O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


CREDO kompleksi quyidagi tizim va qo’shimcha vazifalardan tashkil



Yüklə 427,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix28.11.2023
ölçüsü427,27 Kb.
#137778
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Avtomobil yo`llarini avtomatlashtirilgan loyihalash

CREDO kompleksi quyidagi tizim va qo’shimcha vazifalardan tashkil 
topadi: 
CREDO DAT - muxandis-geodezik ishlarni kameral qayta ishlash tizimi. 
CREDO-DAT 3.0-topografik ma’lumotlarni yitsish va qayta ishlashni ta’minlaydigan 
tizim. Qo’shimcha vazifasi: 
-ZEMPLAN-er uchastkalari maydonlarini hisoblash, erlarni qayd qilishda matn va 
grafik hujjatlarni tuzish va ularni pechatga chiqarish uchun dastur; 
-TRANSKOR - geomarkaziy, geodezik, to’tsri burchakli koordinatlarni qaytadan 
tuzish; 
-ASTRO - astronomik azimut ma’lumotlarini qayta ishlash. 
CREDO-LIN - chiziqli ob’ektlar - yo’llar, quvur o’tqizgichlar, LEP va 
boshqalarni loyihalashda chiziqli qidiruv ma’lumotlarini qayta ishlash tizimi. 
CREDO-TER - joyning raqamli modelini (JRM) tuzish va namoyish etish tizimi.
CREDO-GEO - qidirish tasmasi yoki maydoni geologik tuzilishi matematik 
modelini tuzish tizimi.
CREDO-GEO v 2.0 KOLONKA - 
muxandis-geologik ishlar bo’yicha ma’lumotlar 
kiritish va muxandis-geologik kolonkalar chizmalarini tuzish. 
CREDO-GEO v 2.0 LABORATORIYA - muxandis-geologik qidiruv laboratoriya 
ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish uchun dastur. 
CREDO-MIX - transport inshootlarini va bosh rejalarni gorizontal va vertikal 
rejalash loyihalari vazifalarini echish. 
CREDO CAD - avtomobil yo’llarini loyihalash va loyiha echimlarini sifatini 
baholash tizimi. 
CAD-CREDO - II-V toifali avtomobil yo’llarini yangidan qurish va qayta qurishni 
loyihalash tizimi. Qo’shimcha vazifalari:
-OTKOS - yo’l poyi yon qiyaligi ustivorligini tekshirish; 
-OSADKA - kuchsiz asosda kutarma chukishini hisoblash; 
-TRUBA - kichik ko’priklar va quvurlarni gidravlik hisobi; 
-GIDRO - suv qochiruvchi qurilmalar gidravlik hisobi; 
-UVS - suv muhitiga ustki yuza oqimlari ta’sir darajasini baholash; 
ZNAK 4.1- xususiy yo’l belgilarini loyihalash; 
RADON 2.0 - amaldagi hududiy me’yorlar asosida yo’l tushamasini tuzish va 
hisoblash; 
MOST 1.2-ko’prik poyini va oraliq qurilmasini, chetki va oraliq tayanchlarini, 
ko’prikga tutashish kutarmasini va izga soluvchi inshootlarni loyihalash; 
MORFOSTVOR 1.0 - ko’prikli o’tishni qidirishda daryo morfostvori bo’yicha 
gidravlik ma’lumotlarni avtomatlashgan qayta ishlash dasturi; 
CREDO-SR - geofizik uslub bilan razvedka ishlarini bajarishda geodezik 
ma’lumotlarni avtomatlashgan qayta ishlash tizimi; 
TRANSFORM 2.0 - karta materiallarini koordinatli botslash va transformatsiya 
tizimi;
SYMBOL - topografik rejalar va qurilish chizmalarida shartli belgilarni tuzish va 
taxrir qilish uchun dastur; 


21 
SETI 4.1 - tashqi kommunikatsiyalar bo’ylama qirqimini loyihalash: 
kanalizatsiya, suv quvurini bosimli tarmotsi, issiliq trassasi, gaz o’tqizgich: 
-
Kanalizatsiya, 
-
Vodoprovod, 
-
Teplo, - Gaz; 
GIS-EKSPORT geoinformatsiya tizimi formatida loyiha geometriyasi va JRM 
bo’yicha CREDO ma’lumotlarini almashish uchun dastur. 
CREDO PRO - avtomobil yo’llarini muhandislik jihozlash va sun’iy inshootlar 
elementlarini, yo’llarni bir va har xil satxda kesishishini, yo’l poyi inshootlarini
texnik grafika vositalari bilan loyihalash uchun tizim. 
Tizim IBM yoki Pentium kompqyuterlarida turli xil turdagi printerlar va 
Hewlett Paskard turidagi plotterlar bilan birgalikda ishlatiladi.
CREDO DAT kichik tizimi yordami bilan qo’yidagi ish turlari bajarilishi 
mumkin: 
-SOKKIA, GEODIMETR, LEICA va boshqa formatlardagi elektron 
registratorlar fayllaridan ma’lumotlarni import qilish; 
-er usti geodezik tasvirlari materiallarini kirgizish va qayta ishlash; 
-har qanday hajmdagi, sinfdagi, shakldagi va tuzilish uslubidagi geodezik 
tarmoqlarni qat’iy tenglashtirish; 
-muxandis-geodezik vazifalarni echish; 
-geodezik va to’tsri burchakli koordinatlarni qayta hisoblash; 
- er maydonlari tuzilish hisoblari va er uchastkalari chizmalarini tuzish; 
-
CREDO ochiq almashuv formatida qidirish materiallarini qayta ishlash 
natijalarini eksport qilish. 
CREDO TER kichik tizimi joy vaziyati va relqefi raqamli modelini, shu bilan 
birga biron bir boshqa ob’ekt yoki hodisalarni (masalan, muxandislik inshootlarini
atrof muhit ifloslanishining har xil mintaqalarda taqsimlanishi va b.) shakllantiradi, 
bu hosil qilingan raqamli model asosida yo’l o’q rejasini va boshqa inshootlarni 
loyihalash imkoni to’tsiladi, ular uchun er ustki yuzasi bo’ylama va kundalang 
kesimlarini qurish va CREDO yoki boshqa ALT kichik tizimlarida olingan 
ma’lumotlarni eksport qilish imkonini yaratiladi. 
CREDO GEO kichik tizimi tasma yoki maydon geologik tuzilishi matematik 
modelini hosil qilish imkonini beradi. Buning asosida katta sonli vertikal geologik 
qirqimlar tuzish, geologik qatlamlar hajmiy modelini va muxandis-geologik qirqimlar 
chizmalarini olish mumkin va bu ma’lumotlarni CREDO boshqa kichik tizimiga 
eksport qilish mumkin bo’ladi. 
CREDO CAD kichik tizimi avtomobil yo’llarini va ulardagi inshootlarni 
loyihalash bo’yicha asosiy ishlarni bajarish uchun tayin etilgan: 
-yo’l o’qini loyihalash; 
-yo’l tushamasini hisoblash; 
-kichik ko’priklar va suv o’tkazuvchi quvurlarni hisoblash va loyihalash; 
-yo’l bo’ylama va kundalang kesimlarini loyihalash; 
-yo’l qatnov qismini ta’mirlashda yoki uni rekonstruktsiya qilishda kundalang 
tekislash; 
-bo’ylama suv qochirishni loyihalash; 
-yo’l poyi ustivorligini hisoblash; 


22 
-er ishlari hajmini hisoblash; 
-yo’l qurilishida er ishlarini taqsimlash; 
-loyihalangan yo’l uchun xarakat havfsizligini va transport-foydalanish 
sifatlarini baholash; 
-ekologik tadbirlarni loyihalash; 
-statik va dinamik rejimlarda yo’lning kelajakdagi tasvirini qurish; 
-alohida yo’l belgilarini loyihalash; 
-almashuv formati fayllarida loyiha echimlarini eksport qilish. 
CREDO PRO kichik tizimi avtomobil yo’llari va boshqa muhandislik 
ob’ektlarini yo’l poyini ikki va uch ulchovli geometrik loyihalashni, chizmalarni, 
sxemalarni, jadvallarni, tushintirish xatini ishlab chiqishda hisob-grafik taxrir qilish
texnik grafikaning AutoCAD, MikroStation kabi boshqa tizimlari bilan o’zaro 
ta’sirda ikki va uch o’lchamli modellashtirish imkonini beradi. 
CREDO kichik tizimlari orasidagi o’zaro ta’sir va ochiq almashuv formati 
(OAF) fayllari orqali ma’lumotlarni almashtirish, shu bilan birga boshqa tizimlar 
bilan o’zaro ta’sir qo’yidagi rasmda keltirilgan: 
4-rasm. CREDO kichik tizimlari orasidagi o’zaro ta’sir 
CREDO Interfeys CUA (Common User Access) standartlashgan 
komponentlarini ishlatadi: funktsiyalar va jarayonlar tugmali menyusi, ishga solish 
va o’zaro muloqot yo’lagi, ochiladigan oyna (okno) va boshqalar. CREDO o’xshash 
yoki universal tizimlar interfeysi bilan umumiy botsliqlikga ega, masalan Windows 
bilan. 
5-rasmda namuna sifatida CREDO TER kichik tizimi ishchi muhiti 
ko’rsatilgan. Ekrannning yuqori qismida ikki qatorda boshqaruv tugmalari 
joylashtirilgan. Yuqori qator tugmalari yordamida bajariladigan ish tartibini tanlash
mumkin: “ma’lumotlar” , “relqef” , “vaziyat” , “yo’l o’qi”, “chizma”, “o’lchamlar”, 
“chiqish”. Ulardan birontasini faollashtirishda, ekranda funktsiyalar nomli tushadigan 
menyu paydo bo’ladi. Bu yuqoridagi bajariladigan ish tartibiga mos holda yuzaga 


23 
keladi. Tanlangan funktsiyani faollashtirgandan keyin jarayonlar nomli ikkinchi qator 
tugmachalar paydo bo’ladi.
5-rasm. CREDO TER kichik tizimi ishchi muhiti 
Ekranning chap qismida vertikal qatorda loyihalanayotgan ob’ektni 
vizuallashtirishni boshqarish uchun belgilangan tugmachalar joylashtirilgan. 
Yuqoridagi 4 ta tugma ob’ekt bo’yicha ishchi oynani siljitish uchun belgilangan
ya’ni mos ravishda yuqoriga, pastga, o’nga, chapga. Pastda ketma-ket tugmalar 
joylashgan: ob’ektni ishchi oynada chamalash tugmasi, bu ob’ektga nisbatan ishchi 
oynani burish imkonini beradi; ishchi oyna miqiyosini o’zgartirish tugmasi yoki 
navigatsiya oynasi, faolashtirishdan keyin foydalanuvchi to’rtburchakli kontur 
yaratadi va uning o’lchamlarini belgilaydi, bu ob’ekt tasvirini miqiyosini 
o’zgartirishini kurish uchun; oldingi oynaga qaytish tugmasi, bu o’zgartirish 
kiritguncha mavjud bo’lgan (ob’ektni siljitish, burish yoki miqiyosini o’zgartirish) 
holatni qayta tiklash imkonini beradi; ob’ekt bo’yicha ishchi oyna markazini siljitish 
tugmasi; miqiyosni o’zgartirish tugmasi (tugmani bosganda ochiladigan menyu 
paydo bo’ladi, bu bilan biron bir standart masshtabni tanlash yoki ixtiyoriy berish 
mumkin); ob’ektni qaytadan chizish. 
Ishchi oynada ekranning eng katta qismini belgilangan miqiyosdagi joyning 
fragmenti tasviri va shu bilan birga ob’ektni loyixalashda yuz beradigan jarayonlar 
egalaydi.
Ishchi oynaga ob’ekt to’liq joylashmasa, u holda aniqroq chamalash uchun
navigatsiya oynasi xizmat qiladi.

Yüklə 427,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə