O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Namangan muhandislik-tеxnоlogiya instituti huzuridagi Mingbuloq yеngil sanoat



Yüklə 17,57 Mb.
səhifə42/244
tarix23.05.2023
ölçüsü17,57 Mb.
#112298
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   244
o\'qitish materiali

Nabroska haqida ma’lumot

O‘ylamasdan, mexanik ravishda chiziq va tuslarni aks ettirib va nigohidan uzoq yoki yaqinda joylashgan jismlarning na konstruksion - shakli va uning fazodagi o‘rnini his qilmagan holda chizilgan tasvirlarni tez-tez uchratish mumkin. Bunda barcha ko‘z ilg‘agan narsalar bir maromda, bir xil e'tibor bilan tasvirlanadi, boshqacha qilib aytganda asosiy narsaga urg‘u berilmaydi. Buning sababi tasvirlovchining yaxlit ko‘ra olish, bir detalni boshqa katta shaklga bog‘lay olmaslik, asosiy ichki qurilmaga bo‘ysundirolmaslik qobiliyatini yo‘qligidir. Ko‘pincha tasvirlovchining ko‘rganni eslab qolish xotirasining rivojlanmaganligi, shu bilan birga, tasvir yuzasini tashkil qila olmaslik, mutaxassislar tili bilan aytganda komponovka qila olmaslik tasviriy san’atda aqlga sig‘maydigan holat. Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘li bu nabroskadir (qalam chizgilardir). Nabroska nima va u nimasi bilan oddiy chizma tasvirdan farq qiladi? Nabroska deb qisqa, boshqacha qilib aytganda, tezkor 3-5 daqiqa davomida bajariladigan tasvirlarga aytiladi. Lekin bu uning asosiy xususiyati emas. Uni qisqa va uzoq davom etadigan jarayonni solishtirish orqali tushunish mumkin. Xarakter jihatdan uzoq davom etadigan tasvir analitik tasvirlarga kiradi, bu jarayon bajarilishida shakl va uning fazodagi joylashuvi, qurilmasi, plastik birligi va b. o‘rganiladi. Uzoq davom etadigan tasvirlar yaxlitlikdan-xususiylikka qadar, aniqrog‘i, katta shakldan mayda detalgacha, alohida bo‘laklar va detallarni yaxlitga bo‘ysunishi sxemasi bo‘yicha bajariladi. Bunda boshi, o‘rtasi va oxiri kuzatiladi. Nabroskada esa hammasi boshqacha. Hammasini baravar qilish, bir lahzada qurish, chizish, tasvirni biror bir yechimga bajariladigan vositalar tanloviga olib kelish kerak. Nabroskani shiori: “Minimum vosita- maksimum ifoda”. Nabroskaning maqsadi - xarakter va harakat. Asosiysi ham shunda. Detallar bartaraf qilinadi. Bor e’tibor tasvirlanuvchiga qaratiladi. Uzoq davom etadigan analitik tasvirlarda kuzatiladigan davomiylik yo‘q. Tasvirni mazmunini tashkil etadigan barcha elementlar, ortiqcha tayyorgarliksiz darhol bajariladi. Shuning uchun nabroskani ko‘p hollarda sintetik tasvirlash ham deb atashadi. Nabroskalar ko‘rganni eslab qolish xotirasini haddan ziyod rivojlantiradi, ayniqsa, harakatdagi modellarni (hayvonot bog’ida, ko‘chada, stadionda va h.) ko‘rish xotirasisiz yuqorida ta’kidlanganidek, tasvir ishlash nihoyatda qiyin, mumkin ham emas. Agar davomiy chizmatasvirda har-xil kam-ko‘stlarni to‘g‘rilash mumkin bo‘lsa, nabroskada ular mumkin emas. Muvaffaqiyatsiz hollarda esa, o‘sha modelni birinchi nabroskasidagi xatolarini to‘g‘rilab yangi nabroskalarini ishlash mumkin. Shunday ekan, barcha aytilganlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin, nabroska ishlash natijasida ko‘rishdagi barcha muammolami erta yo kech bartaraf etish, yoki minimumga tushirish mumkin. Nabroskalar ikki xil turda bo‘ladi: birinchisi - aslida nabroskalar xarakterli hususiyatlari bilan va ikkinchisi - nabroskalardan keskin farq qiluvchi homaki rasmlar. Ularni bo‘lajak kompozitsion asarlarga xoh u grafik ish bo’ladimi yoki matodagi tasvir, illyustratsiya, plakat, teatr dekoratsiyasigami va shunga o‘xshash narsalarga bo’lajak material sifatida yaratishadi. Xomaki suratlarga nabroskalarga qaraganda ko‘proq va batafsilroq model holatini imkon qadar o‘rganib ishlab chiqiladi. Xomaki suratlar kompozitsion asarga tayyorgarlik ko‘rishning ahamiyatli qismidir. Ularni hamma yerda har qachon, rassomni taqdiri qayerga boshlasa ham ishlash kerak, hatto ular o‘ylangan g‘oya uchun material bo‘lmasa ham. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, har qanday ijodiy kompozitsiya tasavvurdan, hayoldan va xotiradan ishlash mahoratini talab etadi. Bu talab barcha sohada faoliyat yurituvchi rassomlarga va shu jumladan, texnolog rassomlarga ham tegishli. Ma’lumki, to‘qimachilik mahsulotining yaratilishiga kurs, diplom va ishlab chiqarish loyihalarining ishlanmalari sabab bo’ladi. So’ngi holatdagina eskiz qismi asosiy bo’ladi. Chunki ohiridagi holatda mahsulotni ishlab chiqish muallif faoliyatiga kirmaydi. Ishlab chiqarishda, teatr va kinoda rassomning vazifasi eskizni ishlab berish bilan chegaralanadi. Loyihani materialda ishlab chiqish jarayonida rassomga maslahatchi nazoratchi vazifasi yuklatilishi mumkin. Shu sababli xotiradan, ta’assurotdan va hayoldan rasm ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bular chizmatasvirning qanday turlari? Professor M.N.Aleksich “Xotiradan rasm ishlash” maqolasida yozadi: “O‘ylashimcha, asl hayoldan ishlangan chizmatasvir deb shunday chizma tasvirga aytiladiki, rassom tomonidan o‘z oldiga qo‘ygan vazifani aniqroq bajarishda kuzatilgan, o‘rganilgan yoki avval naturadan ishlangan ishlar yordamida bajarilgan ishlarga aytiladi. Shuni ham aytish lozimki, ko‘rganni eslab qolish qobiliyati bevosita naturadan chizmatasvir bajarishda muhim ahamiyatga ega. Agarda tasvirlovchi tasvirlanayotgan muhitni yetarli darajada aniq ko‘rmasa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi yoki vazifani bajarishga keragidan ko‘p mehnat va vaqt sarflaydi. Naturadan chizmatasvir ishlash, hayoldan rasm ishlashdan shunisi bilan farq qiladiki, unda model tasvirlovchining ko‘z o‘ngida turadi. Ko‘rganni eslab qolish qobiliyati kam uchraydigan holat bo‘lib, u buyuk ne’mat belgilaridan hisoblanadi. Biroq uni mashq qilish orqali rivojlantirish mumkin. O‘zidan ishlashning murakkab turlaridan yana biri hayoldan rasm ishlash hisoblanadi. Ko‘rganni eslab qolish qobiliyatini rivojlantirish uchun doimiy nabroskalar ayniqsa, harakatdagi model (hayvonot bog‘ida, stadionda va .h.) tasvirini ishlash seanslarini o‘tkazish maqsadga muvofiq. Tasavvurdan rasm ishlashning eng yaxshi usuli avval ishlangan modelni boshqacha ko‘rinishini bajarish hisoblanadi. Masalan, ro‘paradan chizilgan boshning to‘rdan uch qismi ko‘rinib turgan tasvirini ishlash. Modelni oynada aks etgan tasvirini ishlash ham yaxshi natija beradi. Bo’lajak modelyerlar uchun grafikadan “Zamondosh obrazi” vazifasini bajarish o‘ta muhim. Bunday tasvirlarni bajarish o‘zidan qarab rasm ishlashni o‘rganishda stimul bo‘la oladi. Natura materiallarini yig‘ish va umumlash va ular yordamida zamondosh obrazini yaratish mazmun jihatidan ham xotiradan ham tasavvurdan va hayoldan rasm ishlash hisoblanadi.


  1. Libos dizaynini to‘liq ifodalash va uni eskizini yaratish

Teatr sahnalari uchun yaratilgan liboslami tasavvurdan ishlangan eskizlari juda ham yorqin. Bunday tasvirlar modeler rassomlar ishiga yaqindir. Ayollar standart tik qom atining old va orqa ko‘rinishi. Bu qismda standarttik qomat uzunligining old va orqa ko'rinishlar qanday chizilishi ko‘rsatilgan. Bunda konstruktiv chiziqlar libos detallarini chiziqlarini va proporsiyalarini ko‘rish mumkin. Libos dizaynini to‘liq ifodalashda qomatning old va orqa ko‘rinishi muhim. Qomatning bu holatida qo‘l va oyoq harakatlanishi natijasida turish holatini o ‘zgarish imkonini yaratadi. Qomatda detallarni tasvirlash ahamiyatga ega boiib, masalan, yupqa burmasi yoki yeng hajmini, model qomatining harakatlanishi ifodasi elementlami aniq tasvirlashda yordam beradi.
5.1-rasm: Ayollar standart tik qomatining old va orqa ko‘rinishi.

Erkaklar standart tik qomatining old va orqa ko‘rinishi: Erkaklar model qomati eskizi chizilganda ushbu shablon qo’llanadi.

5.2-rasm: Erkaklar standart tik qomatining old va orqa ko‘rinishi.




Yüklə 17,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə