O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti



Yüklə 427,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix28.11.2023
ölçüsü427,27 Kb.
#137778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Avtomobil yo`llarini avtomatlashtirilgan loyihalash

 
5-Ma’ruza.
Avtomobil yo’li rejasini loyihalash jarayonini 
avtomatlashtirish
 
6-Ma’ruza. 
Yo’l tushamasini loyihalash jarayonini 
avtomatlashtirish
 
41 
7-Ma’ruza. 
Yo’l bo’ylama kesimini loyihalash jarayonini 
avtomatlashtirish 
 
43 
8-Ma’ruza. 
Yo’l poyini loyihalash jarayonini avtomatlashtirish 
 
46 
9-Ma’ruza. 
Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalashda 
loyiha echimlarini baholash
 
46 
SAHIFA
3
8
18
26
29



1-MA’RUZA 
Mavzu – Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari fanining 
maqsad va vazifalari 
 
Reja 
1. Loyihalash va loyiha.
2. Yo’l inshootlarini loyihalash bosqichlari.
3. Avtomobil yo’llarini loyihalashda zamonaviy informatsion
texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati.
4. Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari fanining
asosiy vazifalari.
5. O’zbekiston Respublikasida loyihalash jarayonlarini
avtomatlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar va tajribalar.
 
Tayanch so’zlari:
Loyiha, avtomatlashgan loyihalash, dasturlar, zamonaviy 
texnologiyalar. 
Loyiha –yo’l va uning inshootlarini qurish va keyinchalik ularni saqlash uchun 
zarur bo’lgan hujjatlar komplekti (tushuntirish xati, chizmalar, smeta va b.).
Ilg’or zamonaviy kontseptsiyalar loyihalashga tizimli, yakdil yondashishni 
talab qiladi. Yakdil, tizimli yondashish ma’lum bir bosqichlar orqali ta’minlanadi. 
Har bir bosqich loyihachilar oldiga ma’lum bir maqsad va vazifalarni quyadi.
Avtomobil yo’llari loyihalari ikki bosqichda ishlab chiqiladi (loyiha oldi va 
loyiha). 
Loyiha oldi bosqichi: 
• yo’llarni rivojlanish dasturi (YRD), 
• investitsiyalarniasoslash (IA).
Loyiha bosqichi: 
• Muhandis loyiha (ML), 
• ishchi hujjatlar (IH). 
Loyiha oldi bosqichida yo’llarni rivojlantirish dasturi maqsadi yo’l va yo’l 
inshootlarini butunlay qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash bo’yicha ishlar 
ketma-ketligini va iqtisodiy jihatda maqsadli ekanligini aniqlash hisoblanadi. 
Yo’llarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda kartografik materiallardan, 
diagnostika natijalaridan, loyiha va qidiruv ma’lumotlaridan, tadqiqot, statistik va 
boshqa materiallardan foydalaniladi.
Investitsiyalarni asoslash. Ushbu bosqichning maqsadi yo’llarni qurish yoki 
rekonstruktsiya qilishga investitsiyalarni kiritishning iqtisodiy, ijtimoiy va tijorat 
maqsadlarini texnik imkoniyatlari tug’risidagi echimlarni asoslash hisoblanadi.
Loyihalashning bu bosqichida yo’lning texnik parametrlari va uning 
inshootlarini joylashish o’rni asoslanadi.
Investitsiyalarni asoslash kartografik materiallar yoki oldin bajarilgan dala 
loyiha-qidiruv ishlari asosida ishlab chiqiladi.
Loyiha hujjatlari LH - bu tushuntirish xati va hujjatlar tuplamidan iborat bo’lib, 
quyidagilardan tashkil topadi:



1. Tuman transport tarmog’i bog’lanish xarita-sxemasi, yuklanganlik yig’ma 
qaydnomasi, yuk aylanishi, harakat jadalligi, asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar 
jadvali.
2. Yo’l rejasi, qisqartirilgan bo’ylama kesim va namunaviy kundalang 
kesimlar.
3. Yo’l to’shamasi qabul qilingan varianti chizmasi.
4. Ko’priklar va yo’lo’tkazgichlar, asosiy kesishmalar, tutashmalar va transport 
tugunlari, avtobus bekatlari, dam olish maydonchalari, yirik kommunikatsiyalarni 
qayta qurish, bino va inshootlarni bo’zish va kuchirish qaydnomalari.
5. Trassa variantlarini solishtirish sxemalari.
6. Vaqtincha band qilinadigan er uchastkalari sxemasi. 
 
Loyiha bosqichida muhandislik loyihasi. Avtomobil yo’llarini qurish, 
rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash muhandislik loyihalari (ML) vazifalari 
quyidagilar hisoblanadi:
1. Oldingi bosqichlarda maqullangan rivojlanish strategiyalari uchun optimal 
texnik echimlar tanlash. 
2. Ish hajmlarini va zaruriy investitsiyalarni aniqlash. 
3. Pudrat savdolarini tashkil qilish uchun hujjatlar tayyorlash.
4. Muhandis-geodezik, muhandis-geologik, muhandis-gidrometeorologik va 
muhandis-ekologik qidirishlar mavjud me’yoriy hujjatlar asosida bajariladi.
Muhandislik loyihasi quyidagilar iborat: 
1. Faqat ML ekspertizasi va buyurtmachi uchun belgilangan texnik echimlarni 
asoslash materiallari.
2. Er uchastkalarini olish imkoniyatlarini asoslash.
3. Konkurs hujjatlari. 
Ishchi hujjatlar
.
Ishchi hujjatlar (IH) muhandislik loyihasida mavjud me’yoriy 
hujjatlar asosida qabul qilingan texnik echimlarni aniqlashtirish uchun ishlab 
chiqiladi. Uning tarkibi buyurtmachining loyihalashga topshirig’i asosida 
aniqlashtirilishi mumkin. Murakkab bo’lmagan ob’ektlar uchun ishchi hujjatlarni 
muhandislik loyihasi tarkibiga kiritishga ruxsat etiladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach, barcha sohalarda keskin 
rivojlanib bormoqda. Ishlab chiqarish tarmoqlari ilmiy-texnik jihatdan taraqqiy etib 
bormoqda. Respublikamizga xorijiy texnika va texnologiyalar kirib kelib, xalq 
xo’jaligining barcha soxalarida avtomatlashtirish tizimlari joriy etila boshlandi. 
Hayotimizni elektron hisoblash mashinalarisiz tassavur etib bo’lmay qoldi. XX 
asrning oxiri XXI asrning boshiga kelib, kompyuterlar keskin rivojlanib kundalik 
hayotimizda mo’him o’rin egalladi. XXI asr-kompyuterlar asri, ya’ni axborot va 
axborot texnologiyalari asri deb e’tirof etilmoqda.
Boshqa soxalar kabi yo’l xo’jaligi soxasida ham rivojlanish kuzatila boshlandi. 
Respublikada avtomobil transportiga bo’lgan talab keskin oshib borishi bilan 
yo’llarda harakatlanayotgan avtomobillar sonining keskin ko’payishi kuzatilmoqda. 
Bugungi kunda zamonaviy avtomobil yo’llarini loyihalash va qurish dolzarb 
masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqilayotgan yo’l 
loyihalari sifatini oshirish va qurilish smeta bahosini kamaytirish davr talabi 
hisoblanadi.



Sanoat va qishloq xo’jaligining har xil sohalarida transportga bo’lgan talabdan 
kelib chiqib, loyiha echimlarida harakatning tejamligini, xavfsizligini va 
komfortabelligini 
ta’minlash zarurati tug’iladi, bu esa, loyiha ishlarini 
takomillashtirishni talab qiladi. Bu va bunga o’xshash masalalarni echimini topish va 
loyiha echimi sifatini oshirishning birdan bir yo’li bu - elektron hisoblash 
mashinalarini 
(axborot 
texnologiyalarini) 
qo’llash, 
loyiha 
echimlarini 
optimallashtirishda matematik usullardan keng foydalanishdir.
Avtomobil yo’llarini loyihalashda ba’zi bir muhim sanalgan kompleks 
talablarni hisobga olish zarur: hududning iqtisodiy va ijtimoiy talablaridan kelib 
chiqib optimal transport xizmatini ta’minlash; avtomobil transporti ishi 
samaradorligini ta’minlash, harakat xavfsizligi va qulayligini ta’minlash; yo’llarni 
qurish va ekspluatatsiya qilishda moliyaviy va material resurslarni iqtisod qilish. 
Ushbu talablarga javob beradigan loyiha echimlarini qidirish yuqori malakali 
loyihachi muhandislardan katta mehnat sarfini talab qiladigan murakkab vazifa 
hisoblanadi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, avtomobil yo’llarini loyihalashda axborot 
texnologiyalarini qo’llash, loyiha tashkilotlarida xodimlar ish unumdorligini oshirish 
bilan bir qatorda loyiha echimlarini sifatini yaxshilash imkonini beradi. Bu esa 
qo’yidagilar hisobiga amalga oshiriladi: 
-yo’llarni loyihalashdagi og’ir va bir xil turdagi hisoblash ishlarini 
avtomatlashtirish, masalan: bo’ylama kesimni loyihalashda loyiha chizig’ini 
o’tkazish va loyiha belgilarini hisoblash, mustahkamlash va er ishlari hajmini 
hisoblash, gidrologik hisoblashlar, suv o’tkazuvchi quvurlar tuynugi o’lchamini va 
ularni qurish ishlari hajmini aniqlash; 
-loyiha echimlarini optimallashtirishda matematik uslullarni qo’llash; 
-ko’pgina raqobatbardosh variantlarni ishlab chiqish va ularni texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlari bo’yicha baholash;
-«Qo’lda» loyihalash uslubida o’zining murakkabligiga ko’ra foydalanish 
imkoni bo’lmagan, ya’ni hisoblashning eng aniq uslublarini qo’llash. 
Keyingi 
yillarda Respublikamizda 
avtomobil 
yo’llarini loyihalashda 
avtomatlashtirishning takomillashgan uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq 
etish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa birlamchi ma’lumotlarni 
to’plash, topografik xaritalarda yo’l o’qini o’tkazish va kompyuter texnologiyalarida 
ba’zi bir inshootlarni loyihalash, chizma-grafik ishlarni avtomatlashtirish ishlari 
ko’proq rivojlandi. Hozirgi vaqtda texnika va texnologiyalar rivojlangan asrga kelib, 
loyihalash ishlari 90-95 % avtomatlashgan usulda amalga oshirilmoqda.
Loyiha echimlarini sifatini va asoslanganligini oshirish bilan birga loyiha 
ishlari muddatini qisqartirish va mehnat sarfini kamaytirishning birdan bir yo’li – bu 
zamonaviy avtomatlashgan loyihalash tizimlaridan foydalanish va ularni loyiha 
jarayonida qo’llashdir.
Kibernetika fan tashkil topgan davrlarda (XX asr 50-yillari), axborot 
deyilganda odatta, ma’lumotlarni tushunib kelingan. Informatikaning fan bo’lib 
yuzaga kelishi bilan ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanish 
sharoiti paydo bo’lib, uzatilayotgan axborotlarni o’lchash zarurati yuzaga kela 
boshladi. Axborotlarni insonni ma’lumot olishining vositasi deb qarala boshlandi.



XX asr 70-yillariga kelib, personal kompyuterlarni paydo bo’lishi ishlab 
chiqarishda yangi bosqichni, ya’ni axborotlarni qayta ishlash va ularni istemol qilish 
ishlari boshlandi. 17 asrning boshida murakkab hisoblash ishlariga zarurat yuzaga 
keldi va buning uchun katta hajmdagi hisoblashlarni yuqori aniqlikda bajarishga 
hisoblash qurilmalariga extiyoj sezila boshlandi. 1642 yili frantsuz matematigi Paskal 
birinchi mexanik hisoblash mashinasini – “Paskalina” ni yaratdti. 1830 yili ingliz 
olimi Bebidj birinchi programmalashtirilgan hisoblash mashinasi g’oyasini taklif 
qildi. Perfokarta g’oyasini birinchi bo’lib Xollerit ishlab chiqdi. U aholi sonini 
xisoblash natijalarini qayta ishlash uchun mashina yaratdi. U o’zining mashinasida 
birinchi bo’lib elektrdan foydalandi. 1930 yilda amerikalik olim Bush differentsial 
analizatorni–dunyodagi birinchi kompyuterni ixtiro qildi. 
Hisoblash texnikalarining rivojlanishiga ikkinchi jaxon urushi katta turtki 
berdi. Harbiylarga kompqyuter zarur bo’lib qoldi va Mark-1 dunyodagi birinchi 
raqamli kompqyuterni 1944 yilda professor Aykne ixtiro qildi. Ushbu 
kompqyuterning o’lchamlari 15 X 2,5 m., bo’lib o’nda 750000 detallar ishlatildi.
1946 yilda AQSH harbiylari burtmasiga ko’ra bir gurux olimlar tomonidan 
birinchi elektron kompqyuter “Eniak” yaratildi. Tezligi 5000 qo’shish jarayonini va 
300 ko’paytirish jarayonini 1 sekunda bajara oladi. O’lchami 30 m. uzunlikda - 85 
m3 hajmda, og’irligi - 30 tonna. 18000 el. Lamp ishlatilgan. 
1959 yilda Intel firmasi (AQSH) Datapoint firmasi (AQSH) buyurtmasiga binoan 
mikroprotsessorlar yarata boshladi.
1. Analogli hisoblash mashinalari(AHM). 
2.Elektron hisoblash mashinalari (EHM). 
3.Analog-raqamli hisoblash mashinalari (ARHM). 
EHM avlodlari 
1-Jadval
XARAKTERISTIKA 

II 
III 
IV 
Qo’llanilgan yillari 1946-1960 1960-1964 1964-1970 1970-1980
Asosiy elementi
El. lampa Tranzistor 
IS 
BIS 
Dunyodagi EHM soni 
(sht.)
yuzta
mingta 
O’n ming 
Million
EHM o’lchamlari
Katta 
Qisman 
kichchik 
Mini-EVM mikroEVM
Tezligi (shart)
1
10 
1000 
10000 
Axborotlar tashishi
Perfokarta Magnit
lenta 
Perfolenta
Egiluvchan 
disk 
1-rasm. Birinchi EHM



Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalash tizimini zamonaviy rivojlanish 
bosqichi loyihachi-muhandis bevosita ishlayotgan amaliy dasturiy ta’minot va 
personal kompyuterlardan foydalanish bilan bog’liq. Oliy o’quv yurtlarini 
bitkazuvchilar bilimi va malakasiga bo’lgan talablar doimo oshib boradi. Loyiha 
ishlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalarni hamda tizimli loyihalashni 
zamonaviy uslublari va tamoyillarini o’zlashtirgan keng qamrovli muhandis 
yo’lchilar tayyorlashga zarur bo’lgan hissani “Loyihalash jarayonlarini 
avtomatlashtirish asoslari” fanini o’rganish olib keladi.
Ushbu fanning maqsadi ko’plab loyiha tashkilotlarida foydalanilayotgan 
CREDO 
kompleks 
dasturi 
imkoniyatlari 
bazasida 
avtomobil 
yo’llarini 
avtomatlashgan loyihalash tizimi doirasida talabalarga bilim va ko’nikmalarni 
etkazishdan iboratdir.
1992 yildan boshlab O’zbekistonda loyihachi-muhandislar avtomobil yo’llari 
va yo’l inshootlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash loyihalarini ishlab 
chiqishda CREDO kompleks dasturini qo’llab kelmoqda. AY ALT- avtomobil 
yo’llarini avtomatlashgan loyihalash tizimini qo’llash tajribasi shuni ko’rsatadiki, 
loyiha echimlarini sifatini oshirish va loyihalash muddatini qisqartirish nuqtai 
naziradan katta samara beradi.
«Yo’l loyiha byurosi» MCHJ, «Fargonayo’lloyiha» institut va boshqa loyiha 
tashkilotlari mutaxassislari tomonidan AY ALT ni qo’llash bilan A-373 «Tashkent-
O’sh» «Qamchiq davoni» bo’lagi, M-39 «Olmota-Toshkent-Termiz» 806-1435 km 
bo’lagi, o’zbek milliy magistrali bo’laklarini va boshqa O’zbekiston Respublikasi 
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini loyihalari tayyorlandi.
Respublikamizda birinchi bor, Rossiyada ishlab chiqilgan «Elektronika» 
rusumidagi kompyuterlardan foydalanilgan bo’lsa, keyinchalik xorijda ishlab 
chiqilgan IBM 286, 486, Pentium-I, II, III kompyuterlaridan keng foydalanildi. 
Hozirgi kunda eng zamonaviy hisoblangan Pentium IV kompyuterlaridan, Noutbuk, 
Netbuklardan amalda keng foydalanilmoqda.
Zamonaviy texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish va avtomobil yo’llarini 
avtomatik loyihalash ishlari «Yo’l loyiha byurosi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 
keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda avtomatlashgan loyihalash 
tizimlaridan keng ko’lamda foydalanish natijasida “O’zbek milliy avtomagistrallari” 
loyihalari ishlab chiqildi. Bunda asosan CREDO, MX ROAD, IndorCAD, AutoCAD 
va CorelDRAW dasturlaridan foydalanildi.
Nazorat savollari 
1. “Paskalina” ni kim ixtiro qilgan? 
2. Dunyodagi birinchi kompyuterni kim ixtiro qilgan? 
3. EHM ning qanaqangi avlodlarini bilasiz? 
4. O’zbekistonda qaysi yildan boshlab CREDO kompleks dasturidan
foydalanilmoqda? 
5. Loyiha o’zi nima? 
6. Ishchi hujjatlar nima maqsadda ishlab chiqiladi? 
7. Bugungi kunda avtomobil yo’llarini loyihalashni avtomatlashtirish
ishlari qanday ahvolda? 
8. Avtomobil yo’llarini avtomatik loyihalashning qanaqangi
dasturlarini bilasiz? 




Yüklə 427,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə