O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Mavzu – Yo’l bo’ylama kesimini loyihalash jarayonini avtomatlashtirish



Yüklə 427,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix28.11.2023
ölçüsü427,27 Kb.
#137778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Avtomobil yo`llarini avtomatlashtirilgan loyihalash

Mavzu – Yo’l bo’ylama kesimini loyihalash jarayonini avtomatlashtirish
 
Reja
1.
Asosiy tamoyillar va texnik meyorlar.
2.
Yo’l bo’ylama kesimini avtomatlashgan loyihalash asoslari va uslublari.
3.
CREDO kompleks dasturida yo’l bo’ylama kesimini avtomatlashgan 
loyihalash.
4.
Optimallashtirish 
tarzida 
yo’l bo’ylama kesimini avtomatlashgan 
loyihalash.
5.
Tayanch nuqtalari splayn-interpolyatsiyasi uslubi bilan bo’ylama kesimni 
loyihalash.
6.
CREDO-CAD tizimida yo’l ko’ndalang kesimini loyihalash. 
Tayanch so’zlari:
yo’l bo’ylama kesimi, CREDO-CAD, CREDO-DAT
optimallashtirish, tizim, dastur, tayanch nuqtalari, avtomatlashgan loyihalash.
Bo’ylama kesimni loyihalash avtomobil yo’lini loyihasini tayyorlashning eng 
muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Loyiha chizig’i holati, nafaqat er ishlari hajmiga, 
balki boshqa bir qator ko’rsatkichlarga ham ya’ni qurilish bahosiga va ekspluatatsion 
sarflarga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Suv o’tkazuvchi inshoatlar joylashgan joylarda 
ko’tarma balandligini oshirish ularning uzunligini oshishiga olib keladi. Er ustki 
yuzasidan yoki grunt suvlari satxidan qoplama ustki yuzasini kutarilishi bo’yicha 
talablarning buzilishi yo’l to’shamasining ishlash sharoitini salbiyligidan darak 
beradi, bu uning saqlash va ta’mirlash harajatlarini oshib ketishiga olib keladi. Yo’l 
o’qini o’ymalarda, no’l belgida, past kutarmalarda o’tqizish qor bosib qolish xavfini 
oshirib yuboradi. Loyiha chizig’ini loyihalashda katta bo’ylama qiyalikni va vertikal 
egrilarda kichik radiuslarni qo’llash transport oqimi harakat tezligining pasayishiga
yo’l-transport xodisalarining oshib ketishiga olib keladi. Bo’ylama kesim bo’yicha 
loyiha echimi atrof muxitga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, chuqur o’ymalarni 
qurish er osti grunt suvlarining muxim o’zgarishiga olib keladi, bu xayvanot va 
o’simlik dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, bundan tashqari drenaj qurilmalarini 
qurish talab qiladi. Shuning uchun bo’ylama kesimni loyihalashda katta sondagi 
omillarni hisobga olish zarur (joy relefi, muhandis-geologik, gidrogeologik, 
gidrologik, iqlim sharoitlarini), harakat xavfsizligini ta’minlash talablarini, yuk 
tashish iqtisodiyligini, atrof muhitni muxofaza qilish, yo’llarni ekspluatatsiya va 
qurishga ketadigan harajatlarni ongli kamaytirish.
Loyiha chizig’i 2 ta guruhga bo’lish mumkin bo’lgan nazorat nuqtalari orqali 
o’tishi lozim:
1) qattiq hisobga olinadigan – trassa boshi va oxiri, avtomobil va temir yo’llar bilan 
bir satxda kesishish, ko’priklar, yo’l o’tkazgichlar, estakadalar, tonnellar balandligi; 
2) bir tomonlama cheklovchi – kichik ko’prik va quvurlardagi ko’tarmalar, qayiridagi 
kichik ko’tarma belgisidan yuqoriga cheklash, xuddi shunday er osti 
kommunikatsiyalari kesishadigan joylarda; elektr liniyalari va aloqa kabellari kesib 
o’tgan joylarda. Loyiha chizig’i yo’ldan suv qochirish tizimi ishlaydigan holatda 
bo’lishi lozim. O’ymalarda gorizontal uchastkalarni bo’lishi tavsiya etilmaydi.


42 
Yo’l bo’ylama kesimini loyihalashda atrof muhit muxofazasi talablari ichida 
mavjud landshaftni saqlab qolish masalasi muhim o’rin tutadi.
CREDO-CAD kichik tizimida bo’ylama kesimni loyihalashning 2 ta usuli 
foydalaniladi:
1) optimallashtirish rejimida avtomatlashgan loyihalash;
2) tayanch nuqtalarini splayn-interpolyatsiyasi. Bular yordamida hosil qilinadigan 
loyiha chizig’i to’g’ri chiziqli va egri chiziqli elementlar yig’indisidan tashkil topadi. 
Bunda ikkita egri chiziqli elementlar birlashish nuqtasida ular umumiy urinuvchiga 
ega bo’ladi, birlashish nuqtasidagi to’g’ri ularga urinma hisoblanadi. Elementlardan 
biron birini yoritish uchun tenglama quyidagi ko’rinish olishi mumkin:
Z = A + x(B + x(C + Dx/3)/2) 
Bu erda Z-element nuqtasi belgisi, uning boshidan x masofaga 
uzoqlashtirilgan; 
A-element boshida loyiha chizig’i belgisi, Z=A x=0 bo’lganda; 
V-element boshidagi urinma qiyaligi, z=B x=0 bo’lganda; 
C-element boshida loyiha chizig’i egrilik koeffitsenti;
D-element chegarasida loyiha chizig’i egriligining o’zgarish tezligi. 
Optimallashtirish tarzida yo’l bo’ylama kesimini avtomatlashgan loyihalashda 
dinamik dasturlash usuli qo’llanilgan.
21-rasm. «Проектирование продолного профиля» menyusi 


43 
21-rasm. Berilgan ma’lumotlarni grafik taxrir qilishning ishchi muhiti
Nazorat savollari 
1.
Yo’l bo’ylama kesimini loyixalash asoslari nimalardan iborat? 
2.
CREDO-CAD kichik tizimida bo’ylama kesimni loyihalashning tartibini 
tushuntirib bering? 
3.
Proektirovanie prodolnogo profilya» menyusida nimalar kiritilgan? 
4.
Berilgan ma’lumotlarni grafik taxrir qilishning ishchi muxitida nimalar 
keltirilgan?


44 
8-MA’RUZA
 

Yüklə 427,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə