O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Mavzu – Avtomobil yo’li rejasini loyihalash jarayonini avtomatlashtirish



Yüklə 427,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix28.11.2023
ölçüsü427,27 Kb.
#137778
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Avtomobil yo`llarini avtomatlashtirilgan loyihalash

Mavzu – Avtomobil yo’li rejasini loyihalash jarayonini avtomatlashtirish 
 
Reja
1.
Loyihalashning asosiy tamoyillari, texnik meyorlar.
2.
Trassalash tamoyillari.
3.
CREDO kompleks dasturida yo’l rejasini loyihalash texnologiyasi. 
4.
CREDO kompleks dasturida sun’iy inshootlarni loyihalash.
 
Tayanch so’zlari:
CREDO-TER tizimi, CREDO-PRO tizimi, yo’l o’qi rejasi, 
loyihalash usullari. 
Yo’l o’qini o’tqizishda bir qator talablarni hisobga olish zarur, eng birinchi 
navbatda: xududning ijtimoiy-iqtisodiy talablariga optimal xizmat ko’rsatish, 
avtomobil transporti ish samaradorligini, xarakat qo’layligini va xavfsizligni 
ta’minlash, atrof muhitga bo’ladigan salbiy ta’sir darajasini ruxsat etarli 
chegaragacha kamaytirish, yo’llarni qurish va ekspluatatsiya qilishga ketadigan sarf-
xarajatlarni kamaytirish. Shuni qayd qilish kerak, quyilgan hamma talablarga javob 
beradigan variantlar kamdan kam uchraydi. Shuning uchun, loyihalashning asosiy 
vazifasi shunaqangi variantni qidirib topishdan iboratki, yuqoridagi talablarni 
qaysidir ma’noda qoniqtiradigan bo’lsin.
Yo’lning umumiy yunalishi iqtisodiy qidirish va yo’l tarmog’ini rivojlanish 
sxemalarini asoslash natijalari bo’yicha belgilanadi. Bunda kutiladigan xarakat 
miqdori qanchalik katta bo’lsa va tranzit xarakat miqdori ko’p bo’lsa, shunchalik 
ko’proq e’tiborni yo’l uzunligini qisqartirishga, avtomobil transporti ishlash 
samaradorligini va xarakat xavfsizligini ta’minlashga qaratish lozim.
Xarakat xavfsizligini va avtomobil transporti ishlash samaradorligini 
ta’minlashga talablar yo’l o’qini o’tqizishda yo’lni eng qisqa yo’nalishdan o’tqizish, 
rejadagi egrida (kamida 3000 m) vertikal egriliklarda (qabariq bo’lganda 70000 m, 
botiq egrilikda 8000 m) katta radiuslarni qo’llash, bo’ylama qiyaliklar 0,03 dan katta 
bo’lmasligi va yo’l ustki yuzasida kurinish masofasi 450 m dan kam bo’lmasligi bilan 
erishilishi mumkin.
Rejada yo’llarni loyihalashda qisqa yo’nalishdan uzoqlashish nazorat 
no’qtalari hisobiga bo’lishi mumkin, ko’proq bu holat katta suv oqimlarini, tog’ 
daralarini, avtomobil yo’llari va temir yo’llarni kesib o’tishda bo’lishi mumkin. 
Ba’zida konturli va relef sharoiti tufayli to’siqlarni aylanib o’tishga to’g’ri keladi, bu 
holat qurilishni va keyinchalik yo’lning ekspluatatsiyasini murakkablashtirishi 
mumkin. Konturli to’siqlarga aholi punktlari, kullar va botqoqliklar, noqo’lay 
geologik sharoitda bo’lgan xududlar, ekin ekiladigan qimmatbaho erlar va boshqalar 
kiradi.
Bugungi kunda yo’llarni loyihalashda asosan e’tiborni atrof muxit 
muxofazasiga qaratiladi. Bu muammoni echish uchun yo’l o’qini loyihalashda 
quyidagilar zarur:
- yo’lni o’tqizishda qishloq xo’jaligi ekinlari ekiladigan joylardan, 
quriqxonalardan, o’rmon massivlaridan, tabiiy va tarixiy yodgorliklardan va boshqa, 


31 
qaysiki qurilish va ekspluatatsiya jarayonida noxush oqibatlarga olib keladigan 
xolatlardan aylanib o’tish kerak bo’ladi; 
- xarakat miqdori katta bo’lgan yo’llarni axoli yashash joylaridan axolini 
transport shovqinidan va avtomobillardan chiqadigan zaxarli gazlardan himoyasini 
ta’minlaydigan masofada ajratish lozim; 
- transport oqimi xarakat tarzini bir tekisligini ta’minlaydigan xolda, yo’l 
elementlari geometrik o’lchamlarini belgilash, bu bilan avtomobil transportining atrof 
muxitga salbiy ta’siri kamayadi; 
- yo’l o’qi rejasini loyihalashda arxitektura-landshaft loyixalash usullarini 
qo’llash va talablarini xisobga olish zarurdir. 
Yo’l o’qi rejasiniloyihalashning an’anaviy usulida, ya’ni «poligonal trassalash» 
shundan iboratki, oldin yo’l o’qi rejada siniq chiziqlar sifatida o’tqiziladi, keyin 
burilish uchlari belgilanib, egrlik loyixalanadi, radiuslar belgilanib, doiraviy egri 
elementlari xisoblanadi. Bu usulda bitta kamchilik borki, u xam bo’lsa yo’lni atrof 
manzara bilan uyg’unlashtirish imkoniyati bo’lmaydi.
Yo’llarni avtomatlashgan loyihalashda boshqa usulni qo’llash maqsadga 
muvofiq bo’ladi, masalan «Silliq chizg’ich» deb nomlanuvchi usul. Bu usulda yo’l 
o’qi silliq chiziq sifatida o’tqiziladi. Bu usulda yo’l o’qi to’g’ri chiziq, egri chiziq va 
o’tuvchi egrilardan tashkil topadi.
Yo’l o’qini loyihalashda CREDO dasturini qo’llash yo’l o’qini eng maqul va 
qo’lay variantini tanlash imkoniyatini beradi. CREDO-TER tizimi «poligonal 
trassalash» usuliga asoslangan.
15-rasm. Yo’l rejasini siniq chiziq sifatida loyihalash. 
Bunda joyning raqamli modeli mavjudligi va yo’l o’qini burilish uch holatini 
yoki doiraviy egri radiusini yo’li bilan tuzatmalar kiritish imkoniyati bu usulning 
yo’lni atrof manzara bilan uyg’unlashtirish nuqtai nazaridan ustunligini ko’rsatadi. 
CREDO-PRO tizimi «Poligonal trassalash» va «egiluvchan chizg’ich» usullarini 
qo’llash imkoniyatlarini beradi.
Suv o’tqizuvchi inshootlarni loyihalash quyidagi ish turlaridan tashkil topadi: 


32 
-
qor va yomg’ir suvlari oqimi maksimal sarfini hisoblash; 
-
quvurlar siqilgan yuzasida suv tezligini va quvur oldidagi suv balandligini 
miqdorini aniqlash bilan quvur tuynugini gidravlik hisoblash; 
-
quvurlar ustidagi kutarma minimal balandligini aniqlash; 
-
quvurlar tuzilishini va ularning uzunligini aniqlash; 
-
kutarma yon qiyaliklarini va uzanlarni mustaxkamlashni loyihalash va 
hisoblash; 
-
qurilish ishlari hajmini va bahosini aniqlash. 
Yuqoridagi hisoblash ishlarini xar xil turdagi quvurlar tuynuklari uchun 
bajargandan sung, ularni qurilish va keyinchalik ekspluatatsiya qilish bahosi bo’yicha 
taqqoslash mumkin. Natijada eng qo’lay va kam xarajatli variantni aniqlash mumkin 
bo’ladi.
Bugungi kunda CREDO tizimida gidravlik hisoblashlarni va qor va yomg’ir 
suvlari maksimal sarfini hisoblash avtomatlashtirilgan. Ularning natijalari qolgan 
yuqoridagi hisoblashlarni baajarish uchun boshlang’ich ma’lumot sifatida 
foydalaniladi.
Yomg’ir suvlari va hajmi maksimal sarfi quyidagi usullardan biri yordamida 
aniqlanilishi mumkin: 
-
MADI/Soyuzdorproekt formulasi buyicha; 
-
Chegaraviy jadalllik formulasi buyicha, QMQ 2.01.14-83. 
-
Reduktsion formulalar buyicha; 
-
Ukraina va Belorussiya uchun xududiy formulalar buyicha. 
Qor suvlari maksimal sarfini hisoblash uchun yuqridagi formulalar va Ukraina 
va Belorussiya uchun xududiy formulalari o’rtasida tanlov amalga oshirilishi 
mumkin. 
Doiraviy va to’g’ri turtburchakli quvurlarni gidravlik hisobi bosimli, yarim 
bosimli va bosimsiz rejimda ishlayotgan quvurlarda o’quv va texnik adabiyotlarda 
keltirilgan bog’likliklar yordamida aniqlanilishi mumkin. Bunda yomg’ir suvlari 
oqimi maksimal sarfi hisobiy deb hisoblansa, u xolda hisoblash ishlari 
akkumulyatsiyani hisobga olgan holda bajariladi.
CREDO-CAD kichik tizimida suv o’tkazuvchi quvurlarni loyihalash uchun 
«Iskusstvennыe soorujeniya» menyusiga kirib, «Vodopropusknыe trubы» qatorini 
faollashtirish talab etiladi. Loyihalash ishlari «Карточки труб»ni tulg’izishdan 
boshlanadi. Bunda mavjud yoki loyihalanayotgan quvurlarda tuynugi yoki boshqa 
ma’lumotlar gidravlik hisoblash ishlarisiz belgilanadigan hollarda hamma 
ma’lumotlar birdaniga to’lg’iziladi: quvur piket holati, tuynugi o’lchami, tuynuklar 
soni, quvur osti belgisi, quvur uzunligi va nishabligi, materiali, quvur oldida suv satxi 
belgisi, quvurning yo’l o’qiga nisbatan joylashish burchagi. Loyihalanayotgan 
quvurlar uchun quvur tuynugi gidravlik hisoblashlar natijasida aniqlanganda, 
birlamchi quvur katrochkasi to’lg’iziladi va unga hamma ma’lumotlar kiritiladi, 
qolganlari hisoblash ishlaridan keyin kiritiladi.
Quvur kartochkasini tulg’izib bo’lgach, «Гидравилический расчет труб» 
qatoriga o’tish zarur va ketma ket «Расчет стоков» va «Дождвий поводки» 
punktlarini faollashtirish kerak. Yomg’ir suvlari maksimal sarfini hisoblash uchun 
MADI/Soyuzdorproekt formulasi universal hisoblanadi. Hisoblashda bu formulani 
belgilasak ekranda jadval paydo bo’ladi, buni klaviatura yordamida to’lg’izamiz: 


33 
yomg’ir tumani raqami, quvur piket holati, suv yig’ilish maydoni, bosh soy uzunligi 
va qiyaligi, quvurlar turi. «F2» tugmasi yordamida hisoblash ishlari bajariladi. 
Shundan sung ekranda hamma boshlang’ich ma’lumotlar va hisoblash ishlari 
natijalari paydo bo’ladi - yomg’ir suvlari hajmi va sarfi 1,2,3,5 va 10 % extimollik 
bilan.
Qor suvlarini hisoblash uchun «QMQ 2.01.14.-83 formulasi bo’yicha» qatorni 
faollashtirib, suv xavzasi geometrik o’lchamlarini xarakterlovchi boshlang’ich 
ma’lumotlar jadvali, shu bilan birga loyihalash tumani iqlim xususiyatlari 
ko’rsatkichlari kiritiladi. 
16- rasm. «Искуственныe сооружения» punkti menyusi 
Quvurlarni gidravlik hisobi uchun «Расчет пропускной способности»
qatorini faollashtirgandan sung ekranda paydo bo’ladigan jadval to’lg’izilishi lozim. 
Bunda «*» belgisi bilan belgilangan o’lchamlar «Probel» tugmasini bosgandan sung 
paydo bo’ladigan jadvaldan tanlanadi. «F2» tugmasi yordamida hisoblash ishlari 
bajariladi, shundan sung ekranda boshlang’ich ma’lumotlar bilan hisoblash natijalari 
ekranda paydo bo’ladi.
CREDO-CAD tizimida kichik ko’priklarni loyihalashda qor va yomg’ir suvlari 
maksimal sarfi va hajmini aniqlash va belgilangan tuynukdagi ko’prik gidravlik 
hisoblash, natijada ko’prik ostidan suvning oqib o’tish tezligini aniqlash, siqilgan 
yuzadagi oqim chuqurligi va ko’prik oldidagi suv kutarilishi aniqlanilish kuzda 
tutiladi. Bu ko’rsatkichlar ko’prik osti uzanini mustahkamlash turini tanlashda va 
ko’prik balandligi belgisini to’g’riligini aniqlash uchun foydalaniladi. 
Водопропускные трубы 
Карточка труб 
Гидравлический расчет труб 
Расчет стоков 
Расчет пропускной способности
Мосты 
Карточка мостов 
Гидравлика периодических водотоков 
Расчет стоков 
Расчет пропускной способности
Урезы воды 
Пересечения подземных коммуникаций 
Ведомость пересекаемых подземных коммуникаций 
Пересечения надземных коммуникаций 
Коммуникации вдоль трасы 
реперы 


34 
Kichik ko’priklarni loyihalash quyidagi ketma ketlikda olib borish tavsiya 
etiladi: 
1.
kichik ko’prik uzunligi qirg’oq tayanchlari va namunaviy oraliq qurilmalar 
o’lchamlarini hisobga olgan holda belgilanadi; 
2.
ko’prik uzunligining berilgan miqdorida, er va loyiha belgilarida
ko’prikdagi kutarma yon qiyaliklarida ko’prik oralig’ini hisoblash; 
3.
qor va yomg’ir suvlari maksimal sarfi aniqlaniladi; 
4.
olingan ko’prik oralig’i uchun gidravlik hisoblashlar bajariladi; 
5.
ko’prik ostidan suv oqishini hisobga olib, ko’prik osti uzani 
mustaxkamlanish turi belgilanadi yoki mavjud ko’priklarda oldin qurilagn 
mustaxkamlikni ishonchliligi tekshiriladi; 
6.
ko’prik osti suv balandligini hisobga olgan holda me’yoriy hujjatlar 
talablaridan kelib chiqib, suv hisobiy satxidan prolet qurilma ostigacha 
bo’lgan kutarilish tekshiriladi. 
CREDO-CAD tizimida kichik ko’priklarni loyihalash «Kartochka mostov» ni 
to’lg’izishdan boshlanadi, bunda quyidagilar kiritiladi: har qaysi ko’prik piket holati, 
ularning uzunligi, gabariti, ko’prik boshi va oxiri belgisi va qiyaliklari, prolet qurilma
materiali va suv maksimal satxi belgisi. Ko’priklar kartochkasi to’lg’izilgach, 
«Гидравлика переодических водотоков» punktiga o’tiladi, bu menyuda «Расчет 
стоков» va «Расчет пропускной способности» qatorlari mavjud. 
Kichik ko’priklarni loyihalashda qor va yomg’ir suvlari hajmi va maksimal 
sarfi xuddi suv o’tkazuvchi quvurlardagidek aniqlaniladi. «Расчет пропускной 
способности» qatorini faollashtirgandan keyin ekranda jadval paydo bo’ladi, bunga 
gidravlik hisoblashlar uchun kerak bo’ladigan boshlang’ich ma’lumotlar kiritiladi: 
hisobiy sarf, oqim hajmi, qiyaliklar va soy nishabligi, uzan g’adir-budurlik 
koeffitsienti, ko’prik oralig’i, ko’prik oldidagi ruxsat etarli suv chuqurligi, uzan 
tubidan ko’prik qatnov qismigacha masofa (faqat mavjud ko’priklar uchun), 
ko’prikdagi kutarma konusi yon qiyaligi. Agar ko’prik oldidagi suv ruxsat etarli 
chuqurligini miqdorini 0 teng deb kiritsak, u xolda gidravlik hisob akkumilyatsiyani 
hisobga olmagan holda bajariladi. Barcha ma’lumotlarni kiritib bo’lgach «F2» 
tugmachasi bosish yordamida hisoblash ishini bajaramiz. Hisoblash natijalarini 
ekranda kurish va bosmaga chiqarish mumkin bo’ladi. CREDO-CAD tizimida sun’iy 
inshootlarni loyihalash MOST 1.2 va MORFOSTVOR 1.0 dasturlari yordamida 
bajariladi.
Nazorat savollari 
1.
Yo’l o’qi yo’nalishini tanlash asoslarini tushuntiring?
2.
CREDO-TER tizimida yo’l o’qi rejasini qanday loyihalash mumkin?
3.
CREDO-PRO «Geometrik loyihalash» tizimida yo’l o’qi rejasini loyihalash 
tartibi qanday?
4.
CREDO-CAD tizimida yo’l o’qi rejasini loyihalash qanday amalga 
oshiriladi?
5.
CREDO-CAD tizimida suv o’tkazuvchi quvurlarni qanday loyihalaymiz? 
6.
CREDO-CAD tizimida kichik ko’priklarni qanday loyihalaymiz? 
7.
Sun’iy inshootlarni loyihalash bosh menyusini chizmada ko’rsating? 


35 

Yüklə 427,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə