O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI
Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi
G‘IYOSOV ATXAM XASANBOY O‘G‘LI
MILLATLARARO MUNOSABATLARNI IJTIMOIY-SIYOSIY
VA MADANIY-MA'NAVIY OMILLARI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
NAMANGAN-2015
2
M U N D A R I J A
KIRISH……………………………………………………………………………
I. BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA MILLATLARARO
MUNOASABATLARNING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI
1.1.O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni rivojlantirishning huquqiy asoslari
1.2.I.A.Karimov asarlarida millatlararo munosabatlarning yoritilishi…………..
II. BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA MILLATLARARO
MUNOSABATLARNING MA’NAVIY JIHATLARI
2.1.Mustaqil O‘zbekistonda milliy va ma‘naviy munosabatlar………………....
2.2.O‘zbekiston Respublikasini millatlararo munosabatlarning shakllanishiga doir
hamkorlikdagi madaniy faoliyati
XULOSA………………………………………………………………………...
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………………3
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
Har bar xalq, har bir millat mustaqillikni orzu qiladi. O‘zbek
xalqi ana shu orzusiga erishdi. -Endigi dolzarb vazifamiz, – deydi, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, – bu jarayonlarning ilmiy – nazariy asoslarini,
ularning yangi–yangi qirralarini mukammal ochib berish, o‘qituvchilarimiz,
talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib berish va ularni
yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin
ishtirokchilariga aylantirishdan iborat
1
. Mustaqillik – imkoniyat beradi, yo‘l ochadi,
ammo bu imkoniyatdan foydalanib, mamlakat taraqqiyotini yangi darajaga ko‘tarish
bizga, bizning mehnatimiz, uyushqoqligimiz, tashabbuskorligimizga bog‘liq.
O‘zbekiston aholisining, uyushqoqligida, birga harakati va mehnatining
samaradorligidadir. Bu borada yuksak ko‘rsatkichlarga erishmoq uchun
mamlakatimizning barcha aholisi o‘z mehnatining zoe ketmasligiga, lekin bu
natijalarga erishishda qator qiyinchiliklarga duch kelamiz. Ulardan biri O‘zbekiston
aholisining ko‘p millat va elatlardan tashkil topganligidir. Ularning har biri o‘z tili,
milliy urf – odatlari, milliy madaniyati, ma‘naviyati, qoida va an‘analariga ega. Bu
narsalarni hech bir vaqt inkor etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.
A. Karimov bir qator ma‘ruzalari va asarlarida to‘xtalib o‘tganlar, hamda konseptual
fikrlarni bildirganlar. ―Jamiyatni ma‘naviy yangilashdan bosh maqsad – yurt
tinchligi, vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga millatlararo totuvlik, diniy
bag‘rikenglik kabi ko‘p – ko‘p muhim masalalardan iborat
2
. Yuqorida aytilgan
mulohazalardan ma‘lum bo‘lib turibdiki, O‘zbekiston aholisini jipslashtirish,
birlashtirish mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu
maqsadga erishmoq uchun millat nima, nima uchun har bir millat o‘ziga hos til,
madaniyat, urf – odatlar va an‘analarga ega, ularni qanday qilib inobatga olmoq
1
Karimov. I. A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009. –Б. 22.
2
Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq etiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. –Toshkent: ―O‘zbekiston, 2000,
-Б. 24.
4
mumkin va darkor, millatlarning o‘zaro munosabatlarida birinchi navbatda qanday
jihatlar bilan hisoblashmoq zarur, - bularning hammasi mamlakatimizning har bir
fuqarosiga ma‘lum bo‘lishi kerak.
2015 yilga mamlakatimizda Keksalarni e'zozlash yili, deb nom berilishida ham
ezgu maqsadlar mujassam, chunki, qaysi millat vakili bo‘lishidan qat'iy nazar
O‘zbekiston respublikasida istiqomat qilayotgan keksalarni ijtimoiy himoyalash
bunda asosiy masaladir.
Hukumatimiz tayyorlayotgan dasturda keksa avlod vakillari, avvalo, 1941-1945
yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,
ularga ko‘rsatiladigan tibbiy va ijtimoiy xizmat darajasi va sifatini oshirish,
muhtojlarni yordamchi va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta'minlash, tumanlar va
mahallalarda qariyalarimiz uchun muloqot markazlari, ularning qiziqishlaridan kelib
chiqqan holda, turli klublar tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘zda
tutilishi lozim. Muhtasar aytganda, bugungi tinch va obod hayotimizni barpo etishga
beqiyos xizmatlari singan, honadonlarimizning fayzi bo‘lgan mo‘tabar
keksalarimizning farovon va munosib umr kechirishlari uchun keng ko‘lamli chora-
tadbirlarni amalga oshirish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burchimiz,
deb qabul qilishimiz darkor.
1
Shuningdek, mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan ham izohlanadi.
Birinchidan, O‘zbekistondagi barcha millatlar va elatlar orasida nizo, norozilik,
g‘amginlik, yotsirash, xudbinlik kabi nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmaydi, mamlakatimiz
aholisining totuvligi, hamjihatligi, hamkorligi, o‘zaro bir – biriga bo‘lgan hurmati
o‘sib, mustahkamlab boradi.
2
Bo‘ o‘z o‘zidan millatlararo munosabatlarda har bir
1
Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib
berish – ustuvor vazifamizdir// Xalq so‘zi 2015-yil 11-aprel
2
Xonazarov Q. Mustaqillik va milly munosabatlarning rivojlanishi. –Toshkent, .2001. –Б. 6.
5
xalq va millatning milliy an'ana va qadriyatlariga chuqur hurmat bilan munosabatda
bo‘lishni taqazo etadi. Zero, Prezidentimiz I. A. Karimovning -O‘zbekiston XXI asrga
intilmoqda» nomli risolasida ta'kidlaganidek, -jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik,
millatlar va fuqarolararo totuvlikni sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy
yahlitligini ta‘minlash, islohotlarini chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash
borasidagi faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
1
Ikkinchidan, Jamiyatimizda barqarorlik, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo
totuvlikni saqlab qolishda mintaqamizda sodir bo‘layotgan turli hil mojarolarning
mohiyatini chuqur anglab etish, ularni keltirib chiqarayotgan muammolarni o‘z
vaqtida hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Barqarorlikni saqlab qolish faqat
fuqarolarning tinch – totuv yashashining, shuningdek, jamiyatimizning iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy, madaniy ma‘naviy yangilanish va yuksalishning asosiy garovidir.
I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, -bugungi kunda asosiy vazifamiz - mustaqilligimizni
yanada
mustahkamlash,
mamlakatimizning
xalqaro
obro‘sini
oshirish,
xonadonimizdagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va totuvlikka nisbatan bo‘layotgan
har turli taxdit va xavf – xatarlarga nisbatan ogoh va hushyor turishdir».
Uchinchidan, jamiyatimizning har bir qatlamiga umuminsoniylikning
ustuvorligi, milliy qadriyatlarga sodiqligi, insonparvarlik; vijdon erkinligi, fikrlar
hilma-hilligi; demokratiya, kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga o‘tish, jamiyat
hayotini erkinlashtirish g‘oyalarini singdirish lozim. Bular o‘z navbatida
umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini talablariga to‘la to‘kis mos keladi. O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida
jamiyat
hayotining,
hususan
mafkuraviy
jarayonlarning ham huquqiy me‘yorlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning
18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi,
millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‘iy
1
Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. –Toshkent: O‘zbekiston, 1999.-Б. 19.
6
nazar, qonun oldida tengdir",
1
deb belgilab qo‘yilgan. Albatta, davlat, jamiyat, siyosiy
tizimining o‘zagi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyoti uchun mas‘ul bo‘lgan
siyosiy unstitutdir. Shu manoda, u jamiyatning mustahkam jipslashuvi, fikrlar hilma –
hilligi
va
qarashlar
rang–barangligi
asosida
hayotdagi
jarayonlarning
muvofiqlashuvidan manfaatdordir.
To‘rtinchidan, Bugungi globallashuv sharoitida jahonning turli mamlakatlarida
turli qonli to‘qnashuv va siyosiy tortishuvlar, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar
kechayotgan bir paytda O‘zbekiston Respublikasida tinch-osuda, millatlararo
hamjihatlikda odamlar ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Beshinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov joriy yilning 9-
may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati ommaviy axborot vositalari vakillari
bilan qilgan muloqotida ta’kidlanganidek, bu dunyoda g‘animat ekanimizni esdan
chiqarmasdan, beshafqat urushda qatnashgan, front ortida o‘zini ayamasdan mehnat
qilgan vatandoshlarimizni qadrlash, e'zozlash, umrini uzaytirish, ularni eslab, xolidan
xabar olish, ruhini ko‘tarish-bunday ezg‘u ishlar barchamizning eng oliyjanob
burchimiz bo‘lishi shart
2
. Bu fikrlar o‘zbek xalqining ikkinchi jahon urushi yillaridagi
millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik borasidagi ibrat namunasini yodga soladi va
bundan kelib chiqib aytish mumkin bo‘ladiki, millatlararo munosabatlarda o‘zaro
hurmat va ehtirom o‘zbek xalqining milliy qadriyati va madaniyatining ajralmas
qismi bo‘lib kelgan.
Oltinchidan, «Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan
bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlar jarayonida egallab
1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Tошкент: Ўзбекистон, 2014. –Б. 6.
2
Karimov I. A. O’tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash-bizning farzandlik burchimizdir.// Xalq so’zi. 2015-yil 10
may
7
turgan o’rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayo’tgan hayot
talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo’lishimiz shart”
1
.
Dostları ilə paylaş: |