 
kiradi: loyiha tashkiloti, uning bo’lim va qismlarini tashkiliy tuzilishini o’zgartirish, 
bo’limlar o’rtasida ba’zi bir vazifalarni qaytadan taqsimlash; loyiha-qidiruv ishlari 
texnologiyasini o’zgartirish; loyihalovchilar malakasini oshirish, birinchi navbatda 
ALT dan foydalanadigan xodimlarni; mexnat mutaxassisligini oshirish. 
Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalash texnologiyasi bir qancha 
omillar yig’indisiga bog’liq: loyiha tashkilotida mavjud bo’lgan AY ALT 
xususiyatiga; loyihalanayotgan yo’l toifasiga va uning uzunligiga; yo’l 
loyihalanayotgan tuman tabiiy sharoiti murakkabligiga; loyihalash bosqichiga; 
qidirish natijasida olingan ma’lumotlarga.
Ammo, ko’pchilik xollarda yo’llarni avtomatlashgan loyihalash texnologiyasi 
quyidagi xolatlarga asoslanadi: 
1.Relef haqida axborot taqdim etish, ba’zida raqamli model tariqasida joyning 
geologik tuzilishi haqida axborot taqdim etish, qaysiki yo’l rejasi, bo’ylama va 
kundalang kesimlari, yo’llarni kesishishlari, sun’iy inshootlar bo’yicha loyiha 
echimlarini ishlab chiqishda loyihalashning hamma bosqichlarida foydalaniladigan 
ma’lumotlar.
2. Loyihalashning asosiy bosqichlarini aniq ketma ketligi bo’lishi, qachonki 
yo’l inshootlari yoki boshqa elementlar bo’yicha faqat ma’lum bir loyiha echimlarini 
aniqlab bo’lgachgina bajarish mumkin bo’lgan qandaydir ish turlari ketma ketligi 
bo’lishi. Masalan yo’l bo’ylama kesimini loyihalash, JRM ni hosil qilgandan keyin, 
yo’l rejasini variantlarini ishlab bo’lgach, amalga oshirish mukinligi, yoki yo’l 


13 
bo’ylama kesimini loyihasi tayyor bo’lgach yo’l ko’ndalang kesimini loyihalash va 
tuproq ishlari hajmini aniqlab bo’lishi mukinligi.
3. Hamma loyihalash bosqichlarida natijalar jadavalini olish va chizma-grafik 
ishlarni, hisoblashlarni avtomatlashtirish. 
4. AY ALT texnologik ta’minoti hamma vasitalarini tizimli foydalanish.
5. Loyiha echimlarini ishlab chiqishda EHM bilan muxandis-loyihalovchining
o’zaro ta’sir muloqati. 
6. Loyiha echimlarini matematik usullarga asoslanib optimallashtiradigan 
dasturlardan foydalanish yoki bunga o’xshash xolatlar bo’lmaganda yo’l uzunligi 
bo’yicha yoki uning ayrim uchastkalari va inshootlari buyicha loyiha echimlarini 
ko’p variantlarini ishlab chiqish. 
7. Loyiha echimlarini sonli va sifat kompleks ko’rsatkichlari bo’yicha 
(kurinishni ta’minlash, atrof manzarasini yoritish, xarakat tezligi, o’tkazuvchanlik 
qobiliyati, xarakat xavfsizligi, ish xajmlari, ekspluatatsion xarajatlar, yuk tashish tan 
narxi, atrof muxitga salbiy ta’sir darajasi, kapital ajratmalar iqtisodiy samaradorligi) 
loyihalashning oraliq va tugallangan bosqichlarida baholash, zarurat bo’lganda 
ularga tuzatmalar kiritish. 
Bugungi kunda avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalashning juda ko’p 
sonli dasturlari kompleksi mavjuddir. Hamdo’stlik davlatlari va xorijda asosan 
Belorussiyaning CREDO-DIALOG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
CREDO kompleks dasturidan keng foydalanilmoqda. Xorijiy davlatlarda 
avtomatlashgan loyihalash uchun Softdesk, Intergraph Corporation, Eagle Point 
Software va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar kompleksidan 
keng foydalaniladi.
Yo’llarni avtomatlashgan loyihalash uchun amaldagi hama dasturlar bir biriga 
o’xshash, deyarli bir xil loyihalash texnologiyasiga ega.
AY ALT ni qo’llash loyiha echimlarini sifatini oshirish imkoniyatini beradi, 
shu bilan birga mexnat xajmini kamaytiradi va loyiha ishi bajarilish muddatini 
qisqartiradi.
Loyiha echimi sifatini oshirish quyidagilar hisobiga amalga oshadi: 
1.
O’zining ko’p mexnat talab qilishi va murakkabligi jixatdan qo’lda hisoblashlarda 
foydalanib bo’lmaydigan juda aniq hisoblash usullaridan foydalanish.
2.
Matematik optimallashtirish usullarini qo’llash. 
3.
Loyiha echimlari variantlarini ko’rib chiqiladigan sonini oshirish. Bu usul 
qo’yilgan vazifani echishda matematik optimallashtirish imkoniyati bo’lmaganda 
foydalaniladi.
4.
Yo’l va uning inshootlarining ishini, aloxida avtomobillar va transport oqimi 
xarakatini, atrof muxitga ta’sirini modellashtirish imkoniyati. Bu qurilish uchun 
aniq asoslangan variantni qabul qilish imkoniyatini beradi. 
5.
Qidirish ma’lumotlarini qayta ishlashda, hisoblashlarni bajarishda, shu bilan birga 
chizma-grafik va rasmiylashtirish ishlarida xatolar extimolligini kamaytirish. 
Loyiha ishlari muddatini va mexnat sarfini kamaytirish faqatgina hisoblash va 
chizma-grafik ishlarini avtomatlashtirish hisobiga amalga oshadi. Avtomatlashgan 
usulda loyihalashda ish samaradaorligi va unumdorligi 40-45 % ga oshadi, shu bilan 
birga an’anaviy usulga nisbatan loyiha uchun sarflanadigan kapital xarajatlar 20-25 
% ga kamayadi.


14 
Loyihalash ishlarida foydalaniladigan dasturlar bir qanchani tashkil qiladi. 
Shulardan zamonaviy va juda ko’p foydalaniladigani AutoCAD, CorelDRAW,
HDM, CREDO MX ROAD dasturlari hisoblanadi.
Yo’llarni loyihalash ishlarida asosiy ish xajmi chizma-grafik qismi 
hisoblanadi. Chizma-grafik ishlarni bajarish uchun bugungi kunda bir qator dasturlar 
mavjud bo’lib, bo’lar quyidagilar hisoblanadi: AutoCAD, CorelDRAW, Photoshop 
va boshqalar. 
AutoCAD dasturining bugungi kunda AutoCAD-14, AutoCAD-2000, 
AutoCAD-2002, AutoCAD-2004, AutoCAD-2006 va AutoCAD-2007 oxirgi 
AutoCAD-2010 versiyalaridan keng foydalanilmoqda. Xar qaysi versiya o’zining 
imkoniyatlari va ishlash qo’layligi va tezligi bilan ajralib turadi.
AutoCAD dasturi - universal grafik tizim bo’lib, tuzilishi jihatdan ochiq 
arxitektura printsiplariga asoslangan. AutoCAD dasturi quyilgan talab va 
vazifalardan kelib chiqib, hamma turdagi grafikani bajarish imkoniyatini beradi.
AutoCAD tizimi - muxandis grafik ishlarni avtomatlashtirishda kuchli kuchli 
universal muxitni hosil qiladi, bu bilan quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: 
-
ikki o’lchamli ishlab chiqish; 
-
uch o’lchamli modellashtirishni hosil qilish; 
-
konstruktorlik hujjatlarni olish; 
-
namunaviy shakllar va chizmalar kutubxonasini yaratish. 
Quyida AutoCAD-2000 dasturining Ishchi stolini keltiramiz: 
2-rasm. AutoCAD-2000 dasturi Ishchi stoli. 
AutoCAD-2000 dasturi Ishchi stoli quyidagilardan tashkil topgan: 
-
yopiluvchi menyu-menyuning eng yuqori qatori; 


15 
-
instrumentlar shart bo’lmagan paneli; 
-
instrumentlar standart paneli-ikkinchi qator; 
-
ob’ektlar tuzilish qatori-uchunchi qator; 
-
xolat qatori-pastki qator; 
-
komandalar qatori oynasi-xolat qatoridan oldin; 
-
grafik maydon.
AutoCAD tizimini tuliq o’rganish uchun «AutoCAD-2000 o’quv kursi» 
darsligini o’qib o’rganish lozim bo’ladi. AutoCAD tizimi xar qanday loyiha chizma 
qismini bajarishda eng maqul dasturlardan hisoblanadi. AutoCAD dasturining 
qo’layligi chizmani belgilangan masshtabdagi o’lcham asosida chizadi. O’lchamlarni 
komandalar asosida berib, chizmani grafikasini hosil qilish mumkin.
CorelDRAW dasturi badiiy grafika uchun ko’proq maqul bo’ladi.
CorelDRAW dasturida ranglar aniq va tiniq bo’ladi. Bu dasturning ham o’ziga xos 
qo’layliklari bor. Har qanday formatdagi chizmani o’ziga import qila oladi. 
CorelDRAW dasturining yana bir tomoni chizmadagi shaklni harakatga keltirish 
imkoniyatiga ham ega. Yuqorida CorelDRAW-10 dasturi Ishchi oynasini keltirilgan.
CorelDRAW-10 dasturida maxsus makroslar yordamida chizma ishlarini 
avtomatlashtirish va ularni chizish tezligini oshirish imkoniyatlari mavjuddir. Bu 
dasturga xar qanday formatdagi chizma yoki rasmlarni import qilish imkoni mavjud. 
Dastur loyixalashda rangli bo’lishi kerak bo’lgan chizmalarni tayyorlashda eng maqul 
dasturlardan hisoblanadi.
3-rasm. CorelDRAW-10 dasturi Ishchi oynasi 
HDM dasturi Evropa taraqqiyot bankining ishlab chiqqan dasturi bo’lib, bu 
dastur yordamida avtomobil yo’llarini ta’mirlash va saqlashga ajratiladigan 


16 
xarajatlarni iqtisodiy jixatdan asoslash mumkin bo’ladi. Bu dastur ko’proq moliyaviy 
mablag’larni taqsimlash va ularni asoslash uchun foydalanishga yaroqli hisoblanadi. 
Bu dasturning hozirgi kunda bir nechta versiyalari ishlab chiqilgan va amalda 
foydalanilmoqda.
ALT lingvistik ta’minoti – avtomatlashgan loyihalash ketma ketligini, loyiha 
echimlarini va foydalanuvchini avtomatlashgan loyihalash tizimi bilan muloqatini 
tushuntirish uchun qo’llaniladigan tillar yig’indisi.
AY ALT tashkiliy ta’minotiga ALT dan foydalanishdan maksimal samaradorlikni 
ta’minlashga qaratilgan tadbirlar kiradi. Bunga quyidagilar kiradi: loyiha tashkilotlarini 
tashkiliy tuzilishini o’zgartirish, bo’limlar o’rtasidagi ba’zi bir vazifalarni qaytadan 
taqsimlash, loyiha-qidiruv ishlari texnologiyalarini o’zgartirish, loyihachilar malakasini 
oshirish.
Modellashtirish — ilmiy anglashning universal uslubi. Hisoblash texnikasini va 
avtomatlashgan loyihalash tizimi vositalarini taraqqiy etishi bilan bu uslub avtomobil 
yo’llarini loyihalashda keng qo’llanilmoqda va optimal loyiha echimlarini olish 
uchun foydalanilmoqda.
Model — bu material yoki fikran tassavur qilinadigan ob’ekt bo’lib, tadqiqot 
jarayonida haqiqiy ob’ekt bilan bog’lanadi.
Modellar material (fizik) va simvolli (matematik) bo’lishi mumkin. 

Yüklə 427,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə