O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Mavzu – Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalashda loyiha



Yüklə 427,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix28.11.2023
ölçüsü427,27 Kb.
#137778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Avtomobil yo`llarini avtomatlashtirilgan loyihalash

Mavzu – Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalashda loyiha 
yechimlarini baholash 
 
Reja
1.
Loyiha yechimini baholash uchun ko’rsatkichlar tizimi.
2.
Hisoblash uslublari.
3.
CREDO kompleks dasturida tizimida loyiha yechimini baholash.
4.
Ekologik tadbirlarni loyihalash.
Tayanch so’zlari
: loyiha echimi, avtomatlashgan loyiha, ekologik tadbir, 
xarakat tezligi, xavfsizlik koeffitsienti. 
Avtomobil yo’llarini loyihalash jarayonida loyiha echimlari variantlarini 
taqqoslashda qurilish uchun tavsiya etiladigan variantni aniqlash quyidagi gurux 
ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi: 
1. texnik ko’rsatkichlar: trasa uzunligi, uzayish koeffitsienti, vertikal va 
gorizontal egrilar radiusi, bo’ylama nishablik, yo’l poyi va qatnov qismining kengligi, 
asosiy qurilish ishlarining hajmi, yo’l to’shamasining tuzilmasi, sun’iy inshootlarning 
soni va o’lchamlari, kesishishlar va tutashishlar soni va turi, vaqtinchali va doimiy 
yo’l uchun ajratilgan joy yuzasi; 
2. iqtisodiy ko’rsatkichlar: yo’l va yo’l ayrim inshootlari va elementlari 
qurilish bahosi; 
3. yo’l-transport foydalanish sifat ko’rsatkichlari: yuk va yo’lovchi tashish 
hajmi, yuk aylanish jadalligi va transport oqimining tarkibi, o’tkazuvchanlik 
qobiliyati va aloxida yo’l uchastkalarining oqim bilan yuklanganlik koeffitsienti, 
yakka avtomobil va transport oqimining xarakat tezligi, yo’l tushamasining 
mustamlik koeffitsienti, ko’rinish cheklangan yo’l uchastkalari uzunligi, sun’iy 
inshshotlarda ruxsat etilgan yuklar va boshqalar.
4. harakat xavfsizlik ko’rsatkichi: yo’lning turli uchastkalardagi avariyalik va 
xavfsizlik ko’rsatkichi, yo’l transport hodisalaridan bo’lishi mumkin bo’lgangan 
zararlar.
5. Ekologik ko’rsatkichlar: transportdan chiqayotgan shovqin va zaxarli 
gazlarning darajasi, yo’l yon tasmasiga transportdan chiqayotgan gazlarning va 
undagi qurg’oshin birikmasining miqdori, atrof manzaraga, hayvonot va o’simlik 
dunyosiga, tabiiy va madaniy yodgorliklarga yo’lning noxush ta’siri bo’ladigan 
chegaradagi uchastkalar uzunligi.
6. iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari: kapital mablag’larni iqtisodiy 
samaradorligi koeffitsienti yoki ularning oqlash muddati, sarflangan xarajatlar 
yig’indisi. 
Texnik ko’rsatkichlarning sezilarli qismi CREDO kompleks dasturidan 
foydalanib loyihalashda aniqlaniladi, masalan trassa rejasini, bo’ylama kesimni, yo’l 
poyini, yo’l tushamasini va sun’iy inshootlarni. Yo’lning transport-ekspluatatsion 
ko’rsatkichlarini, xarakat xavfsizligini aniqlash uchun CREDO-CAD tizimida 
«Оценка проектных решений» dasturidan foydalaniladi. Uning yordamida 
aniqlanilishi mumkin:


48 
-
yo’l ustki yuzasi ko’rinish masofasi; 
-
transport oqimi tezligi; 
-
yakka avtomobil harakat tezligi; 
-
harakat xavfsizligi; 
-
avariyalik koeffitsienti; 
-
avtomobillar yoqilg’i sarfi; 
-
yuk tashish tan narxi; 
-
transport oqimi avtomobillari dvigatellaridan chiqadigan zaharli vositalar. 
Berilgan ma’lumotlarni kiritish ketma ketligi quyidagi rasmda keltirilgan: 
24-rasm. «Оценка проектных решений» menyusi 
Nazorat savollari 
1.
CREDO-CAD tizimida loyiha echimini baholash haqida nimalarni bilasiz?
2.
Loyiha echimini qaysi ko’rsatkichlar yordamida baholaymiz? 
3.
Ekologik tadbirlarni loyihalash? 


49 

Yüklə 427,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə