O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Namangan muhandislik-tеxnоlogiya instituti huzuridagi Mingbuloq yеngil sanoat


Drapirovkalardagi shakllarni hosil qilish usullari



Yüklə 17,57 Mb.
səhifə48/244
tarix23.05.2023
ölçüsü17,57 Mb.
#112298
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   244
o\'qitish materiali

Drapirovkalardagi shakllarni hosil qilish usullari

Drapirovka uchun matolar tanlashda bu hususiyatlarini e ’tiborga olish zarur, noto‘g‘ri tanlangan mato esa o‘ylangan kompozitsiyada mo’ljaldagi natijani bermasligi mumkin. 6.1-rasmda bir qancha drapirovkalarning kompozitsion yechimlari keltirilgan. Kompozitsiya variantlarining biri bu, bir yoki ikki tayanch nuqtalariga osilgan drapirovkalardir. Birinchi variantda bitta tayanch nuqtada osilib turgan drapirovka, vertikal yo‘nalishda konussimon shakl hosil qilgan. Ikkinchi variantda esa drapirovka ikki nuqtaga osilgan bo’lib, u yoki bu tarafdan guruhlarga ajralgan holda, to‘g‘ri tuzilmali yaxlit yoysimon taxlamlar hosil qilgan.

6.1-rasm: Drapirovka kompozitsion yechimlarining variantlari

6.2-rasm: Drapirovka chizma tasviri. 6.3-rasm: Drapirovka akademik . . chizma tasviri.
Taxlamli qilib qo’yilgan drapirovkalar, hajmli bo’lib, bo’yi, eni va chuqurligiga ega. Drapirovkaning hajmli shakllari bukilgan taxlamalarga ega bo‘lib, matoning o‘ngidan teskari tomonga va aksincha, teskaridan o’ngiga qarab yo‘naladi. Shunga e’tibor qaratish lozimki, matoning og‘irligi tufayli, drapirovka taxlamlarini yuqoridan pastka qadar bukilishlari kattalashib borishiga olib keladi. Eng katta bo'rtgan yuzasi buklama shakl, katta chuqur yuzasi esa -botiq shaklli taxlamlarini hosil qiladi. Bortgan shakldan botiq shaklgacha bo‘lgan masofa, taxlamlarning ham bo‘yi, ham chuqurligi sanaladi. Drapirovkalar asosiy va bo‘ysinuvchi tayanch nuqtalaridan osilib tushishi mumkin.
Asosiy tayanch nuqtasi deb drapirovkani osilishi boshlangan joyi, drapirovka taxlamlari uzilib, yangi shakl hosil qilish joyibo'ysinuvchi nuqta deb ataladi. Asosiy va bo'ysunuvchi tayanch nuqtalar drapirovka kompozitsiyasini shunday shakllantiradiki, taxlamlar tayanch nuqtalardan nur, to‘lqin yoki yoysimon shakllar drapirovka xarakteri qonun qoidalariga bog’liq holda shakllantiradi. Boshida taxlamlar vertikal holatda tushib, so‘ngra pastki nuqtaga nisbatan yo‘naladi. Shu bilan birga bo’ysunuvchi nuqtada yangi tayanch nuqta hosil bo’ladi, undan qarama-qarshi yo‘nalishda davom etadi. Bunday shakldagi drapirovkalar zinasimon taxlamli kompozitsiya hosil qiladi (6.3-rasm).


Yüklə 17,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə