O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Mavzu – Yo’l poyini loyihalash jarayonini avtomatlashtirish



Yüklə 427,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix28.11.2023
ölçüsü427,27 Kb.
#137778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Avtomobil yo`llarini avtomatlashtirilgan loyihalash

Mavzu – Yo’l poyini loyihalash jarayonini avtomatlashtirish
 
Reja 
1.
Asosiy tamoyillar va texnik me’yorlar.
2.
CREDO kompleks dasturida yo’l poyini avtomatlashgan loyihalash.
3.
CREDO kompleks dasturida yo’l poyi ustivorligini tahlil qilish.
Tayanch so’zlari:
yo’l Ko’ndalang kesimi, elementlar, avtomatlashgan 
loyihalash, suv qochirish, kuchsiz asos, er ishlari. 
Yo’l poyi tuzilmasini belgilashda quyidagi omillarni xisobga olish lozim: yo’l 
poyi ishchi belgisi kattaligi, yo’l toifasi, yo’l to’shamasi turi, ko’tarma ko’tarish 
uchun ishlatiladigan gruntlar turi, grunt va gidrogeologik sharoit, suv qochirish 
sharoiti, erlarning qimmatligi, manzaraviy loyihalash talablari, er ishlarini tashkil 
etish sharoiti. Yo’l poyi ko’ndalang kesimini loyihalash quyidagi vazifalarni echishni 
o’z ichiga oladi:
1. ko’tarma va o’yma yon qiyaligini belgilash, ko’tarma balandligi va o’yma 
chuqurligi 12 m gacha bo’lganda berma va kyuvet orti qatorini kengligini qulay grunt 
va gidrogeologik sharoitdan kelib chiqib na’munaviy echimlardan foydalanish bilan 
belgilash; 
2. Quyidagi hollarda yo’l poyini xususiy loyihalash: ishchi belgi 12 m dan 
oshganda; tik qiya joylarda qiyalik 1:3 dan katta bo’lganda; ko’tarma asosida kuchsiz 
grunt bo’lganda; chuqurligi 4 m dan katta bo’lgan botqoqliklarda yoki ularning tubi 
kundalang qiyaligi 1:10 dan katta bo’lganda; yo’l poyi tuzilmasida maxsus 
qatlamlarni qo’llashda; xavfli geodinamik va boshqa jarayonli uchastkalarda (karstli, 
o’pirilishli, yorilgan, bo’lingan, sel oqimlari, qor kuchkilari va boshqalar); 
3. Yon ariqchalarni va boshqa ustki yuza suv qochiradigan inshootlarni 
loyihalash. 
CREDO-CAD tizimida o’yma va ko’tarma ko’ndalang kesimlari o’lchamlarini 
belgilash jadvallarni taxlil qilishdan iborat bo’lib, bu «Проектирование 
попекечного профиля » menyusi punktlarini ketma ket faollashtirishdan keyin 
ekranda paydo bo’ladigan «Ввод и карректировка исходных данных », «Откосы 
насыпи и выемки » qatorlarini faollashtirish natijasida amalga oshiriladi. Yo’l poyi
yon qiyaliklari jadvalida singan joylarda bermalar qurish imkoniyatidan va har xil 
yon qiyaliklarni belgilashdan kelib chiqib, balandlik bo’yicha 3 ta uchastkaga 
bo’lingan. Birinchi uchastka uchun h

yo’l poyi qoshidan belgilanadi, ikkinchi 
uchastka va uchunchi uchastkalar uchun 
h
2
, h
3
balandlik oldingi uchastka pastki 
chegarasidan belgilanadi. O’ymalarda yo’l poyi qoshi satxida b kenglikda yon 
ariqcha tomonga qaratib 2 % qiyalikda kyuvet orti tasmalari qurilishi mumkin.
Agar yo’l uzunligi bo’yicha ko’ndalang kesim o’lchamlarini o’zgartirish 
ko’zda tutilgan bo’lsa, har qaysi uchastka uchun jadvallarni taxlil qilish zarur. 
Piketlarning birlamchi ko’rsatkichlar yo’l boshi va oxiri uchun mos keladi. 
Uchastkalar oraliq chegaralarni kiritish uchun klavish-strelkalar bilan «световое 
окно»ni piketga ko’chirish zarur, bundan oldin uchastkaning yangi chegarasi 


45 
kiritiladi, «Insert» tugmasini bosib hosil bo’lgan oynaga chegaralar piket holatini 
kiritish lozim.
22 -rasm. «Проектирование поперечного профиля» menyusi 


46 
23-rasm. Yo’l yon qiyaliklarini loyihalash sxemasi:
a) kutarma; b) uyma.
Nazorat savollari 
1.
CREDO-CAD tizimida yo’l ko’ndalang kesimini loyihalash haqida nimalarni 
bilasiz?
2.
Bo’ylama suv qochirishni hisoblash va yo’l yon ariqchalarini tuzatishni qanday 
amalga oshiramiz?
3.
Kuchsiz asosdagi kutarma chukishini hisoblashni tushuntirib bering? 
4.
Asosiy tamoyillar va texnik me’yorlar deganda nimani tushunasiz?
5.
CREDO kompleks dasturida yo’l poyini avtomatlashgan loyihalash haqida 
nima bilasiz?.
6.
CREDO kompleks dasturida yo’l poyi ustivorligini tahlil qilish haqida nimani 
bilasiz? 


47 
9-MA’RUZA. 

Yüklə 427,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə